O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori


II. ISSIQLIK ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARINI



Yüklə 102,24 Kb.
səhifə41/55
tarix31.12.2021
ölçüsü102,24 Kb.
#112167
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2

II. ISSIQLIK ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARINI

ISSIQLIK TARMOQLARIGA ULASHNING

TEXNIK SHARTLARI
17. Issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulanish amalga oshirilayotgan issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni olishga majbur.

Texnik shartlar haq olmasdan beriladi.


18. Issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchining yoki uning topshirig’i bo’yicha loyihalash tashkilotining, arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo’limining) buyurtmanomasiga ko’ra, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan beriladi. Unda loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi, qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurishning davomiyligi, o’rnashgan joyi (kartografiya ma’lumotlari), loyihaviy qarorlarning ma’lumotlariga asoslangan (texnologik ehtiyojlar, xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti) iste’mol turlari bo’yicha va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo’yicha talablar ko’rsatiladi.

Ulash yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyatlari bo’lmaganda, issiqlik ta’minoti korxonasi, buni tegishli tarzda asoslagan holda, texnik shartlar berishni rad etadi.


19. Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchidan yoki uning topshirig’i bo’yicha loyihalash tashkilotidan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish variantlari uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash bajarilayotgan yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash bo’yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti uchun dastlabki shartlarini beradi. Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari, ayrim ishlab chiqarishlarni yoki iste’molchining tashqi issiqlik ta’minoti sxemasini o’zgartirishni talab qiluvchi kengaytirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab turgan obyektlarning issiqlik ta’minoti bo’yicha mo’ljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.
20. Tadbirkorlik subyektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoki arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo’limining) buyurtmanomasi bo’yicha, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, dastlabki shartlarni bermagan holda, uch ish kunidan oshmaydigan muddatda beriladi.
21. Texnik shartlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, issiqlik tarmoqlariga asosiy va zaxira kirishlaridan keyin ulanish yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va zaxira kirishlarning ulanish nuqtalarida issiqlik eltuvchi parametrlari va gidravlik rejim;

v) umumiy bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi, buyurtmanomada ko’rsatilgan miqdorlarga muvofiq xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti va texnologik ehtiyojlarga bo’lingan holda;

g) mazkur obyektni ishga tushirish yoki mavjud bir soatlik eng katta yuklamani oshirish hisobiga mavjud tarmoqning o’tkazish qobiliyatini va issiqlik manbaining ish unumini oshirish bo’yicha asoslangan talablar;

d) qaytariladigan bug’ kondensatining miqdori, sifati va chiqarib olish rejimi, kondensatni yig’ish va qaytarish sxemasi;

ye) issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining hisobga olinishi va o’rnatilishiga qo’yiladigan talablar;

j) ishonchlilik talablarini hisobga olgan holda zaxira issiqlik ta’minoti manbalari;

z) quvurlar yotqizishga hamda kanallar va kameralarni, berkitish va tartibga solish armaturasini o’rnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qo’yiladigan talablar;

i) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklama hamda issiq suv ta’minoti yuklamasini ulashning issiqlik sxemasi;

k) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va ekspluatatsiya qilish bo’yicha mansubligi (issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha bo’linish chegarasi);

l) issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi harorat jadvali va iste’molchining issiqlik ta’minoti tizimidan tarmoq suvining bir soatdagi eng ko’p sarfi;

m) texnik shartlarning, loyihalashtirish va ishlarni bajarish davomiyligi bo’yicha amaldagi me’yorlarni hisobga olgan holda, belgilangan amal qilish muddati.

Iste’molchi yoki bosh loyihalash tashkiloti, arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasi (bo’limi) texnik shartlar talablariga rozi bo’lmagan taqdirda kelishmovchiliklar to’g’risidagi masala bamaslahat, barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida, texnik shartlarni bergan korxonaning texnik kengashida ko’rib chiqiladi.


22. Iste’molchiga texnik shartlar berilishiga qadar ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishishi shart.

Iste’molchining issiqlik yuklamalari ulanishini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ularni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga beriladi.


23. Iste’molchining iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdori yoki issiqlik eltuvchi parametrlari o’zgartirilishini talab qiladigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni ham olishi kerak.
24. Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish iste’molchilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga yuklangan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.

Amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo’shimcha quvvatlarni ulash uchun ruxsatnomani mazkur Qoidalarda ko’zda tutilgan tartibda oladi.

Obyektning maqsadi, vazifasi o’zgargan taqdirda iste’molchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi texnik shartlar olishi kerak.
25. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar), korxona, bino, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning kompleks loyihasi tasdiqlanishidan oldin, issiqlik ta’minoti korxonasi va "O’zdavenergonazorat" DI bilan kelishilishi kerak.

Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlanishidan oldin issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishilishi kerak.

Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subiste’molchi unga va "O’zdavenergonazorat" DIga ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi.

Loyiha hujjatlarini ko’rib chiqishda texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda, iste’molchiga kelishishni rad etishni asoslagan holda xat yuboriladi. Iste’molchi rad etishga sabab bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etish huquqiga ega.

Loyiha hujjatlarini qayta ko’rib chiqishda ilgari ushbu hujjatlarni kelishishni rad etish to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha loyiha hujjatlarini kelishishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi. (O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
26. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog’liq bo’lgan yangi issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning kuch va mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.


Yüklə 102,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin