2-sinf. Shaxs va narsa harakatini bildirgan sо‘zlar (3 soat). Shaxs va narsa harakatini bildirgan sо‘zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? sо‘roqlariga javob bо‘lishi. Bir Shaxs bajargan harakatni bildirgan sо‘z nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? sо‘roqlariga, birdan ortiq shaxslar bajargan harakatni bildirgan sо‘zlar nima qildilar?, nima qiladilar?, nima qilyaptilar? sо‘roqlariga javob bо‘lishi. Harakatni bildirgan sо‘zlarni nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? sо‘roqlari yordamida aniqlash.
3-sinf. Fe’l. Fe’lning shaxs va narsalar harakatini bildirishi, nima qildi?, nima qilya’ti?, nima qiladi? sо‘roqlariga javob bо‘lishi.
Sо‘roqlari yordamida fe’llarni aniqlash, fe’llarning ma’nosiga mos sо‘roqlarni tо‘g‘ri qо‘llash. Yaqin ma’noli sо‘zlarning ma’nosini izohlash.
Matnlar asosida о‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish, fe’llardan gap mazmuniga mos holda foydalanish. Yaqin ma’noli, qarama-qarshi ma’noli fe’llarni sо‘roqlar asosida ma’noni aniqlash. Darslikdagi savollar asosida matn yaratish
4-sinf. Fe’l – sо‘z turkumi haqida ma’lumot:
Fe’lning sо‘roqlari,harakat ma’nosini bildirishi, gapdagi vazifasi, bо‘lishli va bо‘lishsiz shakllarda qо‘llanishi. Fe’l zamonlari haqida ma’lumot, harakatning uch zamonda bajarilishi, fe’lning zamoniga kо‘ra beriladigan sо‘roqlar.
О‘tgan zamon fe’lining nutq sо‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildirishi. –di, -gan – о‘tgan zamon qо‘shimchalari.
О‘tgan zamon fe’lini shakllantiruvchi qо‘shimchalar, ularning imlosi, sо‘roqlari. Hozirgi zamon fe’li nutq sо‘zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildirishi. –ya’, -moqda hozirgi zamon qо‘shimchalaridir. Hozirgi zamon fe’lini shakllantiruvchi qо‘shimchalar, ularning imlosi, sо‘roqlari. Fe’l zamonlari yuzasidan о‘quvchilar bilimini mustahkamlash, imloviy savodxonlik ustida ishlash, lug‘atini fe’llar bilan boyitish. Kelasi zamon fe’lini shakllantiruvchi qо‘shimchalar, ularning imlosi, sо‘roqlari. Fe’llardagi –m, -man, -ng, -san, -di (-ti), -k, -miz,-ngiz, -siz,-di(lar) shaxs –son qо‘shimchalari ekanligi. Shaxs-son qо‘shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va kо‘plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildirishi. Harakatni qaysi shaxs tomonidan bajarilayotganini aniqlash.
Shaxs-son qо‘shimchalari tuslovchi qо‘shimchalar ekanligi. Fe’llarning tuslovchi qо‘shimchalar bilan qо‘llanishi tuslanish deyilishi. Shaxs-son qо‘shimchalarining tuslovchi qо‘shimcha ekanligi, tuslovchi qо‘shimchalar bilan fe’llarning qо‘llanishi. Shaxs-son qо‘shimchalari bilan qо‘llangan fe’llarning talaffuzi va imlosi Shaxs-son qо‘shimchalarining vazifasi.
-lan,-illa,-sira,-la,-lash – fe’l yasovchi qо‘shimchalar, fe’llarning qaysi turkumlardan yasalishi, fe’l yasovchi qо‘shimchalar bilan qо‘llangan fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’llarga doir leksik mashqlar.