13
ximoyalash elementini ishlatadilar. Axborotlarni muxandis-texnik ximoyalash elementi -
texnik vositalar kompleksi yordamida hudud, bino va qurilmalarni qo‘riklashni tashkil
qilish hamda texnik tekshirish vositalariga qarshi sust va faol kurash uchun muljallangan.
Texnik ximoyalash vositalarining narxi baland bulsada, axborot tizimini ximoyalashda
bu element muhim ahamiyatga ega. Axborotni himoyalashning dasturiy-matematik
elementi kompyuter, lokal tarmoq va turli axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va
saklanadigan kimmatli axborotlarni ximoyalash uchun muljallangan.
Shuning uchun «Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash»
kursini o‘qitishdan maqsad:
1. Axborotlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablarni bevosita
quyidagi atamalardan aniqlash mumkin: konfidentsiallik, autentifikatsiya, yaxlitlikni
saqlash, yolg‘onning mumkin emasligi, foydalanuvchanlik, foydalanuvchanlikni
boshqarish.
2. Ko‘p xollarda yaratuvchi e’tiboridan chetda qolgan himoya sistemasining
kamchiliklarini aniqlash maqsadida muammoga qarshi tomonning nuqtai nazaridan
qarash lozim. Boshqacha aytganda, himoyaning u yoki bu mexanizmi yoki algoritmini
yaratishda
mumkin
bo‘lgan
qarshi
choralarni
ham
ko‘rish
lozim.
3. Himoya vositalaridan barcha qarshi choralar majmuasini xisobga olgan xolda
foydalanish lozim.
4. Xavfsizlikni ta’minlash choralari sistemasi yaratilganidan so‘ng bu choralarni qachon
va qaerda qo‘llash masalasini yechish lozim. Bu fizikaviy joy (ma’lum himoya vositasini
qo‘llash uchun tarmoq nuqtasini tanlash) yoki xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy
zanjirdagi joy (masalan, informatsiya uzatuvchi protokol satxi yoki satxlarini tanlash)
bo‘lishi
mumkin.
5. Himoya vositalari, odatda, ma’lum algoritm va protokoldan farqlanadi. Ularga binoan
barcha himoyadan manfaatdor informatsiyasining qandaydir qismi maxfiy bo‘lib qolishi
shart (masalan, shifr kaliti ko‘rinishida). Bu esa, o‘z navbatida, bunday maxfiy
informatsiyani yaratish, taqsimlash va himoyalash metodlarini ishlab chiqish zaruriyatini
tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: