O‘zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi



Yüklə 105,73 Kb.
səhifə5/12
tarix13.11.2022
ölçüsü105,73 Kb.
#119412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Алиева М

Boshlang‘ich ta’limda о‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga о‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili о‘quv dasturi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:
1. Savod о‘rgatish va nutq о‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq о‘stirish.
Savodga о‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bо‘lgan muddatni, ya’ni ikki о‘quv choragini qamrab oladi. Savodga о‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga о‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga о‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga kо‘ra matndan gap, gapdan sо‘z, sо‘zdan bо‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bо‘g‘in > sо‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bо‘lakka, bо‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa о‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga о‘rgatish davridanoq, о‘quvchilar nutqini yangi sо‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi sо‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, о‘quvchilarni sо‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari о‘qish darslari о‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil о‘qishga, о‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy о‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga о‘rgatish davridanoq, о‘quvchilar nutqini yangi sо‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ona tili erkin fikrlay olish, о‘zgalar fikrini anglash, о‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bо‘la olish kо‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sо‘z ma’nosi: sо‘zlarning ma’nosiga kо‘ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi sо‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va tartibini bildiruvchi sо‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi sо‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi). О‘quv dasturida fe’lni о‘rganish bо‘yicha quyidagi mazmun kiritilgan:
1-sinf. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan sо‘zlar, ularning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? sо‘roqlariga javob bо‘lishi va imlosi. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish.

Yüklə 105,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin