Axborotni himoyalash tizimi Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi va axborotga ruxsat etilmagan
kirishga, uning chiqib ketishiga va yo‘qolishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik,
dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni
himoyalash tizimi deyiladi.
Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning
qimmatliligi, uning yo‘qotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining
narxidan kelib chiqqan xolda axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning
turini, himoyalash usullar va vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va
talab qilinadigan himoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Himoyalash
tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson
mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak. U odatda
barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur.
Buning uchun boshidan shart belgilaymiz. Birinchidan, faraz qilaylikki bizda
xaqiqattan baxoga ega axborot bor bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, shu axborotga himoya
sistemasini o‘rnatish uchun biz aql bilan sarf-xarajatga tayyormiz. Bu maqsad uchun biz
optimal himoyalash usullarini tanlashimiz kerak, lekin u maksimal xizmat qilishi kerak.
Zamonaviy firmaning xayoti maxalliy tarmoqsiz mumkin emas. Ya’ni bu o‘tarmoq
qollanuvchi qaerda bolishidan qat’iy nazar axborot almashuvini ta’minlab beradi. Xar bir
17
firmaning ish faoliyatining xavfsizligini ta’minlash uchun himoyalash tizimi ishlab
chiqiladi.