O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bag’dod tumani xtbga qarashli



Yüklə 254,69 Kb.
səhifə1/3
tarix09.05.2023
ölçüsü254,69 Kb.
#126622
  1   2   3
hamid olimjon uchun maruza



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


BAG’DOD TUMANI XTBGA QARASHLI
11-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI ORZIQULOVA NARGIZANING “HAMID OLIMJON IJODINI O’QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDAGI MA’RUZASI

Hamid Olimjon nodir iste’dod egasi. Qonida, ko’z qorochig’ida, 92 tomirida tug’ma zukkolik, shoirona sajiya, bilgichlik ayon …”


Mirtemir

O‘zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. U bolalik yillarini “Men bir qora kunda tug’ildim, tug’ildum - u shu on bug’ildim” deya eslagan.
Hamid Olimjon 1909-yil 12- dekabrda Jizzax shahrida tug‘ildi. To‘rt yoshida otasi vafot etgach, bobosi qo‘lida tarbiyalandi. Azim bobo xatli-savodli kishilardan bo‘lib, mashhur baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li jizzaxlik do‘st-yorlari huzuriga mehmon bo‘lib kelganida uning uyiga ham tushar va shunday kunlarda Abdulhamid bobosi pinjida o‘tirib, baxshining do‘mbira jo‘rligida aytgan doston va termalarini butun vujudi quloq bo‘lib tinglar edi. Bo‘lajak shoirning onasi Komila aya esa xalq ertaklarining “koni” bo‘lib, Abdulhamidning adabiyotga bo‘lgan havasi shu ikki manbaning ta’sirida oshgan.
Bo‘lajak shoirning shakllanishida yana bir muhim omil bor. Bu 1916-yil Jizzax qo‘zg‘alonidir. Jizzax shahrining to‘pga tutilishi Abduhamid yashagan qo‘zg‘olonning yer bilan yakson etilishi, boshqa jizzaxliklar qatori, ular oilasining ham cho‘l-u biyobonga haydalishi uning murg‘ak ongida iz qoldirmay qo‘ymadi. U bolalik kezlaridayoq dunyoda sharqirab oqqan soy-u beg‘ubor osmondan boshqa zulm va zo‘ravonlik ham borligini ko‘rib, sezib o‘sdi.
Abdulhamid 1918 – 1923-yillarda Jizzaxda ochilgan to‘liqsiz o‘rta maktabda, 1923 – 1928-yillarda Samarqanddagi o‘zbek bilim yurtida, 1928 -1931-yillarda O‘zbekiston pedagogika akademiyasida o‘qib, oily ma’lumotli bo‘ldi. U dastlabki mashq she’rlarini 1925-yilda, bilim yurtida o‘qib yurgan kezlarida yoza boshladi. “Kimdir” deb nomlangan ilk she’ri esa 1926-yili “Zarafshon” gazetasida bosildi. Ko‘p o‘tmay u Hamid Olimjon imzosi bilan kattagina “Ko‘klam” she’rlar to‘plamini e’lon qildi (1929). Shundan keyin uning “Tong shabadasi” hikoylari to‘plami (1930), “Olov sochlar” (1931), “Poyga” (1932), “She’rlar”, “Daryo kechasi” (1936), “Baxt” (1940) kabi she’riy kitoblari e’lon qilindi. Hamid Olimjon urushgacha bo‘lgan davrda iste’dodli shoir sifatida shuhrat qozondi.


Hamid Olimjon bilim yurtida o’qib yurgan kezlaridayoq adabiyotga juda qiziqdi. U qunt bilan o’qidi va o’rgandi. Bilim yurtida chiqadigan «Yosh tarbiyachi» (1925) devoriy gazetasi va «Uchqun» (1926) nomli oylik jurnalning tashkilotchisi, redaktori va asosiy mualliflaridan biri edi. Uning dastlabki she’r va maqolalari, fel’yeton va epigrammalari ana shu gaze­ta va jurnal sahifalarida bosilar, kichik-kichik insesenirovkalari o’quvchilar drama to’garagida o’ynalar edi.
«Zarafshon» gazetasi sahifalarida uning «Negr bolasi kichkina Nesuray» (1926-yil 26-iyul), «Matbuot kunida katta yig’ilish» (1927-yil 9-may), «Milliy siyosat haqida to’rtinchi Sho’ro qurultoyi» (1927-yil 15-may) singari bir qator maqolalari bosilib chiqdi.
1927-yilda uning «Haqiqat izlab», 1928-yilda «Tong shabodasi» hikoyalari bosildi. Lekin Hamid Olimjon keng kitobxonlar ko’z o’ngida lirik shoir sifatida namoyon bo’ldi va shuhrat qozona boshladi.
Hamid Olimjon faqat lirik shoirgina bo‘libgina qolmay, “Oygul va Baxtiyor”, “Semurg‘”, “Zaynab va Omon”, “Roksananing ko‘z yoshlari” singari dostonlari, “Muqanna” she’riy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos olim ham bo‘lgan.
1931-yili Hamid Olimjon pedakademiyani tugatib, Toshkentga ko‘chib keldi. “Yosh leninchi” gazetasida, “Qurilish” va “O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti” jurnallarida mas’ul kotib lavozimida xizmat qildi.
1932–1937-yillarda, “millatchi” sifatida ishdan haydalguniga qadar Madaniy qurilish ilmiy-texnik tekshirish institutida ishladi. Qatag‘on to‘lqinlari biroz susaygach, 1938-yilning boshlarida Hamid Olimjon O‘quv-pedagogika nashriyotiga ishga olindi. O‘sha yilning noyabrida yangi tashkil etilgan Navoiy komitetiga mas’ul kotib bo‘lib ishga kirdi. 1937-yil aprelida esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining kotibi etib etib tayinlandi.
Hamid Olimjonning adabiy merosi, she’riyatdan tashqari, hikoya va ocherklar, “Muqanna” va “Jinoyat” pyesalari, adabiy-tanqidiy maqolalar va tarjimalardan iborat bo‘lib, ular shoirning 10 jildlik “Mukammal asarlar to‘plami”da e’lon qilingan.
Hamid Olimjon bor yo’g’i 34 yil umr ko’rgan bo’lsa – da, o’zidan keyin boy adabiy meros qoldirgan. Uning asarlari jami o’n jiltni tashkil qilishi ham uning qanchalik sermahsul ijodkor bo’lganini ko’rsatadi. Hamid Olimjon qobiliyatli rahbar va olim ham edi. Hamid Olimjon 1944 – yil 3 – iyulda avtomobil halokati tufayli vafot etadi. Uning qabri Birodorlar qabristonidadir.
Pedagogik texnologiyaga oid adabiyotlarda ko’rsatilishicha, ayrim xorijiy davlatlarda o’quvchi va o’qituvchi uchun maqsadlarni alohida-alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bunda maqsadlar o’qituvchining faoliyati orqali qo’yiladi (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va h.k.), o’quvchining harakatlarida ifodalanadigan natijalar esa ta'lim vazifalari deyiladi. Bu vazifalarni o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya'ni ta'lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’lsin.
Pedagogik texnologiya o’qitishni o’quvchilar harakati orqali amalga oshirishni ko’zda tutar ekan, ona tili ta'limi maqsadi ham o’quvchini dars subyekti darajasiga ko’tarishdan iborat.
Adabiyot ta'limi texnologiyasida o’quvchining ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini uning har bir dars qurilmasida quyidagi faoliyat turlariga jaib etilishi bilan izohlash mumkin:
– til va adabiyotga oid hodisalarini kuzatish;
– izlanish, hodisalar sirasini davom ettirish;
– ayri-ayri hodisalarni sharhlash;
– hodisalarni qiyoslash;
– hodisalar o’rtasidagi o’xshashliklarni aniqlash;
– hodisalar orasida farqlarni aniqlash;
– o’xshashlik, farqlar asosida hodisalarni tasniflash;
– hodisalar sirasi haqida umumlashma hosil qilish;
– hodisalarning yondosh hodisalar bilan aloqadorligini aniqlash;
– hodisalarni amaliy qo’llash.
Ushbu o’n xil mustaqil faoliyat turlarining bajarilishi ona tili va adabiyot ta'limi maqsadining odatdagi bir dars jarayonida voqelanishi bilan izohlanadi. Dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlaydi. Ayniqsa, fanlararo integratsiya amalga oshirilsa, o’quvchi shaxsining bilim saviyasi yanada kengayadi. Shuni inobatga olgan holda ona tili darslarini adabiyot darslariga bog’lab o’tishda quyidagi interfaol usullardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Hamid Olimjon ijodini 10-sinflarga o’qitish jarayonida “Erkin xat”, “Muallifni izlab”, “Munozaralar to’g’ri” , Moychechak,FSMU, KZIX, T chizmasi kabi usulidan usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Erkin xat” usulida
1. Adabiyot darslarida badiiy asar matni bilan tanishib bo’lgach, uning qahramoniga “erkin xat” usulida maktub yozish o’quvchilarga vazifa qilib topshiriladi. Buning uchun bu usulning quyidagicha shartlari o’quvchilarga tushuntiriladi.
1. To’xtamay yozish
2. Keyin tuzatish imkoni bo’lishi uchun bir qator tashlab yozish.
3. 20 daqiqa ichida erkin tarzda, uzoq o’ylamay, tezkor usulda yozish.
4. Xusnixat va orfografiyasini o’ylamagan xolda yozish.
Ikkinchi “Erkin xat “ usulida o’quvchilardan qahramonga maktub tarzida emas, o’z xotiralari, xayotida bo’lgan qiziq voqealar asosida maktub yozish talab qilinadi
Muallifni izlab” usuli
“ Mualifni izlab “ usuli xam adabiyot darslarining anglash bosqichida qo’llaniladi.
O’quvchilarga matn ( she’r) o’qib eshittiriladi. Har bir o’quvchining qo’lida matn bo’lsa ( albatta muallifi yozilmagan xolda ) yanada yaxshi.
Matn ifodali, tushunarli tarzda o’qilgach, uncdagi ayrim xususiyatlarga qarab muallifini topish so’raladi.
O’qituvchi quyidagicha savollar berib, o’quvchilarni matn muallifini tanishga yo’naltiradi.;
1. Asarning tili sizga qaysi davrni eslatyapti.
2. O’zbek millatiga mansub odam yozganmi ?
3. Muallifning jinsi xaqida nima deya olasiz ?
4. Voqealar qaysi mamlakatda sodir bo’lgan deya o’ylaysiz
5. Qaysi shoir (yozuvchi) uslubiga o’xshata olasiz
6. Kim yozgan deb o’ylaysiz
Shu tarzdagi savollar asosida xamkorlikda muallif aniqlanadi .
Bunda o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini matndagi ayrim unsurlarga, buyumlar, voqealar mahtig’i, timsollarga qaratadi. O’quvchilarga darslarda ijodi o’rganilgan shoir va adiblarning darslikda mavjud bo’lmagan asari, maqolasi berilsa, o’quvshi shu ijodkorning uslubi, so’z tanlashi, maxorati kabilar orqali muallifni topa oladi.
Bu usul o’quvchilarni adabiyotga, ijodga, izlanishga, kashf etishga qiziqishini oshiradi va keyingi o’qiladigan materiallarni sinchiklab o’qishga odatlantiradi, yozuvchi yoki shoirning o’zigagina xos bo’lgan uslubini anglab yetishga yo’naltiradi.
Moychechak” usuli yordamida tushuntirish. Bunda doskaga Hamid Olimjonning “O’rik gullaganda” she’ridan namuna yoziladi. Har bir o’quvchiga rangli qog’ozdan yasalgan moychechak rasmi tarqatiladi. O’rik obraziga oid detallarni topish buyuriladi, o’quvchilar javobni moychechak tojbarglariga yozib chiqadilar.

Yüklə 254,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin