O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə10/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
121 27.04.2011

Hakamlar lavozimlari

Hakamlar toifalari

XT/MT

1-t

2-t

3-t

S/H

Bosh sport hakami

24%

22%

20%

19%



Bosh kotib

24%

22%

20%

19%



Bosh sport hakami o‘rinbosari

22%

21%

18%

17%



Bosh kotib o‘rinbosari

22%

21%

18%

17%



Sport hakamlari

21%

19%

18%

17%

16%

Izoh.
Sport hakami malakasining shartli belgilari:
XT — xalqaro toifali; MT — milliy toifali; 1-t — birinchi toifali;
2-t — ikkinchi toifali; 3-t — uchinchi toifali; S/H — sport bo‘yicha hakam.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan rasmiy xalqaro sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatadigan sport hakamlariga to‘lovlar ushbu sport musobaqalarining reglamenti (nizomi)da nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi, ular o‘z navbatida tegishli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) bo‘lishi kerak.
To‘lovlar miqdorlari sport musobaqalarining bir kuniga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan, bitta o‘yin uchun xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar amalga oshiriladigan sportning jamoaviy o‘yin turlari bundan mustasno.
Hakamlar hay’ati a’zolarining bosh sport hakami tomonidan imzolangan ro‘yxati sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatganligi uchun sport hakamlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatganlik uchun sport hakamlariga to‘lov musobaqalar o‘tkaziladigan joyda, sport musobaqasini o‘tkazayotgan sport tashkilotining smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sport musobaqalariga xizmat ko‘rsatganlik uchun sport hakamlariga to‘lov ularga ko‘rsatiladigan, nizomda (reglamentda) nazarda tutilgan moddiy ta’minot (ovqatlanish, yashash)ning boshqa turlaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari g‘oliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovg‘alari, medallar va diplomlar normalari, so‘mlarda (bazaviy hisoblash miqdorining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1. G‘oliblarni mukofotlash uchun esdalik sovg‘alari qiymatining quyidagi limitlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) tuman, tumanlararo, shahar, shaharlararo sport musobaqalarini o‘tkazishda:
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha;
b) mintaqaviy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) sport musobaqalarini o‘tkazishda:
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
v) o‘smirlar va qizlar, sport faxriylari o‘rtasida respublika va xalqaro (O‘zbekiston hududida) sport musobaqalarini o‘tkazishda:
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
g) o‘spirinlar va katta yoshdagilar o‘rtasida respublika va xalqaro (O‘zbekiston hududida) sport musobaqalarini o‘tkazishda:
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha.
(1-bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2. Barcha darajalardagi sport musobaqalarida 1 va 3-o‘rinlar g‘oliblariga, esdalik sovg‘alaridan tashqari, tegishli qiymatdagi medallar va diplomlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ommaviy tusdagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida (festivallar, spartakiadalar, kompleks sport musobaqalari, nogironlar, aqlan zaif sportchilar o‘rtasidagi sport musobaqalari, aholi, sport faxriylari o‘rtasidagi sport tadbirlari va shu kabilarda) sport musobaqalari qatnashchilarining sportdagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida 1, 2, 3-o‘rinlar uchun sovg‘a mukofotlariga qo‘shimcha ravishda, o‘tkaziladigan sport tadbirlari yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomlarda (reglamentlarda) nazarda tutilgan nominatsiyalar bo‘yicha alohida sovg‘alar ta’sis etilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Nominatsiyalar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlari qiymatiga ega bo‘lgan sovg‘alar tarzida ta’sis etiladi:
a) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tuman, tumanlararo, shahar, shaharlararo darajada o‘tkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;
b) mintaqaviy (viloyat, shahar (Toshkent shahri), viloyatlararo va Qoraqalpog‘iston Respublikasi darajasida) o‘tkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
v) respublika va xalqaro (O‘zbekiston hududida) darajada o‘tkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda.
Tegishli sport tadbirining qatnashchilari, tashkilotchilari va homiylari ko‘rsatib o‘tilgan nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar olishga talabgorlar bo‘lishlari mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quv-mashq yig‘inlari
tasnifi

T/r


Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin