Ushbu model asosan kirishni nazorat va boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu modelda
qo‘yilgan shartlar tahlil etilib, yuqori darajali ma’lumotlarni past tabaqali sub’ektlar ko‘rishi va olishligi
mumkin emasligi belgilab qo‘yiladai.
Bell−Lapadula klassik modeli 1975 yili MITRE Corporation kompaniyasining xodimlari Devid
Bell va Leonard Lapadula tomonidan yozib chiqilgan edi. Bu modelning ishlab chiqilishiga mahfiy
ma’lumotlar (xujjatlar) ni havfsizligini ta’minlash masalasi edi.
Ushbu model quyidagicha ishlaydi: xar bir sub’ektga (shahsga, xujjatlar bilan ishlaydigan
xodimlarga) va ob’ektlarga (xujjatlarga) konfidentsial belgi taqdim etiladi, ya’ni eng yuqori (juda
mahfiy), mahfiy (mahfiy), hizmat yuzasidan va ochiq (hamma uchun mumkin). Past darajali sub’ektlar
yuqori darajali ma’lumotlarni ko‘rishga yoki olishga huquqlari yo‘q. Sub’ektlarga past darajali
ob’ektlardan ma’lumotlarni ko‘chirish ham man etiladi.