O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Islom Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/74
tarix31.12.2021
ölçüsü1,25 Mb.
#112428
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Axborot xavfsizligi fan kitob

Birinchi etap. Nimani himoyalash kerak.(Maxalliy tarmoq modeli) 
 
Xar bir  maxalliy  tarmoqning  asosiy vazifasi,  kerakli axboratni qisqa vaqt 
ichida  qo‘llanuvchiga  yetkazishdir.  Shuning  uchun  axborotni  himoyalashni 
ta’minlash  muammosini  xal  qilishda  buni  ahamiyatga  olish  kerak.  Axborot 
himoyalash  usullarini  ishlab  chiqqanda,    himoya  tizimi  xalaqit  bermasligi 
kerak, aksincha, asosiy  funktsiya - axborot almashuvini ta’minlashda  yordam 
berishi shart. Shuning uchun himoyalash tizimining modelini ishlab chiqishda, 
maxalliy  tarmoqning  modelini  yaxshi  bilish  kerak.  Buning  uchun  maxalliy 
tarmoqning  modeli  -  ya’ni  undagi  bajariladigan  asosiy  funtsiyalar  va  barcha 
elementlar yig‘indisini aniqlab olamiz. 


 
18 
Asosiy xavf bu maxalliy tarmoqda ishlanayotgan axborotga qaratilgan. Axborot 
esa  –  dasturiy  ta’minot  yordamida  ishlanadi.  Shuning  uchun  xar  bir  maxalliy 
tarmoqning negizi bu umumiy tizimli dasturiy ta’minot bo‘lib, unga operatsion 
tizimlar,  dasturiy  qobiqlar,  umumiy  ishlash  uchun  dasturlar,  matnli 
protsessorlar, taxrirlovchilar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kiradi. 
Bulardan  tashqari,  axborotni  ishlab  chiqishda  amaliy  dasturiy  ta’minot 
foydalaniladi, ya’ni mutaxassislangan masalalarni yechishda qo‘llaniladi.                                                                                                                                
Axborotni  ishlab  chiqishda  texnik  moslamalar  ham  foydalaniladi.  Axborot 
avtomatlashtirilgan ish joylaridan ichki va tashqi aloqa kanallari orqali tushishi mumkin. 
Bunda  axborotni  klaviatura  yoki  tashqi  axborot  tashuvchilari  orqali  kiritish  mumkin. 
Bulardan 
tashqari 
boshqa 
tashkilotlarning 
axborot 
resurslari 
va 
global 
telekommunikatsion 
tarmoq 
resurslaridan 
foydalanish 
mumkin. 
Global 
telekommnikatsion  tarmoqlari  axborotni  foydalanuvchiga  yetkazishda  transport 
xizmatini bajaradi.  
«Maxalliy tarmoq foydalanuvchisi» tushunchasi – bu belgilangan tartib bo‘yicha 
ro‘yxatdan o‘tgan va tarmoqni foydalanishda aniq bir xuquqga ega shaxsga (tashkilotga) 
aytiladi. O‘zinig xuquq doirasida qo‘llanuvchi ruxsat berilgan xarakatlarga ega.  
Tarmoqdagi  axborot  tizim  administratori  nazorati  ostida  ishlab  chiqiladi,  uni 
himoyalash xavfsizlik administratori bo‘ynidagi vazifa. Tarmoqning ish xolatini saqlash 
uchun, amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mutaxasis – dasturchilar va texnik 
shaxslar  jalb  qilinadi.  Ular  ham  axborotga  cheklangan  xuquqlari  bor,  lekin  dasturiy 
ta’minotni  o‘zgartirishda  va  axborotni  ishlab  chiqish  protsessiga  cheklanmagan  ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.   
   
 
Maxalliy  tarmoqni  tizim  ko‘rinishda  olish  mumkin.  Bu  tizim  quyidagi  ichki 
tizimlardan  –  boshqaruvchining  ish  joyi,  masofadagi  ish  joyi,  xavsizlik  va  tizim 
administratorlarining  ish  joylaridan  tashkil  topgan.  Buning  xar  biri  mustaqil  ichki 
tizimlar. Shuning uchun axborotni himoyalashda – dekompozitsiya printsipi qo‘llaniladi.  
 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin