O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


– rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi



Yüklə 162 Kb.
səhifə8/11
tarix21.01.2023
ölçüsü162 Kb.
#122419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi

1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi.
Ushbu materiallarni qo'llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar va h.k.z.
O'z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz (1–rasmga qarang).
Shundan kelib chiqqan holda biz mashg'ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo'llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg'ulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi (1–rasm).
Endi qisqacha didaktik vositalar to'g'risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya'ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashg'ulot davomida beriladigan o'quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz ancha samarali kechadi.
Didaktik o'yinli darslar
Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  1. Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi.

  2. Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal etishini.

  3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.

  4. O'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi.

Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o'yinli darslarning tavsifiga qisqacha to'xtalamiz.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin