18
Asosiy xavf bu maxalliy tarmoqda ishlanayotgan axborotga qaratilgan. Axborot
esa – dasturiy ta’minot yordamida ishlanadi. Shuning uchun xar bir maxalliy
tarmoqning negizi bu umumiy tizimli dasturiy ta’minot bo‘lib, unga operatsion
tizimlar, dasturiy qobiqlar, umumiy ishlash uchun dasturlar, matnli
protsessorlar, taxrirlovchilar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kiradi.
Bulardan tashqari, axborotni ishlab chiqishda amaliy dasturiy ta’minot
foydalaniladi, ya’ni mutaxassislangan masalalarni yechishda qo‘llaniladi.
Axborotni ishlab chiqishda texnik moslamalar ham foydalaniladi. Axborot
avtomatlashtirilgan ish joylaridan ichki va tashqi aloqa kanallari orqali tushishi mumkin.
Bunda axborotni klaviatura yoki tashqi axborot tashuvchilari orqali kiritish mumkin.
Bulardan
tashqari
boshqa
tashkilotlarning
axborot
resurslari
va
global
telekommunikatsion
tarmoq
resurslaridan
foydalanish
mumkin.
Global
telekommnikatsion tarmoqlari axborotni foydalanuvchiga yetkazishda transport
xizmatini bajaradi.
«Maxalliy tarmoq foydalanuvchisi» tushunchasi – bu belgilangan tartib bo‘yicha
ro‘yxatdan o‘tgan va tarmoqni foydalanishda aniq bir xuquqga ega shaxsga (tashkilotga)
aytiladi. O‘zinig xuquq doirasida qo‘llanuvchi ruxsat berilgan xarakatlarga ega.
Tarmoqdagi axborot tizim administratori nazorati ostida ishlab chiqiladi, uni
himoyalash xavfsizlik administratori bo‘ynidagi vazifa. Tarmoqning ish xolatini saqlash
uchun, amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mutaxasis – dasturchilar va texnik
shaxslar jalb qilinadi. Ular ham axborotga cheklangan xuquqlari bor, lekin dasturiy
ta’minotni o‘zgartirishda va axborotni ishlab chiqish protsessiga cheklanmagan ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Maxalliy tarmoqni tizim ko‘rinishda olish mumkin. Bu tizim quyidagi ichki
tizimlardan – boshqaruvchining ish joyi, masofadagi ish joyi, xavsizlik va tizim
administratorlarining ish joylaridan tashkil topgan. Buning xar biri mustaqil ichki
tizimlar. Shuning uchun axborotni himoyalashda – dekompozitsiya printsipi qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: