O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Islom Universiteti



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/74
tarix31.12.2021
ölçüsü1,25 Mb.
#112428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Axborot xavfsizligi fan kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

Axborot havfsizligi. 
Kirish. 
Ushbu  2  –    bobda  “Kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarida  axborotlarni  himoyalash” 
faniga  tegishli  bo‘lgan  barcha  mavzular  bo‘yicha  bakalavrlarga  va  magistrlarga  Davlat 
ta’lim standartlari asosida  yetkazilishi shart bo‘lgan  minimum  bilimlar  va ko‘nikmalar 
to‘la  qamrab  olingan.  Zamonaviy  kompyuter  tizimlarini  yaratilishi  va  global 
axborot  tarmoqlarini  paydo  bo‘lishi  axborotni  himoya  qilish  muammosini 
keltirib  chiqardi.  Xar  bir  ma’lumot,  xabar  yoki  axborot  o‘z  qiymatiga  ega 
bo‘la boshladi. Ya’ni o‘z vaqtida yetkazib berilmagan yoki xato va soxtalashib 
qabul qilingan har qanday ma’lumot qabul qiluvchini yoki boshqaruv tizimini 
no’to‘g‘ri  qaror  chiqarishiga  olib  keladi.  Bularni  to‘g‘rilash  esa  katta 
moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Keng kompyuterlashtirilgan  va 
axborotlashtirilgan zamonaviy jamiyatda real qadriyatlarga ega bo‘lish, ularni 
boshqarish,  qadriyatlarni  uzatish  va  ularga  murojaat  qilish  ko‘pincha 
nomoddiy  axborotlarga,  ya’ni  mavjud  bo‘lishi  fizik  tashuvchidagi  birorta 
yozuv  bilan  bog‘lanishi  majburiy  bo‘lmagan  axborotlarga  asoslangandir. 
Shunga  o‘xshash,  ba’zida  yuqori  axamiyatga  ega  bo‘lgan  maxfiy  axborotni 
ishlatishga,  o‘zgartirishga,  nusxalashga  jismoniy  va  xuquqiy  shaxslarning 
vakolatlari  aniqlanadi.  Shuning  uchun  axborotni  maxfiyligi  va  butunligini 
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli funktsiyalarni amalga oshirish 
uchun samarali vositalarni yaratish va ishlatish juda muhimdir. Axborot juda 
qadriyati yoki o‘ta muhim bo‘lganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, 
qayta  ishlaydigan  yoki  uzatadigan  kompyuter  tizimlariga  nisbatan  turli-
tuman  yomon  niyatli  harakatlar  mumkindir.  Masalan,  buzg‘unchi  o‘zini 
boshqa foydalanuvchi kabi ko‘rsatishga intilishi, aloqa kanalini bildirmasdan 
eshitib  olishi  yoki  tizim  foydalanuvchilari  almashayotgan  axborotni  ushlab 
olishi va o‘zgartirishi mumkin. Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlari, 
Internet yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o‘g‘irlash, buzish 
yoki  xalaqitlarga  uchratish  maqsadida  korxonalar  va  tashkilotlarning  ichki 
tarmoqlariga bostirib kirish uchun ko‘plab imkoniyatlar beradilar. Shu sababli 


 

hozirda  insonlarni  va  jamiyatni  axborot  xavfsizligini  va  axborotni  himoya 
qilishni  ta’minlash  muammosini  kompleks  yechishni  dolzarb  ravishda 
kerakligi paydo bo‘lmoqda.  
Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, o‘tkazilayotgan aktiv tadqiqotlarga 
qaramasdan,  axborot  xavfsizligini  yaxlit  tizimini  yaratishni  umumlashgan 
nazariyasi  va  amaliy  kontseptsiyasi  (yo‘nalishi)  hanuzgacha  yaratilmagan. 
Shuning uchun maxfiy axborot bilan ishlagan shaxslarga axborot xavfsizligini 
ta’minlash  masalalarini  barcha  jabhalarida,  ularning  kompleksli  va  o‘zaro 
kelishilgan  xarakterini  tushungan  holda,  yetarlicha  tayyorgarlikka  va 
mutaxassis sifatida mo‘ljal ola bilishga ega bo‘lishlari kerak. 
 
Kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarida  axborotlar  almashinuvi  darajasi  oshib 
borayotganligi, ma’lumotlarni hilma hilligi, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali 
uzatilayotgan    tezligi  juda  yuqori  ekanligi,  qabul  qilayotgan  foydalanuvchilarga  o‘z 
vaqtida, aniq va to‘liq yetkazib berish jarayonida axborotlarni himoyalash vazifasi asosiy 
masalalardan  biri  bo‘lib  qolmoqda.  Turli  operatsion  tizimlar  bilan  ishlaydigan 
kompyuterlarning  axborot  havfsizligini  ta’minlash  maqsadida  ko‘pgina  vositalar  va 
usullar ishlab chiqilgan. Ushbu vositalar yordamida axborot xavfsizligini ta’minlash fan 
asosiga kiradi. 
 
Barcha  bakalavrlarni  va  magistrlarni  kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarida 
axborotlarni  himoyalash  usullarini  va  vositalarini  mukammal  bilgan  xolda  amaliyotga 
tadbiq etishni o‘rgatishdan iboratdir.  
 
Kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarida  axborotlarni  himoyalash  uchun  ishlatiladigan 
asosiy tashkiliy, texnikaviy, dasturiy, xuquqiy, jismoniy, kriptografik, kompyuter tizimi 
va  tarmoqlarining  aloqa  kanallarida  yuborilayotgan  ma’lumotlarni  himoyalash,  hamda 
kompyuter  viruslaridan  qanday  himoyalanish  usul  va  metodlarini,  hamda  viruslarni 
payqash va  ularni himoya qilish dasturlarini o‘rganishdan iborat. 
 
Fanni  o‘rganish  uchun  talabalardan  kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarini  turlari, 
kriptografik  himoyalash  vositalarini,  algoritmlash  va  dasturlashni,  xalqaro  kompyuter 
tarmog‘i bo‘lmish Internetda ishlash  jarayonlarini mukammal bilish talab etiladi. 


 

 
Fanni  o‘rganish  davomida  talabalar  kompyuter  tizimi  va  tarmoqlarda  axborotlar 
himoyasining  buzilishi,  himoya  mexanizmi  va  asosiy  himoyalash  vositalari,    havf  va 
xatar  turlari,  kompyuter  tarmoqlaridagi  xujumlar,  ularning  turlanishi,  axborotlarni 
himoyalash  vositalarining  asosiy  turlaridan  tashkiliy,  texnikaviy,  dasturiy,  jismoniy, 
xuquqiy,  kriptografik  va  aloqa  kanallarida    axborotlarni  himoyalash,  ekranlash 
texnologiyalari, 
shaxsiy 
virtual 
tarmoqlar 
texnologiyasi, 
himoyalash 
taxlil 
texnologiyalari,  buzuvchilar  ta’sirini  aniqlovchi  texnologiyalar,  telekommunikatsiya 
tizimlarida  himoyalash  modellari,  elektron  raqamli  imzo,  elektron  xukumat  va  xozirgi 
zamonoviy intelektual texnikaviy vositalarni o‘rganadilar. 
 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida havfsizlik modellarini, ya’ni Bella La Padula, 
Denning  va  Landver  modellari  va  ularning  qo‘llanilishini,  hamda  ularni  buzish 
ihtimolining  modelini,  elektron  raqamli  imzo,  kriptologiyani  qo‘llanilish  usullarini, 
elektron xujjat almashinuvida axborotlarni himoyalash va VPN kompyuter tarmoqlarini 
yaratishni yaxshi o‘rganib oladilar. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin