O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə5/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
121 27.04.2011

T/r

Toifasi

Qoplash puli bilan ta’minlash uchun talablar

1.

Sportchilar

Terma jamoalar tarkibiga kiritilgan sportchilar tomonidan xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishga ko‘maklashadigan yuqori sport natijalariga erishish

2.

Trenyerlar: terma jamoalarning shtatli trenyerlari

Tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning ijobiy bahosiga ega bo‘lgan, terma jamoa bilan doimiy ishlaydiganlar

3.

Terma jamoalar a’zolari bo‘lgan sportchilarning shaxsiy trenyerlari

Terma jamoa a’zosi bo‘lgan sportchini tayyorlash va sportchining kelgusidagi tayyorgarligini ta’minlashni davom ettirish, tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning ijobiy bahosiga ega bo‘lganlar.

(19-bandning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylarning mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar terma jamoalarning sportchilari va trenyerlarini qoplash puli bilan maqsadli moliyaviy ta’minlash manbalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmi har yili tasdiqlanadigan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida hamda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xarajatlari smetasida nazarda tutiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
III. Yakunlovchi qoidalar
22. Terma jamoalar va ularning zaxirasi a’zolari uchun qoplashga maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘lari olgan tashkilotlar ulardan foydalanishning to‘liq hisobini yuritishi kerak.
23. Qoplashga maqsadli pul (moliyaviy mablag‘lar) olgan tashkilotlar hisobot davri (oy, chorak, yil)dan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay vakolatli organga olingan mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etishlari shart. Hisobot shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
24. Tegishli tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
mablag‘larning oluvchi hisob raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;
oluvchilarning plastik kartochka yoki hisob raqami va o‘tkazilgan summa ko‘rsatilgan ro‘yxati.
25. Komissiya raisi va a’zolari terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlari ta’minotiga ajratilgan mablag‘larga ehtiyojning to‘g‘ri aniqlanganligi, ularning o‘z vaqtida taqsimlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi uchun javob beradilar.
26. Terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlari berilgan pul (moliyaviy) mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanishi shart.
27. Tashkilotlar qoplash pulining o‘z vaqtida to‘lanishi va undan maqsadli foydalanish bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga
2-ILOVA
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida ommalashgan sportning barcha turlari bo‘yicha ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini budjet mablag‘lari hisobiga o‘tkazish, to‘lovlarni va moliyalashtirish manbalarini amalga oshirish, shuningdek sport delegatsiyalari va sport terma jamoalarini xalqaro darajalardagi sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat safariga yuborish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisidagi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni hamda ularda qatnashishni amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, sport federatsiyalari (uyushmalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiy hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan homiylar mablag‘lari hisobiga ham o‘tkazilishi mumkin, ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibi vakolatli organ va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga, sport musobaqalarini, shu jumladan xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish shartlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin