Konfidentsial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalash. Bu kompyuter steganografiyasini ishlatish sohasi konfidentsial axborotlarni
ximoyalash muammosini yechishda eng samarali xisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam
ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o‘zgarish
kupchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.
Mualliflik huquqlarini ximoyalash. Stenografiyadan foydalaniladigan yana bir sohalardan biri — bu mualliflik
huquklarini ximoyalash xisoblanadi. Kompyuterli grafik tasvirlarga maxsus belgi qo‘yiladi
va u ko‘zga ko‘rinmay qoladi. Lekin, maxsus dasturiy ta’minot bilan aniqlanadi. Bunday
dastur mahsuloti allaqachon ba’zi jurnallarning kompyuter versiyalarida ishlatilayapti.
Stenografiyaning ushbu yo‘nalishi nafaqat tasvirlarni, balki audio va videoaxborotni ham
34
qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bundan tashqari uning intellektual egaligini ximoyalashni
ta’minlash vazifasi ham mavjud.
Hozirgi vaktda kompyuter stenografiyasi usullari ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha
rivojlanmokda:
> kompyuter formatlarining maxsus xossalariniishlatishga asoslangan usullar;
> audio va vizual axborotlarning serobliligiga asoslangan usullar.