O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə9/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
121 27.04.2011

NORMALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplashga xarajatlarning kundalik normalari har yili 5-yanvargacha vakolatli organlar tomonidan tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda bo‘lgan bazaviy xisoblash miqdoriga foizlarda, biroq bazaviy xisoblash miqdorining 40 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarining ovqatlanishi bilan bog‘liq xarajatlar tegishli moliyaviy yilga vakolatli organlarning xarajatlar smetasida sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga va ular doirasida qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish xarajatlarini qoplashda turg‘un ovqatlanish punktlarining qo‘shimcha xarajatlari hisobga olinadi, lekin ovqatlanish xarajatlarining kunlik umumiy summasi belgilangan bazaviy xisoblash miqdorining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2. Qatnashchilar ovqatlanish xarajatlarini qoplash bilan quyidagi tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sport musobaqalarining boshqa shaharlik qatnashchilari — sport musobaqalari boshlangungacha bir kun oldin va sport musobaqalari o‘tkaziladigan davrda;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) viloyatlar, respublika va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylarda (O‘zbekiston Respublikasi hududida) yashaydigan qatnashchilar ovqatlantirish bilan boshqa joylardan kelishgan qatnashchilar bilan teng ravishda, faqat sport musobaqalari kunlarida;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) respublika va xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish uchun o‘quv-trenirovka yig‘inlari qatnashchilari — o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladigan kunlarda ta’minlanadilar.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Katta yo‘llardagi (velosiped poygalari, yugurish marafonlari, uzoq masofalarga yugurish yoki sport yurishlari sport musobaqalariga tayyorlanish bo‘yicha sport musobaqalarini va o‘quv-trenirovka yig‘inlarini o‘tkazishda tashkilotlar maxsus ovqatlanish (suyuq ovqatlar, choy, sut, sharbatlar, glyukoza va askarbin kislotali, mevali ichimliklar) punktlari tashkil qiladilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Masofalarda ovqatlanish uchun maxsus ovqatlanish punktlarining soni va joylashishini vrachlar bilan kelishgan holda, sport musobaqalari qoidalariga muvofiq bosh hakamlar hay’atlari aniqlaydilar.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Barcha masofalardagi maxsus ovqatlanish qiymati summasi bir nafar sportchining sutkalik ovqatlanish xarajatlari umumiy summasiga kiritilishi kerak.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat ko‘rsatish uchun sport hakamlariga to‘lanadigan bir kunlik to‘lov miqdorlari (bazaviy hisoblash miqdorining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)


Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin