Darsning borishi Tashkiliy qism: Ona tiliga doir she’r aytiladi. Davlat tilimiz o’zbek tiliga 22 yil to’jgani yuzasidan savollar beriladi. O’tilgan mavzuni tashkiliy qismga bo’lgan holda “Kuz” fasli bo’yicha savollar beriladi. O’tilgan mavzu asosida 4 ta o’quvchilarga test beriladi. 7 o’quvchi doskaga chiqib, “Kuzgi burglar” dan tanlaydi. Undagi savolga javob berib, doskaga yopishtiradi.
1. Undalma deb nimaga aytiladi?
2. Undalmali gap tuzing.
3. Berilgan gapdan undalmani aniqlang.
Doskadagi mavzuning tartibi
Uy ishi 77- mashq o‘quvchilarga o’qitib, undalma aniqlab aytiladi.
Yangi mavzu: Yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o’quvchilarni faollashtirish uchun undalmali gap tuzish topshirig’i beriladi.Topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchi doskaga chiqib tushuntiradi.
Gapning boshida
Masalan: Yoshlar, davlatimiz kelajagi qo’lingizda!
Gapning oxirida
Masalan: Mustaqillik muborak, o;quvchilar!
Undalmali gaplar o’g’zaki nutqda undosh ohangi bilan aniqlanadi. Yozuvda undalmali gaplarga vergul yoki undov belgisi qo’yiladi.
78-masgq. Chiziqcha o’rniga mazmuniga mos undalma qo’yib, tinish belgisi qo’ying.
1. O’g’lim, inson bir umr ilmini oshira borishi lozim.
2. O’quvchilar, kitob siz uchun bir umr yagona, sadoqatli do’st bo’lib qoladi.
3.Bolajonlar, o’qing, p’qing, fikr qiling va hammasi o’zingizga foydali.