O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2
I. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Elektr energetikasi to’g’risida”, "Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida", "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida", "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida", "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va elektr energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi)
Ushbu Qoidalar shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to’lovni yig’ish funksiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan: