O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə2/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
121 27.04.2011

sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi bo‘lib, u insonning sport musobaqalariga o‘ziga xos tarzda tayyorgarlik ko‘rishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini o‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega bo‘ladi;
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari (keyingi o‘rinlarda terma jamoalar deb ataladi) — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenyerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
(1-bandning uchinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Terma jamoalar mamlakatning kuchli sportchilarini birlashtiruvchi (katta yoshdagilardan) milliy, shu jumladan ularning eng tayyor zaxirasidan iborat (yoshlar, o‘spirinlar), o‘smirlar va bolalar (tegishli yoshlardagi) terma jamoalariga bo‘linadi.
Terma jamoalar asosiy va zaxira tarkibdan iborat bo‘ladi, ular vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi;
yig‘ma jamoalarning trenyerlar kengashi — sport turlari bo‘yicha yig‘ma jamoalarning bosh (katta) trenyerlari va trenyerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenyerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va shu kabilar) huzurida yoki ular bo‘lmagan taqdirda – sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan terma jamoalarning boshqa mutaxassislaridan iborat bo‘lgan, yig‘ma jamoalarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin