O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarni tiklash uchun mablag‘lar



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə3/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
121 27.04.2011

energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarni tiklash uchun mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda qoplash deb ataladi) — uzluksiz o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari, kalendar rejaga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida o‘tkaziladigan xalqaro (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari (kuboklari) va respublika musobaqalari davrida terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar;
qoplash limiti — bir oy uchun hisoblanadigan va qoplash uchun har kungi sarflardan iborat bo‘ladigan, ko‘rib chiqilayotgan oydagi kunlar (yakshanbadan tashqari) soniga ko‘paytirilgan moliyaviy mablag‘lar hajmi.
2. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga tayyorlanishda terma jamoalar va ularning zaxirasi jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, terma jamoalarning energiya sarflarini to‘ldirish va jismoniy resurslarini tiklash qoplash mablag‘lari to‘lashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoplash mablag‘ini to‘lash sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) yoki sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari orqali, vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
4. Qoplash mablag‘i bilan O‘zbekiston terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkibidagi yuqori sport natijalariga erishgan sportchilar va trenyerlar ta’minlanadilar.
Sportchilar va trenyerlarni qoplash mablag‘i bilan ta’minlanuvchilar jumlasiga kiritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoplashga ajratilgan maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini xolisona va oqilona taqsimlash maqsadida vakolatli organ huzurida sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) va respublika oliy sport mahorati maktablari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlariga qoplash limitlari sonini ajratish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Komissiya raisi va a’zolari vakolatli organning qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadilar. Komissiya 11 nafar a’zodan iborat bo‘ladi, uning tarkibiga vakolatli organning tegishli boshqarmalari boshliqlari, respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning yoki sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablarining rahbarlari yoki vakillari kiritilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
7. Komissiya raisi va a’zolari o‘z xohishiga ko‘ra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoidabuzilishlari uchun komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin.
8. Komissiya majlisi unda komissiya a’zolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda to‘la huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori uning uchun majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz berishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Komissiya majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat bo‘lgan taqdirda rais tomonidan chaqiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
10. Komissiya qarori protokollashtirilishi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi va vakolatli organga taqdim etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Komissiya sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning yoki sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablarining buyurtmalaridan kelib chiqqan holda terma jamoalar va ularning zaxirasi bo‘yicha qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini har chorakda taqsimlaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
12. Komissiya terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlarining erishgan natijalari asosida qoplash limitlari sonini qayta ko‘rib chiqish va qayta taqsimlash huquqiga ega.
II. Qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini sarflash va taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qoplashning har kunlik normasi miqdori terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlari uchun terma jamoalar sportchilari uchun o‘rtacha sutkalik ovqatlanish normalarining shakllanayotgan qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib, tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda bo‘lgan bazaviy xisoblash miqdoriga foizlarda, biroq bazaviy xisoblash miqdorining 40 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda har yili 15-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bunda qoplash puli terma jamoalar va ular zaxirasining o‘qish joyida budjet mablag‘lari hisobiga har kunlik ovqatlanish bilan ta’minlanadigan sportchilariga to‘lanmaydi.
14. Terma jamoaning sportchisi va treneri vakolatli organ mablag‘lari hisobiga o‘quv-trenirovka yig‘inlarida qatnashadigan vaqtda qoplash pulini to‘lash to‘xtatib turiladi va to‘lanmaydi. Qoplashning to‘lanmagan summasi vakolatli organning hisob raqamiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qaytarilgan summa Komissiyaning qarori bo‘yicha terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlariga qoplashning kundalik normalari to‘lovi uchun qayta taqsimlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
15. Sportchilar va trenyerlarga qoplash uchun ajratiladigan maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘lari miqdori quyidagicha belgilanadi:


Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin