O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə6/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
121 27.04.2011

vakolatli organlar — davlat boshqaruvi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish yoki ularda qatnashish uchun budjet mablag‘lari ajratiladi;
jismoniy tarbiya-sport tashkiloti — faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki boshqa yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi;
sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda kalendar reja deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ro‘yxatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ro‘yxatini belgilovchi hujjat;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari reglamenti (keyingi o‘rinlarda reglament deb ataladi) — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini hamda ularga qo‘yiladigan majburiy shartlar va talablarni, shuningdek ularda qatnashish shartlarini belgilovchi qoidalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan hujjat;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari to‘g‘risida nizom — sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish va ularda qatnashish tartibi va shartlarini belgilaydigan hujjat;
sport musobaqasi — sportchilar o‘rtasida yoki sportchilar jamoalari o‘rtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) bo‘yicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuv;
sport tadbirlarisport musobaqalarini, o‘quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladigan tadbirlar;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari — aholini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etishga va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi bo‘lib, u insonning sport musobaqalariga o‘ziga xos tarzda tayyorgarlik ko‘rishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini o‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega bo‘ladi;

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin