Malaka ishining maqsadi. 3-sinfda fe’l sо‘z turkumini o`rganishda о‘quvchilar nutqini fe`llar bilan boyitish, fe`llardan fikr ifodalashda to`g`ri va o`rinli foydalana olish ko`nikmasini shakllantirish, bog`lanishli nutqini o`stirish.
Malaka ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni о‘rganish.
2. 3-sinfda fe’lmavzusini o`rganish ahvolini o`rganish.
3. fe’l mavzusini o`rganishda lug‘at ustida ishlash bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
4. О‘quvchilarning ona tili fanini samarali о‘zlashtirishini ta’minlovchi dars loyihalarini ishlab chiqish.
Asosiy qism.
1. Boshlang`ich sinflar fe’l sо‘z turkumini o`rganishning amaliy asoslari.
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi – gullamadi, bu – fe’l.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’lning gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bо‘limlar orasidagi bog‘lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda о‘rganish usullari va vositalari shu sо‘z turkumini о‘rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi о‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
“Fe’l” mavzusini о‘rganishda asosiy vazifalar: sо‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, о‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini о‘stirish, о‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim imloviy qoidalarni о‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog‘liq holda hal etiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang‘ich sinf о‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.
Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga о‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda о‘quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi sо‘z va mashqlarni о‘qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab о‘tkaziladi. Bunda о‘qituvchi о‘quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, sо‘z nimani bildirishini va qanday sо‘roqqa javob bо‘lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni kо‘rib, gapni mazmunga mos sо‘zlar bilan tо‘ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(о‘ynayaptilar), ... (ishlayaptilar).
Fe’lni о‘rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan sо‘zlar mavzusini о‘rganishdan boshlanadi (1-sinf, о‘quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, о‘quvchilar о‘zlari bajargan harakatlarni aytishni sо‘rab, ular bergan javobini (fe’lni) sо‘roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat о‘tkazish bilan tushuntiriladi. О‘quvchilarni sо‘roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, о‘ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga о‘rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar о‘quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish kо‘nikmasining shakllana borishiga yordam beradi.
Dastur о‘quvchilarda sо‘zlarga sо‘roq berib, ularni bir-biridan farqlash kо‘nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun о‘qituvchi fe’lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar о‘tkazadi. Nima? sо‘rog‘iga javob bо‘lgan sо‘z bilan nima qildi? (Nima qilyapti? Nima qiladi?) sо‘rog‘iga javob bо‘lgan sо‘zlar taqqoslanadi: nima? sо‘rog‘iga javob bо‘lgan sо‘zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? sо‘rog‘iga javob bо‘lgan sо‘zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga о‘rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga sо‘roq berishga о‘rgatish yuzaki bо‘lmasligi, о‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? sо‘roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? sо‘roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday sо‘roqlarga javob berishga о‘rgatish о‘z navbatida, fe’l zamonlarini о‘rganishga tayyorlash demakdir.
1-sinfda morfologik sо‘roq sо‘z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. О‘quvchilarni sо‘zga sо‘roq berishga, о‘qituvchi bergan sо‘rog‘iga javob bо‘ladigan sо‘zlarni tanlashga, sо‘zni sо‘roqqa mos ravishda о‘zgartirishga (nima qildi? – о‘qidi, nima qilamiz? – о‘qiymiz, nima qilmoqchi? – о‘qimoqchi kabi) о‘rgatiladi.
4-sinfda fe’lni о‘rganishning vazifalari quyidagilar:
1. Fe’lning shaxs-son qо‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qо‘shimchasi bilan о‘zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki kо‘nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bо‘lishli va bо‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda о‘z va kо‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
3. Zamon qо‘shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi kо‘nikmani hosil qilish.
4. Qо‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki kо‘nikmani hosil qilish hisoblanadi.
Fe’l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish-harakatning nutq sо‘zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. О‘quvchilar о‘zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. Xuddi shunga о‘xshash kuzatishni tabiatda bо‘layotgan о‘zgarishlar yuzasidan ham о‘tkazadilar. Bu mavzu bahorda о‘tiladi. Shuning uchun о‘quvchilar kuzatish asosida “Bahor keldi. О‘rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan sо‘ng yoz keladi. Yozda bolalar lagerga bormoqchi” kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe’llarga sо‘roq berib, ish-harakatning bajarilish payti, ya’ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? – о‘qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? – о‘qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi? – yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig‘ilgan bu leksik materiallar о‘qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi:
1.Fe’llar zamon bilan о‘zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, о‘tgan zamon, kelasi zamon.
2. Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? sо‘rog‘iga javob bо‘ladi, hozirning о‘zida, ya’ni nutq sо‘zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.
3. О‘tgan zamon fe’li nima qildi? sо‘rog‘iga javob bо‘ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq sо‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.
4. Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? sо‘rog‘iga javob bо‘ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq sо‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar. Sо‘rokdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi.
Fe’lnimg zamon shaklini yasash va bilib olish uchun о‘quvchilarni sо‘roqlardan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval jamoaviy ravishda ishlanadi va о‘quvchilar e’tibori sо‘roq bilan fe’l zamonining bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlang‘ich sinflarda fe’lning bosh shakli о‘rganilmaydi). Fe’lga sо‘roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini о‘rganish jarayonida fe’lni zamon qо‘shimchasi bilan о‘zgartirish mashqi muntazam о‘tkazib boriladi.
О‘quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qо‘llashga о‘rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l shaklidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini о‘zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.
Dasturga kо‘ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. О‘quvchilarda о‘zbek tilida 3 shaxs: sо‘zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), о‘zga (3-shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki kо‘nikma “Otlarning egalik qо‘shimchalari bilan о‘zgarishi” va “Kishilik olmoshlari” mavzulari о‘rganilayotganda hosil qilingan. “Fe’llarda shaxs-son” mavzusi shu kо‘nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Suhbat asosida kishilik olmoshlari 3 shaxsni, birlik va kо‘plikni bildirishi eslatilgach, о‘quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap о‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi (Men kitobni о‘qidim). О‘quvchilar men 1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar; о‘qidim fe’lini sо‘z tarkibiga kо‘ra tahlil qilib, о‘qi – о‘zak, -di – о‘tgan zamon qо‘shimchasi, -m ham qо‘shimcha ekanini aniqlaydilar. О‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-harakat sо‘zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), о‘zga (3-shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe’llarga qо‘shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni (kо‘plik va birlikni) ham bildiradigan qо‘shimchalar bor. Masalan, о‘qidim fe’lidagi -m qо‘shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-son qо‘shimchasidir. Chunki -m о‘qish harakatini bajargan shaxsni (1-shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham shaxsni, ham sonni ifodalayapti. О‘qituvchi (xattaxtaga yozilgan gaplarni kо‘rsatib) “Nuqtalar о‘rniga gapning mazmuniga mos bо‘lgan fe’llarning shaxs-son qо‘shimchasini topib qо‘yib, gaplarni о‘qish” vazifasini beradi. Mashq о‘qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qо‘shimchalari bilan о‘zgaradi. Shaxs-son qо‘shimchalari zamon qо‘shimchalaridan keyin qо‘shiladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi kо‘nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qо‘shimchalarini qо‘yish, berilgan fe’llarni hozirgi, о‘tgan, kelasi zamonda shaxs-son qо‘shimchasi bilan tuslash, fe’llarni sо‘z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham kо‘nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar kо‘proq bо‘lgan matn tanlanib, matnni о‘qish, sо‘roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. О‘quvchilar о‘qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |