Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalashning uskunaviy vositasi. Kompyuter ma’lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalari
1. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalashva autentifikatsiyalash tizimi
2. Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi
3. Tarmoq buyicha uzatiladigan ma’lumotlarnishifrlash tizimi
30
4. Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi
5. Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari
Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizim
foydalanuvchidan olingan ma’lumot boyicha uning shaxsini tekshirish, xaqiqiyligini
aniqlash va shundan song unga tizim bilan ishlashga ruxsat berish lozimligini belgilab
beradi.
Bu xolda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash muammosi
mavjud bolib, uning kuyidagi turlari mavjud:
• foydalanuvchiga ma’lum bolgan maxfiy axborot, masalan, parol, maxfiy kalit va
boshqalar;
• shaxsning fiziologik parametrlari, masalan, barmoq izlari, kuzning tasviri va boshqalar.
Birinchisi an’anaviy, ikkinchisi esa biometrik identifikatsiyalash tizimi, deyiladi.
Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi diskdagi
ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu xolda mantiqiy va jismoniy bosqichlar ajratiladi.
Mantikiy boskichda fayl asosiy ob’ekt sifatida bolib, faqatgina ba’zi bir fayllar
himoyalanadi. Bunga misol kilib, arxivator dasturlarini keltirish mumkin. Jismoniy
boskichda disk tolaligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities
tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin.
Tarmoq buyicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi. Ushbu tizimda ikki
yonalishni ajratishmumkin:
• kanal boyicha, ya’ni aloqa kanallari buyicha junatiladigan barcha ma’lumotlarni
shifrlash;
• abonentlar boyicha, ya’ni aloqa kanallari buyicha jonatiladigan ma’lumotlarning
faqatgina mazmuniy kismi shifrlanib, qolgan xizmatchi ma’lumotlarni ochiq qoldirish.
Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizimda tarmoq buyicha
bajariladigan elektron ma’lumotlar almashuvida xujjatni va uning muallifini
autentifikatsiyalash muammosi paydo buladi.
Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari. Ushbu tizimda tayanch axborotlar sifatida
kompyuter tizimi va tarmog’ida qollaniladigan barcha krIPtografik kalitlar tushuniladi.
31
Bu xolda kalitlarni generatsiyalash, saklash va taqsimlash kabi boshqaruv funksiyalarini
ajratishadi.