O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim Vazirligi Samarqand viloyati Samarqand tuman Xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli
O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim Vazirligi Samarqand viloyati Samarqand tuman Xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 2- ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab Boshlang’ich ta’lim fan o’qituvchisi Shoxsanam Aliyevaning Ona tili fanidan ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tuzgan dars
SAMARQAND
4-“A” sinf I chorak Mavzu : Undalmali gaplarda tinish belgilari. Darsning maqsadi: Undalmali gaplar yozuvda kelganda tinish belgilarini to’g’ri ishlata bilishni o’rgatish.
Darsning ta’limiy maqsadi: Yozuvda undalmali gaplar kelganda tinish belgilarini to’g’ri qo’yish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tabiatni asrashda nafas oladigan havoning tozaligi haqida ko’nikmalarini rivojlantirib boorish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsad: Yozma nutqni va rasmlar asosida kichik matn tuzish malakasini rivojlantirish
Darsning jihozi: Kuzgi barglar, rangli rasmlar, test, tarqatma materiallar, darslik.
Dars turi: Aralash, yangi bilim beruvchi.
Dars metodi:Savol-javob, test, „Aqliy hujum“.