O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü22,41 Kb.
#116623
  1   2
807 23.12.2020




[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idagi ommaviy axborot monitoringi chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 9-son, 223-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-dekabr,
807-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 807-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. Quyidagi tahrirdagi 41 va 42-bandlar qo‘shilsin:
“41. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida keltirilgan holatlar veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
42. Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Quyidagi mazmundagi 21-ilova qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga
21-ILOVA
Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda (keyingi o‘rinlarda axborot resurslari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlangan holatda veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga ushbu axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin