Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan kommutatsiya turlari. I. Kanallar kommutatsiyasi.
Umuman, xar qanday kommutatsiyaning asosiy vazifasi kompyuter tarmoqlarida
xarakatlanayotgan ma’lumotlarni aniqlab, ularning borish manziliga qarab, yo‘nalishini eng
muqobil kanalini topib, yetkazib berishdan iborat. Ushbu vazifani tarmoqda o‘rnatilgan
marshrutizatorlar bajaradi.
Kanal kommutatsiyasining vazifasini tarmoqqa ulangan uzatuvchi bilan qabul
qiluvchining orasidagi jismoniy aloqa kanalini yaratib berishdan iborat.
Asosiy avfzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Aniq va o‘zgarmas ma’lumotlarni uzatish tezligi, har qanday tezlikni o‘rnatish
mumkinligi.
2. Real vaqtda har qanday ma’lumotlarni (ovoz, video va boshqa) sifatli va qisqa vaqt
ichida yetkazib berish.
Asosiy kamchiliklari:
1.Manzillar orasidagi tugunlarni bog‘lovchi tranzit aloqa kanallari bandligi sababli
tarmoqqa kirish mumkin emasligi.
2.Jismoniy aloqa kanallarini o‘tkazish qobiliyatini ishlatilishi pastligi.
3.Ma’lumotlarni uzatishdan oldin ularni bog‘lanishi uchun vaqtni sarflanishi.