XIV. ISSIQLIK ENERGIYASI UCHUN TO’LOV
HUJJATLARINI TAQDIM ETISH VA ULAR
BO’YICHA HAQ TO’LASH TARTIBI
73. Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yozib berilgan yoki iste’molchining o’zi tomonidan yozilgan to’lov hujjatlari bo’yicha amalga oshiriladi.
74. To’lov hujjatida issiqlik energiyasining miqdori yoki to’lov qiymatini hisoblashda xatolar aniqlanganda, iste’molchi bu to’g’rida issiqlik ta’minoti korxonasiga ariza berishi shart.
Issiqlik ta’minoti korxonasi bu holda to’lov hujjatidagi xatolarni tuzatadi. Iste’molchi tuzatish kiritilgan to’lov hujjati bo’yicha haq to’laydi.
75. To’lov muddati o’tkazib yuborilganligi uchun pena undirish huquqidan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti korxonasida, qarzni to’lash to’g’risida ogohlantirishdan keyin to’lamaganligi uchun, iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to’xtatish huquqi saqlanib qoladi.
"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2009 yil, 35-son, 382-modda.
Dostları ilə paylaş: |