boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari
Tanaog‘irliginio‘lchash. Tana og‘irligini o‘lchashda sinaluvchi tibbiyot tarozisi platformasi ustiga chiqish arafasida, u tos kamarigacha ichki kiyimlari echilgan bo‘lishi zarur. Avval tibbiyot tarozisini katta surgichi orqali o‘nlik kilogramlardagi, o‘rta surgichi orqali 1–10 kilogramlardagi, kichik surgichi orqali esa gramlardagi (50 gramdan–950 gramgacha) miqdori topiladi. O‘lchash aniqligi 0,5 kg. Tana vaznini aniqlash uchun tibbiyot amaliyotida foydalanadigan tarozidan foydalaniladi. O‘lchovni bolalarni kiyimsiz va oyoq kiyimini echgan holda amalga oshiriladi. Bolaning yoshini hisobga olgan holda (bola nonushta qilgan bo‘lishi shart- tahminan -0,3 kg) olingan qiymatlardan (ovqat uchun - 0,3 kg), kiyimlardan (yil fasllariga muvofiq -0,3-0,5 kg) va vazndan esa -0,5 kg (yozda) - 1 kg (qishda) olib tashlanadi. Tarozi ko‘rsatkichlari maxsus daftarda qayd etilib boriladi.