Tadbirlar
|
Bir nafar sportchini sutkalik ta’minlash xarajatlari normasi
|
Bevosita respublika sport musobaqalariga tayyorlanish bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari
|
10 foizgacha
|
Xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari
|
25 foizgacha
|
Respublika sport musobaqalari
|
10 foizgacha
|
Xalqaro sport musobaqalari
|
30 foizgacha
|
Oldingi tahrirga qarang.
Farmakologik
tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash xarajatlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport tadbirlari va o‘quv-trenirovka yig‘inlari qatnashchilarini farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glyukoza preparatlari bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan umumiy summa alohida tadbirga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot muassasalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
2. Sportning ot sporti turlari uchun quyidagi qo‘shimcha ta’minlash shartlari belgilangan:
sport otlarini oziqlantirish (kuniga 1 ot hisobiga) oziqlantirish normalari bo‘yicha amalga oshiriladi:
xashak — 8 kg;
emlar — 7,5 kg (suli, kepak, bug‘doy kepagi),
sariq arpa, makkajo‘xori doni, “Uspex” va “Krepish” premikslari, “Otkormochniy”
omixta ozuqasi;
sabzi — 2 kg;
ko‘k massa (o‘t) — 1,5 kg;
tuz — 55 g.
Sport otlarini va qo‘shimcha yuklarni musobaqalarga tashish, yo‘lda
va musobaqalarda oziqlantirish, yo‘lda veterinariya xizmati ko‘rsatish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni sport musobaqalariga yuborish va ulardan olib kelish xarajatlarini ularni musobaqaga yuborgan sport tashkilotlari amalga oshiradilar.
Sport musobaqalarini o‘tkazish davrida sport otlarini joylashtirish va ularga veterinariya xizmati ko‘rsatish xarajatlarini sport tadbirini o‘tkazadigan sport tashkiloti yoki uni o‘tkazuvchi boshqa tashkilot amalga oshiradi.
Sport otlarini yo‘lda va tadbirlarni o‘tkazish davrida oziqlantirish hamda veterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha yuklarni sport tadbirlariga tashish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni xizmat safariga yuborish xarajatlari tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki tashkiliy qo‘mita shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 172-modda; 2012-y., 31-son, 356-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)