O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə8/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
121 27.04.2011

trenyerlar kengashi — sport turlari bo‘yicha sport terma jamoalarining bosh (katta) trenyerlari va trenyerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenyerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport terma jamoalarining boshqa mutaxassislaridan iborat bo‘lgan, sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) huzurida yoki ular bo‘lmagan taqdirda — sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan sport terma jamoalarining sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
sport delegatsiyasi — bitta yoki bir necha sport terma jamoalaridan iborat bo‘lgan tashkilot, mintaqa yoki mamlakat nomidan vakillik qiladigan, rahbar, uning o‘rinbosarlari, menejyerlar va boshqa mutaxassislar boshchilik qiladigan jamoa;
kompleks ilmiy guruh — sport turlari bo‘yicha terma va klub jamoalarida ilmiy-metodik ishlarni hamda ilmiy-metodik ta’minlashni amalga oshiruvchi mutaxassislar jamoasi;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchisi —zimmasiga sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini tashkil etish, o‘tkazish yoki ularda bevosita qatnashish funksiyalari yuklangan jismoniy shaxs. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazuvchi tashkilotlarning rahbari va ma’muriy xodimi;
b) sport terma jamoalarining sportchilari, trenyerlari, hakamlari, rahbarlari (vakillari, boshliqlari) va menejyerlari;
v) texnik xodimlar;
g) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
mulkiy ta’minlash — sport terma jamoalarining sportchilari, trenyerlari, hakamlari, olimlari va boshqa mutaxassislarini tegishli sport buyumlari, kiyim-bosh, anjomlar, asbob-uskunalar, tashxis apparatlari va shu kabilar bilan ta’minlash;
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega bo‘lgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
II. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishdagi normativ talablar
Oldingi tahrirga qarang.
4. Hududiy Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari sportchilari, trenyerlari, sport hakamlari va boshqa qatnashchilarini ovqatlantirishni qoplash bo‘yicha xarajatlar normalariga muvofiq ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hududiy Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat ko‘rsatishning bir kuni uchun sport hakamlariga to‘lov miqdorlari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq normalar bo‘yicha to‘lanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari g‘oliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovg‘alar, medallar va diplomlar normalari ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
7. O‘quv-trenirovka yig‘inlari tasnifi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
8. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashuvchi sportchilar, trenyerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotining qo‘shimcha shartlari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan.
III. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish
9. Sport musobaqalari ularni o‘tkazish xarakteriga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin:
shaxsiy — ularda (jinsi, yoshi, sport malakasi bo‘yicha) alohida sportchilar egallagan o‘rinlar aniqlanadi;
shaxsiy-jamoaviy — ularda shaxsiy birinchilikdan tashqari, jamoa qatnashchilari egallagan o‘rinlar aniqlanadi;
jamoaviy — ularda faqat jamoa qatnashchilari egallagan o‘rinlar aniqlanadi;
klassifikatsion — ularda sportchilar tomonidan razryad normalari va O‘zbekiston Respublikasining yagona sport tasnifi talablarining bajarilishi aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
saralash — ularning yakunlariga ko‘ra sport terma jamoalari shakllantiriladi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks — ularning dasturida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va shu kabi sportning bir necha turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkaziladi;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
litsenziyali, malakaviy, reytingli, saralash — ularning yakunlari bo‘yicha Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo o‘yinlarida, jahon (bosqichlar bo‘yicha) va Osiyo chempionatlarida va kuboklarida, qit’a chempionatlari va kuboklarida hamda boshqa nufuzli sport musobaqalarida qatnashish huquqini beradigan litsenziyalar egalari (yoki qatnashchilar) aniqlanadi.
10. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari quyidagilarga bo‘linadi:
mintaqaviy tadbirlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqalar bo‘yicha);
respublika tadbirlari (respublika chempionatlari va kuboklari, viloyatlararo yoki respublikaning bir nechta mintaqalari ishtirokidagi, shu jumladan ochiq turnirlar);
xalqaro tadbirlar (Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo o‘yinlari, jahon (bosqichlar bo‘yicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari, qit’a chempionatlari va kuboklari, xorijiy davlatlarning ochiq chempionatlari, kuboklar, festivallar, turnirlar va boshqalar).
11. O‘quv-trenirovka yig‘inlari quyidagi toifalarda bo‘lishi mumkin:
barcha darajalardagi (mintaqaviydan xalqaro darajagacha) aniq sport musobaqalariga tayyorgarlik bo‘yicha;
sportchilarni bo‘lajak sport musobaqalariga va musobaqa davriga, turkumiga umumiy jismoniy tayyorlash, tiklash (kompleks va chuqurlashtirilgan tibbiy tiklash) bilan bog‘liq tayyorgarlik bo‘yicha.
O‘quv-trenirovka yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ham va undan tashqarida ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda ularning davom etishi va qatnashchilarining soni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tasnifga binoan reglamentlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tasdiqlangan kalendar reja asosida sport musobaqasini o‘tkazadigan vakolatli organning rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiri (sport musobaqasi, o‘quv-mashq yig‘ini va shu kabilar) to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
sport tadbirini o‘tkazish tizimi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq tadbirni o‘tkazish tartibi;
qatnashuvchi tashkilotlar — sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida jismoniy tarbiya — sport yoki boshqa tashkilotlar jamoalarining qatnashishi huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar;
sportchilar, trenyerlar va boshqa qatnashchilarning son jihatidan tarkibi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirining qatnashchilari soni;
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sportchilarning jins va yosh toifalari;
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq natijalarni baholash tizimi;
tibbiy-sanitariya ta’minoti, sug‘urta qilish va texnika xavfsizligi;
Oldingi tahrirga qarang.
sport delegatsiyalari, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari qatnashchilarining va sport hakamlarining (Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo o‘yinlari, jahon (bosqichlar bo‘yicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari, qit’a chempionatlari va kuboklari qatnashchilarining) anjomlari;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sport musobaqalarining moliyaviy shartlari — tegishli tashkilotlarning ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini nazarda tutadi;
(12-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
buyurtmanomalarni berish tartibi va muddati — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida qatnashishga buyurtmanomalar shaklini, shuningdek, buyurtmanomani qabul qiladigan tashkilotning aniq rekvizitlari ko‘rsatilgan holda, oldindan va yakuniy buyurtmanomani berish muddatlarini nazarda tutadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sport musobaqalarining g‘oliblari va sovrindorlarini mukofotlash tartibi;
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sport musobaqalarining o‘tkazilish joyi va vaqti;
(12-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sport musobaqalari qatnashchilarining keladigan kuni va jo‘nab ketadigan kuni.
(12-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vakolatli organlar va sport tashkilotlari sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tasdiqlangan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga, sport tadbirini o‘tkazish reglamenti (nizomi)ga, tashkiliy qo‘mitalarning taklifnomalariga (reglamentlariga) muvofiq o‘tkazadilar va ularda qatnashadilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
14. O‘quv-trenirovka yig‘ini tashkilotchilari quyidagilarga majbur:
nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, madaniy-ommaviy va tarbiyaviy ishlar rejalarini, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini, kompleks ilmiy guruh ishlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish va mashg‘ulotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
o‘quv-trenirovka jarayonini o‘tkazish sifatiga, sportchilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga, qatnashchilar o‘rtasida intizomga rioya qilishga, mol-mulklarning saqlanishiga alohida e’tibor qaratish;
malakali trenyerlar, vrachlar, massajistlar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning qatnashishini ta’minlash, shuningdek sport inshootlarini zarur anjomlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash;
buyruq (farmoyish) bilan o‘quv-trenirovka yig‘ini boshlig‘ini va uning o‘rinbosarini tayinlash;
texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini va qatnashchilarni sug‘urta qilishni ta’minlash;
sportchilarning va ushbu Nizomda nazarda tutilgan o‘quv-trenirovka yig‘ini boshqa qatnashchilarining nomma-nom ro‘yxatlarini tasdiqlash.
IV. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish, sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xarajatlarning tarkibi va normalari
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni, sport terma jamoalarini tayyorlash va ularning sport musobaqalarida qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy ta’minotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini, o‘quv-trenirovka yig‘inlarini o‘tkazishga, sport terma jamoalari a’zolarini mulkiy ta’minlashga, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishga ajratiladigan mablag‘lar hajmi vakolatli organlar qarorlarida belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish so‘mlarda va/yoki xorijiy valyutada, tasdiqlangan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida, amaldagi normalarga, shuningdek xalqaro va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, o‘quv-mashq yig‘inlari, kurslar (seminarlar) va shu kabilarning tashkilotchilari tomonidan belgilangan moliyaviy shartlarga muvofiq vakolatli organga, tashkilotga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirishda vakolatli organ tomonidan aniq sport tadbiri va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirining xarajatlar smetasi tuziladi va tasdiqlanadi, unda amalga oshiriladigan xarajatlarning yo‘nalishlari va ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda aniq sport tadbiri va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini amalga oshirishga ajratiladigan budjet mablag‘lari miqdori amaldagi xarajatlar normalariga hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga yoki amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
qatnashchilarning tadbir bo‘ladigan joygacha va u yerdan qaytishdagi yo‘l xarajatlari;
qatnashchilarning tadbirda qatnashadigan vaqtdagi yashash xarajatlari;
qatnashchilarning tadbirda qatnashadigan vaqtdagi ovqatlanish xarajatlari;
qatnashchilarning tadbirlar davomida yo‘lda o‘tadigan vaqti uchun sutkalik xarajatlari;
sport hakamlarining mehnat haqi;
yagona ijtimoiy to‘lov;
sport inshootlarini, shuningdek boshqa binolarni ijaraga olish;
sport anjomlari va asbob-uskunalarini ijaraga olish;
tibbiy xizmat ko‘rsatish;
qatnashchilarni sug‘urta qilish;
maxsus anjomlar va moslamalarni (o‘qlar, nishonlar, kamonlar va shu kabilarni) sotib olish;
farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash (ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq);
jamoat tartibini saqlash;
kanselyariya anjomlari bilan ta’minlash;
g‘oliblar va sovrindorlarni mukofotlash uchun sovrinlar (qimmatbaho sovrinlar, kuboklar)ni tayyorlash yoki sotib olish;
g‘oliblar va sovrindorlarni mukofotlash uchun medallar va diplomlarni tayyorlash yoki sotib olish;
yirik hajmli sport anjomlari va asbob-uskunalarini tashish;
yong‘inga qarshi xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida sport terma jamoalarining ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarga, ularni o‘tkazish sharoitlari va reglamenti (nizomi)ni hisobga olgan holda, quyidagilarga sarflanadigan xarajatlar kiradi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
sportchilar, trenyerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning sport tadbirlari o‘tadigan joygacha va u yerdan qaytib kelish bo‘yicha yo‘l xarajatlari;
sportchilar, trenyerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning yashash xarajatlari;
sportchilar, trenyerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning ovqatlanish xarajatlari;
sportchilar, trenyerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning yo‘lda bo‘lish vaqtidagi sutkalik xarajatlari;
sport inshootlarini, shuningdek boshqa binolarni ijaraga olish;
sport anjomlari, asbob-uskunalar va transportni ijaraga olish;
maxsus anjomlar va moslamalarni (o‘qlar, nishonlar, kamonlar va shu kabilarni) sotib olish;
yirik hajmli sport anjomlari va asbob-uskunalarini tashish;
tibbiy-tiklash tartibotlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy sug‘urta qilish;
qatnashchilarni sug‘urta qilish;
badallar to‘lash (qatnashish, akkreditatsiya qilish, jamoa va start badallari uchun, doping yuzasidan nazoratdan o‘tish, aeroport uchun), shuningdek kirish vizalari to‘lovi, nogabarit bagaj uchun to‘lov;
farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash;
Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo o‘yinlarida jahon (bosqichlar bo‘yicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklarida, qit’a chempionatlari va kuboklarida qatnashishda maxsus sport anjomlari, maxsus kiyim-boshlar va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport terma jamoalarining turli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun ketayotganda xorijiy davlat hududida ovqatlanishi va yashashi qonun hujjatlarida belgilangan normalar bo‘yicha nazarda tutiladi, agar tadbir o‘tkaziladigan joydagi tashkiliy qo‘mita shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Bunda agar sport delegatsiyasining yashash va ovqatlanish normalari tashkiliy qo‘mita shartlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan yuqori bo‘lsa, u holda tashkiliy qo‘mita normalari qo‘llanadi.
(19-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
20. Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishdagi:
yo‘l xarajatlari va yo‘lda bo‘lish vaqtidagi sutkalik pulni to‘lash xarajatlari — sport delegatsiyalarini, jamoalarini, sportchilar guruhlarini (yoki sportchini), trenyerlar, sport hakamlari va boshqa mutaxassislarni yuborayotgan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
sportchilar, trenyerlar, sport hakamlari va boshqa mutaxassislarni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turar joy va ovqatlanish bilan ta’minlash xarajatlari — aniq sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish shartlariga muvofiq, budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
uzoq tog‘li joylarda yoki suvli hududlarda alohida sharoitlarda ommaviy sport tadbirlarini, shu jumladan o‘quv-trenirovka yig‘inlarini o‘tkazishda sport tashkilotlariga, ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar normalaridan hamda tegishli ravishda tadbirlarning davom etish muddatidan kelib chiqqan holda, ovqatlanish mahsulotlarini sotib olish va tadbirlar qatnashchilarining boshqa xarajatlari uchun xarajatlarning jami summasini hisobot berish asosida naqd pul bilan berishga ruxsat etiladi, bunda budjet mablag‘lari Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi qoidalariga muvofiq (2009-yil 16-sentabrda 2007-son bilan ro‘yxatga olingan) ajratiladi. Mablag‘lar tadbir qatnashchilarini ovqatlanish mahsulotlari va shu kabilar bilan ta’minlash maqsadida hisobot taqdim etadigan shaxsga beriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi hududida Xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishda xarajatlar tegishli xalqaro tashkilot yoki tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan tadbir nizomi (reglamenti) asosida amalga oshiriladi.
22. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) tomonidan, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, naqd pulsiz hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
23. Har bir alohida holatda u yoki bu sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirini o‘tkazishga xarajatlarni ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan doirada G‘aznachilik orqali amalga oshirish uchun mablag‘larni budjet tashkilotlari G‘aznachilikka budjet tashkilotining kreditlarni beruvchi — budjet mablag‘larini oluvchining birinchi imzosini qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolangan, tashkilot xarajatlari smetasi ilova qilingan tegishli buyruqni taqdim etadilar. Buyruqda va unga ilova qilinadigan xarajatlar smetasida tadbirning turi, o‘tkaziladigan kunlari, joyi, qatnashchilarning soni, xarajatlar summasi majburiy tartibda ko‘rsatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan tadbirga xarajatlar smetasi moliya boshqarmasining boshlig‘i yoki (moliya xizmatining shtatlar jadvali bo‘yicha mavjud bo‘lmagan taqdirda) tashkilotning bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Bundan tashqari, naqd pul mablag‘larini olish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyurtmanoma taqdim etiladi. Reja-moliya xizmati boshlig‘i (yoki bosh buxgalter) va rahbar (shaxs) tadbir xarajatlari smetasining va naqd pul mablag‘lari berish yuzasidan buyurtmanomaning ishonchli rasmiylashtirilganligi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
24. Xarajatlarni naqd pulsiz shaklda to‘lash va naqd pul mablag‘larini berish qat’iyan belgilangan tartibda, budjet tashkilotlarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari yoki o‘quv-trenirovka yig‘inlari uchun xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qatnashchilarning respublika sport musobaqalari o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytish xarajatlari quyidagi tartibda to‘lanadi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
qatnashchilarni sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga yuborishda ular tomonidan yo‘l chiptalarini naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotib olishga yoki borish va qaytishdagi yo‘l haqi qiymatini taqdim etilgan yo‘l hujjatlari asosida qoplashga ruxsat etiladi, bunda yo‘l haqi qiymati:
temir yo‘l bo‘yicha — umumiy (yoki alohida) joyli vagondagi yo‘l haqi qiymatidan oshmasligi kerak;
katta yo‘llar bo‘yicha — jamoat foydalanadigan transportdagi (taksidan tashqari) yo‘l haqi qiymatidan oshmasligi kerak, u mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov transport vositasi egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, transport vositasining tartib raqamini va pasport ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi;
havo transportidan foydalanilgan taqdirda — tejamli klass aviachiptasining qiymatidan oshmasligi kerak.
26. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining qatnashchilariga transport vositasida (taksidan tashqari) yo‘lkira xarajatlari temir yo‘l (avtobus) stansiyasiga, pristanga, aeroportga borish uchun to‘lanadi, agar ular aholi punktidan tashqarida joylashgan bo‘lsa.
27. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini turar joy bilan ta’minlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan barcha darajalardagi (mintaqaviy, respublika va xalqaro) sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari turar joy bilan tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotnomalar, shartnomalar, cheklar va shu kabilar) mavjud bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda ta’minlanadilar;
sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga (shu jumladan xalqaro darajadagi tadbirga) borish va undan qaytish yo‘lida majburiy to‘xtashlarda, tun mobaynida yoki bir sutkadan ko‘p vaqt mobaynida navbatdagi transportni kutish vaqtida turar joyni ijaraga olish bo‘yicha tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar qatnashchilarga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida qoplanadi;
O‘zbekiston hududida respublika sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish davrida turar joy va ovqatlanish bilan ta’minlanish xarajatlarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan normalari tadbirning barcha qatnashchilariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sport terma jamoalari a’zolarining mulkiy ta’minoti ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobiga vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo o‘yinlarida, jahon (bosqichlar bo‘yicha) va Osiyo chempionatlari va kuboklarida, qit’a chempionatlari va kuboklarida, shuningdek boshqa nufuzli xalqaro va respublika sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashadigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan sport delegatsiyalari, sport terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkiblari: delegatsiyalar (jamoalar) rahbarlari, sportchilar, trenyerlar tarkibi, qatnashishga tayyorlash ishlarini olib boruvchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mulkiy ta’minlanadilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davolash, reabilitatsiya va tiklash tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sport terma jamoalari va ularning zaxirasi a’zolarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari vaqtida olgan sport jarohati (jarohatlari) natijasida yo‘qotilgan salomatligini tiklash maqsadida, rasmiy tibbiy xulosalar asosida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Sport terma jamoalari a’zolarini reabilitatsiya qilish va salomatligini tiklash bo‘yicha quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
davolanish joyiga borish, joylashish va ovqatlanish hamda davolanish joyidan qaytib kelish;
farmakologik preparatlar (dori-darmonlar, vitaminlar, oqsil-glyukoza va shu kabilar) bilan ta’minlash;
salomatlikni tiklash tadbirlari (fizioterapiya, psixologik, madaniy-ma’rifiy va boshqalar);
davolanish (operatsiya va boshqalar), reabilitatsiya, salomatlikni tiklash va kasallikni (jarohatni) tashxis qilish, operatsiyani o‘tkazish va davolanish kursidan o‘tish to‘lovi;
sug‘urta qilish;
maxsus asbob-uskuna va anjomlarni, elektron va texnik vositalarni, avtotransportni ijaraga olish;
aeroportlarda va temir yo‘l vokzallaridagi yig‘imlar, viza olishlar xarajatlarini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa xarajatlarni to‘lash.
V. Yakunlovchi qoidalar
32. Vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda qatnashish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari vakolatli organlar yoki tashkilotlarning buyruqlariga hamda aniq sport tadbirining xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq holda sarflanishi kerak.
33. Tadbirni o‘tkazgan tashkilotlar tadbirlar tugagandan keyin 3 kun mobaynida vakolatli organlarga tadbirga tayyorlanish va uni o‘tkazishga ajratilgan budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etadilar.
34. Hisobotda ko‘rsatilgan barcha xarajatlar amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlaydigan va zarur darajada rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
Shartnomalar, to‘lov schyot-fakturalari, to‘lov topshiriqnomalari, tovar-moddiy boyliklarni olish hujjatlari, bajarilgan ishlarning dalolatnomalari, transport yo‘l varaqalari, naqd pul mablag‘larini, sovrinlarni, medallarni, diplomlarni berish vedomostlari, ro‘yxatdan chiqarish dalolatnomalari, transport chiptalari va shu kabilarning nusxalari xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
35. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishga budjetdan ajratilgan mablag‘larning foydalanilmagan qoldig‘ini tashkilotlar uch bank kuni mobaynida vakolatli organlarning yoki mablag‘larni ajratgan tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamiga qaytarishi shart.
36. Hisobot vakolatli organga tegishli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining moddiy javobgar shaxsi tomonidan shaxsan taqdim etilishi kerak.
37. Tashkilotlarning rahbariyati ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida taqdim etiladigan hisobotlarning haqqoniyligi yuzasidan shaxsan javob beradi.
38. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari vakolatli organlar yoki budjet tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan taqdirda ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha hisobot mazkur tashkilotlar tomonidan, budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplash xarajatlari

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin