Qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan hukukiy
hujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni
tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuv-chilarning mas’uliyatlarini aniqpab beradi.
Masalan, Uzbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarida
axborotni himoyalash guruhlarini tashkil kilish, ularning vakolatlari, majburiyatlari va
javobgarliklari aniq yoritib berilgan.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarining rivojlanishini uch boskichga ajratish
mumkin:
1) dasturiy vositalarni rivojlanishi;
2) barcha yunalishlar buyicha rivojlanishi;
66
3) ushbu bosqichda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishlar kuzatilmoqda:
- himoyalash funktsiyalarini apparatli amalga oshirish;
- bir necha himoyalash funktsiyalarini qamrab olgan vositalarni yaratish;
- algoritm va texnikaviy vositalarni umumlashtirish va standartlash.
Hozirgi kunda ma’lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo‘llari kuyidagilardan iborat:
• elektron nurlarni chetdan turib o‘qib olish;
• aloqa kabellarini elektromagnit tulkinlar bilan nurlatish;
• yashirin tinglash qurilmalarini qo‘llash;
• masofadan rasmga tushirish;
• printerdan chiqadigan akustik to‘lqinlarni o‘qib olish;
• ma’lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chikindilarini o‘g‘irlash;
• tizim xotirasida saklanib kolgan ma’lumotlarni o‘qib olish;
• ximoyani yengib ma’lumotlarni nusxalash;
• qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimgakirish;
• dasturiy tuzoklarni qo‘llash;
• dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklarida foydalanish;
• dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo‘lgan qism
dasturlarning mavjud bo‘lishi;
• aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish;
• ximoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish;
• kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.
Ushbu yullardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompyuter viruslaridan
hozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan.
Bevosita tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida quyidagi
tadbirlarni bajarish lozim bo‘ladi:
— uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o‘kishdan saqlanish;
— uzatiladigan ma’lumotlarni taxlil qilishdansaqlanish;
—uzatiladigan ma’lumotlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik va o‘zgartirishga urinishlarni
aniklash;
ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo‘llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo‘l
qo‘ymaslik;
67
—firibgar ulanishlarning oldini olish. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan krip-
tografik usullar qo‘llaniladi.