Rossiyada tasviriy san’at o‘qitish metodlarining o‘ziga xos ko‘rinishlari. Natural va geometral metodlari. I.D. Preysler, A.G. Sapojnikov, P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylarning tasviriy san’at o‘qitish metodlari.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tasviriy san’atni o‘qitilishi. Sharq miniatyura maktablarining tarixi va ularning o‘qitish metodlari. K.Beqzod va uning naqqoshlik maktabi. So‘g’d rangtasviri va uning O‘rta Osiyodagi miniatyura maktablariga ta’siri. Mo‘gul (Boburiylar) rangtasvir miniatyurasi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Xozirgi zamon tasviriy san’atida miniatyura janri va ishlash usullari (Ch.Ahmarov).
Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi. Tasviriy san’at ta’lim kontseptsiyasi. “Ta’lim to‘grisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
Tasviriy san’at ta’limida didaktik printsiplar. Sharq mutaffakirlarining ta’limdagi didaktik printsiplar to‘qrisidagi pedagogik qarashlari.
Muhandislik grafikasi o‘qitish metodikasi bo‘yicha:
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Kirish. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” fani umumta`lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari. Umumta`lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitishda gumanitar, politexnik, ijodiy, umummadaniy yo‘nalishlarni amalga oshirishning metodik usullari. Muhandislik grafikasining mehnat ta`limi, rasm, matematika, geografiya va boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Chizmachilik darslarini tashkil qilish va o‘qitish metodlari. Chizmachilik darslarini tashkil qilish printsiplari. Muntazamlilik va davomiylilik, tushunarlilik, onglilik, ko‘rgazmalilik, ilmiylik. Yangi pedagogik tafakkur nuqtai nazaridan ularni maktabda chizmachilik o‘qitishda qo‘llash. O‘quvchilarda chizmachilikdan bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish va ichki zaruriyatlarini orttiruvchi metodik usullar. Shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi pedagogik tajriba: kuzatish va qayd qilish metodi. Tajribalardan chizmachilik ta`limi sifatini yaxshilashda foydalanish. Tushuncha, atama(termin)larning son va sifat muammosi. Chizmachilik terminologiyasi va uni o‘qitishda to‘g‘ri tanlangan terminlardan foydalanish.