O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti



Yüklə 72,88 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2023
ölçüsü72,88 Kb.
#135346
  1   2   3   4
“MIRZO ULUG‘BEK” TRAGEDIYASIDA SHAXS FOJIASI TALQINI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
4-kursBguruh talabasi
AVEZOVA MAVLUDA MAHMUD QIZINING
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN
“MIRZO ULUG‘BEK” TRAGEDIYASIDA SHAXS FOJIASI TALQINI
mavzusida tayyorlagan

Kurs ishi

Ilmiy rahbar: dotsent T.Xo‘jayev



Mundarija:

Kirish ………………………………………………… 3-4-bet


I bob: Maqsud Shayxzoda va o‘zbek dramaturgiyasi

    1. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek dramaturgiyasiga qo‘shgan hissasi…………………………………………5-8-betlar

    2. “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida tarixiy va to‘qima obrazlar talqini ………………………………………………..9-15-betlar

II bob: “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida shaxs fojiasi
2.1 Mirzo Ulug‘bek- ma’rifatparvar shaxs ……………… 16-22-betlar
2.2 Asarda yuzaga kelgan fojia talqini ……………………23-24-betlar
Xulosa ………………………………………………………25-26-bet
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………27-bet

Kirish
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo‘g‘ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro‘y bermoqda.. “...xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko‘zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”1.


O‘zbek adabiyoti kundan kunga turli asarlar bilan boyib bormoqda. Nasriy va she’riy asarlar bilan birgalikda dramatik asarlar ham inson ma’naviyatida o‘ziga xos o‘ringa ega. Dramatik tur – so‘z san’atining asosiy ko‘rinishlaridan biri.Dramatik asarlar dialoglarga asoslanadi.Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri asarning sahnada ijro etilishidir.Dramatik asar sahnada qo‘yilmas ekan, tomoshabin aktyorning harakat va holatini kuzatib, so‘zlarini tinglamas ekan, haqiqiy badiiy asar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Dramatik tur o‘z navbatida xilma-xil janrlarga ajratiladi: tragediya, drama, komediya, kinodramaturgiya, teleminiatyura, intermediya2
Dramatik janrlar orasida o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turadigan janr- tragediyadir.Unda insonning kuchli ehtiroslari, katta qurbonlar talab qiluvchi yuksak maqsad yo‘lidagi kurash va intilishlari tasvirlanadi. Shunday asarlardan biri Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Asarda ma’rifatni ulug‘lash, xalqparvarlik, ezgulik tantanasiga ishonch singari g‘oyalar ilgari surilgan.M.Shayxzoda ana shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun o‘zbek xalqi tarixida muhim rol o‘ynagan olim, mutafakkir, adolatli hukmdor Mirzo Ulug‘bek hayotining so‘nggi yillarida ro‘y bergan shiddatli va dramatizmga boy tarixiy voqealarni asarga mavzu qilib olgan. U hayotiy hodisalarni sinchiklab kuzatar ekan, inson taqdirida ro‘y beradigan keskin burilish nuqtalari va ularning natijalarini ko‘ra oladi.
Tarixdan ma’lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning taqdiri hozirgacha insoniyat olamini hayratga solib keladi. Davlat arbobi, adolatli shoh, ilm-fanda yuksak cho‘qqilarni egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug‘bek shaxsida mujassamlanishi hayratlanarli hol.Shundan bo‘lsa kerak, ijodkor sultonlar orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi.
Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi bilan o‘zbek adabiyotida tragediya janrining yuksak namunasini yaratdi.Ulug‘bek xarakterini va u yashagan davr sharoitini dramatik harakatga boy mazmun vositasida ko‘rsatib berdi. Tarixiy faktlarni mukammal bilish, ulardan xarakter qirralarini ochishda moslab foydalanish, badiiy to‘qima me’yorini saqlash, romantik ko‘tarinkilikni xarakterni ochishga bo‘ysundirish, Shekspir tragediyalaridan oziqlanish va nihoyat, badiiy asar vositalarini xarakterni ochishga qaratish tragediya muvaffaqiyatini ta’minlagan omillardir.



Yüklə 72,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin