O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Tadbirlar Bir nafar sportchini sutkalik ta’minlash xarajatlari normasi



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə13/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
121 27.04.2011

Tadbirlar

Bir nafar sportchini sutkalik ta’minlash xarajatlari normasi

Bevosita respublika sport musobaqalariga tayyorlanish bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari

10 foizgacha

Xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari

25 foizgacha

Respublika sport musobaqalari

10 foizgacha

Xalqaro sport musobaqalari

30 foizgacha

Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash xarajatlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport tadbirlari va o‘quv-trenirovka yig‘inlari qatnashchilarini farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan umumiy summa alohida tadbirga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot muassasalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
2. Sportning ot sporti turlari uchun quyidagi qo‘shimcha ta’minlash shartlari belgilangan:
sport otlarini oziqlantirish (kuniga 1 ot hisobiga) oziqlantirish normalari bo‘yicha amalga oshiriladi:
xashak — 8 kg;
emlar — 7,5 kg (suli, kepak, bug‘doy kepagi), sariq arpa, makkajo‘xori doni, “Uspex” va “Krepish” premikslari, “Otkormochniy” omixta ozuqasi;
sabzi — 2 kg;
ko‘k massa (o‘t) — 1,5 kg;
tuz — 55 g.
Sport otlarini va qo‘shimcha yuklarni musobaqalarga tashish, yo‘lda va musobaqalarda oziqlantirish, yo‘lda veterinariya xizmati ko‘rsatish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni sport musobaqalariga yuborish va ulardan olib kelish xarajatlarini ularni musobaqaga yuborgan sport tashkilotlari amalga oshiradilar.
Sport musobaqalarini o‘tkazish davrida sport otlarini joylashtirish va ularga veterinariya xizmati ko‘rsatish xarajatlarini sport tadbirini o‘tkazadigan sport tashkiloti yoki uni o‘tkazuvchi boshqa tashkilot amalga oshiradi.
Sport otlarini yo‘lda va tadbirlarni o‘tkazish davrida oziqlantirish hamda veterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha yuklarni sport tadbirlariga tashish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni xizmat safariga yuborish xarajatlari tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki tashkiliy qo‘mita shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 172-modda; 2012-y., 31-son, 356-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin