O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Yüklə 93,5 Kb.
tarix13.12.2018
ölçüsü93,5 Kb.
#85776


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


2011-2012 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 10- 11 SINF O‘QUVCHILARI UCHUN GEOGRAFIYA,MATEMATIKA,FIZIKA,KIMYO FANLARIDAN IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR TO’PLAMI

Toshkent-2012

Imtihon materiallari va tavsiyalar Respublika Ta’lim markazi qoshidagi ilmiy-metodik kengashlar tomonidan muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15-20 % hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Tuzuvchilar

Geografiya

.E.Nazaraliyeva - Respublika ta’lim markazi тabiiy fanlar bo‘limi geografiya fani bosh metodisti.

Nashr uchun mas’ul



N. Sh. Turdiyev

Imtihon materiallarini ko‘paytirib tarqatish ta’qiqlanadi.

Geografiya
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 10 - sinfini tugatgan o‘quvchilar geografiya fanining barcha kurslari bo‘yicha ma’lum darajada bilimga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida 2011- 2012 o‘quv yilida 10- sinflarda geografiya fanidan og‘zaki bosqichli nazorat ishi bilet savollariga og‘zaki javob berish usulida o‘tkaziladi.

Bosqichli nazorat og‘zaki savollariga: O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografik tavsifi, mamlakatimizning milliy iqtisodiyotining tarmoqlari, jahon mamlakatlarining umumiy va mintaqaviy tavsifi, amaliy geografiyaning tadqiqot usullari, tabiat komplekslari, geografik baholash usullari, georafik ekspertiza, geosiyosat asoslari, hozirgi zamonning geosiyosiy muammolari, O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni haqidagi tushunchalar kiritildi.

Har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2 ta nazariy va 1 ta amaliy topshiriq beriladi.

Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Masalan: 1savolga 3, 2 savolga 4, 3 savolga 5 qo‘yilib, ballar umumlashtirilib o‘rtacha ball chiqariladi. 3+4+5 =12:3=4

O‘quvchilarni baholashda ball ular egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqib belgilanadi. Masalan: Tabiiy geografik jarayonlar mavzusida o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari lozim:

1. Tabiiy gеografik jarayonlar nima ekanligini bilish.

2. Endogеn va ekzogеn kuchlarni bilish.

3. Suniy omillar ta'sirida vujudga kеladigan jarayonlar: yеr yuzasini cho‘kishi, surilmalar, sho‘rlanish, suv eroziyasi, shamol eroziyasi, o‘pirilishlar haqida bilish.

4. Tabiiy omillar ta'sirida vujudga kеladigan jarayonlarni. aytib bеra olish.

5. Suniy va tabiiy omillar ta'sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar-nurash, eroziya, sеl, surilma, karst, vulqon, zilzilalar sodir bo‘lgan joylarni aytib bеra olish.

Nazariy savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni.




Baholash mezoni

baho

1.

Savollar mazmunan to‘la ochib berilib, tushuncha va atamalarga to‘liq va aniq javob bera olsa

5

2.

Javoblar asosan to‘g‘ri, lekin izchillik buzilgan, qonuniyatlar va nazariyalar tavsifida qisman noaniqliklarga yo‘l qo‘yilib aytilsa

4

3.

Javoblar qisman to‘g‘ri, tushunchalarni izohlashda bir

qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yilib aytilsa



3

4.

Javoblar to‘g‘ri xulosalanmagan, aytilgan fikrlarda chalkashlik va xatoliklar ko‘p bo‘lsa

2

5.

Tushunchalar noto‘g‘ri bayon etilib, javoblar aniq aytilmasa

1

6.

Berilgan savollarga hech qanday javob berilmasa

0


Amaliy topshiriq javoblarini baholash mezoni.




Baholash mezoni

baho

1.

Amaliy ish topshiriqlarini bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan, yechilish shartlari ko‘rsatilib aniq va to‘g‘ri bajarilib xulosalangan bo‘lsa

5

2.

Topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmagan ammo yechilish shartlarini ko‘rsatishda qisman xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo’lsa

4

3.

Topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga qisman yo‘l qo‘yilgan va yechilish shartlari ko‘rsatilmasdan javobi to‘g‘ridan – to‘g‘ri chiqarib berilsa

3

4.

Topshiriq javobi to‘g‘ridan – to‘g‘ri chiqarib berilsa

2

5.

Topshiriqlarni bajarishga uringan ammo amaliy ish noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa

1

6.

Berilgan topshiriq umuman bajarilmagan bo‘lsa

0

Amaliy topshiriqlarini bajarish uchun zarur o‘quv jihozlari (Globus, Dunyo siyosiy va tabiiy xaritalari, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tabiiy xaritasi, 5-9 sinf o‘quv atlaslari va boshqa materiallar) o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladi.


1 – Bilet
1. O‘zbekistonda geografik - ekologik ekspertiza o‘tkazish. (Tuyamo‘yin, So‘x suv omborlari misolida ) bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapiring.

2.O‘rta Osiyoning tabiy geografik o‘lka sifatida ajratilishiga asos bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

3. Jadvalda berilgan daryolar qaysi materikka tegishli ekanligini aniqlang.




Daryo nomi

Qaysi materikka tegishli

1.

Nil





2.

Orinoko




3.

Reyin




4.

Rio- Grande




5.

Yukon




6.

Dnepr




7.

Tigr




8.

Nelson




9.

Darling




10.

Limpopo





2 –Bilet
1. Monitoring nima?

2.Jahon xo‘jaligi tarmoqlari. Yoqilg‘i – energetika sanoati. (gaz, neft, toshko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlarni ayting)

3. Chizmada O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan bog‘lovchi halqaro havo yo‘llarini tasvirlang.
3 – Bilet
1.Atmosfera va uning tuzilishi. (havo bosimi, normal bosim deb nimaga aytiladi?)

2. Yer kadstri nima?

3. 2008 yil O‘zbekiston aholisi taxminan 27 000 000 kishi bo‘lib, shundan

2,5 mln kishi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan. Umumiy aholi soniga nisbatan u necha foizni tashkil etadi?


4 -Bilet
1. Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi. (Nosir Hisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari). Buyuk allomalar (Muhammad al-Xorazimiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Fhmad al- Farg‘oniy) tomonidan qilingan ishlarni ayting.

2. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo‘ladi va uning oqibatida nimalar vujudga keladi?

3. Agar tog‘ etagida temperatura +20°C, tog‘ tepasidagi temperatura esa 8°C, bo‘lsa, bu tog‘ning balandligi qanchaga teng bo‘ladi?

5 –Bilet
1. Endogen, ekzogen jarayonlar deb nimaga aytiladi? Yer yuzida kuchli zilzilalar bolib o‘tgan joylarni ayting va xaritadan ko‘rsating.

2. Monitoring va uning turlarini ayting.

3. Toshkehtdan Madridgacha bo‘lgan 650 km li masofa birinchi xaritada 8,5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 3 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?
6 – Bilet
1.O‘rta Osiyoda qanday tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan? Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nomlarini ayting.

2. Amaliy geografiyaning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari ayting.

3. Yer sharining quruqlik va okeanlar maydonini foiz (%) larda hisoblab chiqib, diagrammada tasvirlang.

I. Quruqlik - 149 mln kv.km

II. Shimoliy muz okeani – 14.7 mln kv.km

III. Tinch okeani – 178.6 mln kv.km

IV. Hind okeani –76.17 mln kv.km

V. Atlantika okeani – 91.6 mln kv.km


7 –Bilet
1. Atrof – muhit monitoringi va turlarini ayting.

  1. Suniy omillar ta'sirida vujudga kеladigan jarayonlar

3. Yillik yog‘in miqdori 300 mm, bug‘lanish 1000 mm ga teng bo‘lsa, namlik koeffisentini aniqlang.

8-Bilet
1. Dunyo siyosiy xaritasi. Jahon mamlakatlari davlat tuzumi va boshqaruv shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

2. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha qanday chora tadbirlar belgilangan?

3.Quyidagi geografik atamalarga ta'rif bering:

Ixtisoslashuv ; aholi migratsiyasi; milliy iqtisodiyot;




9 -Bilet
1. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo‘ladi va uning oqibatida nimalar vujudga keladi?

2.Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimida geografiya fanining o‘rni haqida gapiring.

3. Agar 3000 km masofa globusda 3 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang

10 – Bilet
1. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlariga tavsif bering. (geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi haqida)

2.Geosiyosat haqida dunyo olimlari qanday fikrlar bildirganlar? Qanday omillar geosiyosiy omillar bo‘lib hisoblanadi?

3.Berilgan ma’lumotlar asosida havoning kunlik o‘rtacha haroratini aniqlang. 8˚С; -5˚С; 14˚С; 10˚С.
11 – Bilet
1. Cho‘llashish hodisasi nima? Uning rivojlangan hududlar df omillari to‘g‘risida so‘zlab bering.

2.Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanishida qaysi bosqich o‘ziga xos o‘rin egallaydi? Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi?

3 Masshtabi 1: 40 000 000 sm bo‘lgan xaritada Termiz va Toshent shaharlari orasidagi masofa 14 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlab yozing.
12 – Bilet
1. Jahon tabiiy resurslari. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga nimalar kiradi?

2. Hududiy ekologik muammolar va yechimi haqida gapiring.

3. Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 650 km li masofa birinchi xaritada 8,5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 3 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri mayda?
13 – Bilet
1. Tog‘ va tekisliklar qanday kuchlar ta’sida vujudga keladi? Yer yuzidagi eng baland tog‘ tizmalarini ayting va xaritadan ko‘rsating.


  1. Dunyo aholisi soni qancha? Qaysi davlatlarda tug‘ilishga qarshi demografik siyosat olib borilmoqda?

  2. “ Shimoliy Amerika foydali qazilmalari” jadvalini to‘ldiring.




Foydali qazilmalar

Qayerdan qazib olinadi

Oltin

Tabiiy gaz

Toshko‘mir

Fosforit


Polimetal rudalar

Mis rudalari



………., ……..,………………, ……….

………., …………., …………….,

………..,………….,………….,…………,

………,…………….,………….,…………..,

………………..,………………..,



14 – Bilet
1. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha qanday chora tadbirlar belgilangan?

2. Qashqadaryo iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari va transport tugunlari haqida)

3. Osiyo va Amerika qit’asida hayot darajasi juda yuqori va past bo‘lgan hududlarni xaritadan ko‘rsating.

15 –Bilet
1.Atrof –muhitda og‘ir metallar miqdorining ortib ketishi qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

2. Mintaqaviy ekologik muammolar nimalar oqibatida vujudga keladi? Orol dengizi muammosini yechish bo‘yicha o‘z fikringizni ayting.

3.Quyida qaysi orollarning geografik koordinatalari berilgan? Geografik atlas yordamida aniqlab bering.

a) 5° - 10° shimoliy kenglik va 80° - 83° sharqiy uzunlik

b) 40° - 44° janubiy kenglik va 145° - 149° sharqiy uzunlik
16 – Bilet
1. Landshaft dеb nimaga aytiladi? Tabiiy va antropogеn landshaft haqida gapiring

2. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalariga nimalar kiradi? O‘zbekistonda qaysi transport turlari yaxshi rivojlangan?

3. Berilgan ma’lumotlar asosida Termiz shahridagi yillik o‘rtacha havo harorati grafigini chizing. ( I-3oС, II-6oС, III-1oС, IV 5oС, V 13oС, VI 16oС, VII 24oС, VIII 15oС, IX 13oС, X 12oС, XI 5oС, XII +3oС )

17 –Bilet

1. Muhandislik geografiyasi nimani o‘rganadi?

2. Geosiyosiy omillarga nimalar kiradi?

3. 180°, 225°, 315° li azimutlar gorizontning qaysi tomonlariga to‘g‘ri keladi?


18 – Bilet
1. Gidrosfera nima? Gidrosferaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

2. Jahon qishloq xo‘jaligiga ta’rif bering. Intensiv, ekstensiv xo‘jalik deb nimaga aytiladi?

3. Yevrosiyo materigi jadvalini to‘ldiring.

T/r


Tog‘lari

Daryolari


Ko‘llari

1










2










3










4










5










6










7










8










9










10











19 – Bilet
1. O‘zbekistonning tabiiy geografik o‘rni, chegaralari, chekka nuqtalari, maydoni va tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

2. Asosiy iqtisodiy bloklar haqida gapiring.

3. Farg‘ona iqtisodiy rayonidagi 3 ta viloyatdan qaysi biri yuqori urbanizatsiya darajasiga ega? Berilgan ma’lumotlar asosida hisoblang.

a) Farg‘onada aholi soni 2 mln 976 ming, shahar aholisi 805 ming kishi

b) Andijonda aholi soni 2 mln 558 ming kish, shahar aholisi 910 ming kishi

c) Namanganda aholi soni 2 mln 200 ming, shahar aholisi 797 ming kishi.


20 – Bilet

1. Tuproq bonitirofkasi nima?

2. O‘zbekistonning metallurgiya sanoatiga tavsif bering.

3. Quyidagi davlatlarning poytaxtini ayting.




T.r

Davlat nomi

Poytaxti

1.

Germaniya




2.

Partugaliya




3.

Mavrikiy




4.

Yangi- Zelandiya




5.

Jazoir




6.

Janubiy Koreya




7.

Mavritaniya




8.

Pikiston




9.

Turkmaniston




10

Chili





21-Bilet
1. Geografik- ekologik ekspertiza nima?

2.Yevropadagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatga ta’rif bering.

3. Baltika dengizi suvi harorati 10oC, chuqurligi 3 km bo‘lsa, dengiz tubidagi

suv harorati qanchaga teng bo‘ladi?


22-Bilet
1. Quruqlikdagi suvlarning asosiy qismi qayerlarda to‘plangan? Dunyoda suvning aylanma harakatini chizmada ta’svirlab bering.

2. Surilma va sel hodisalari qayerlarda keng tarqalgan? “Asr surilmasi” deb qaysi surilma nom olgan? U haqda gapirib bering.

3. Agar oromgoh cho‘milish havzasidan janubiy – g‘arbda joylashgan bo‘lsa, bolalar oromgohga qaysi yo‘nalishda qaytib keladilar?
23-Bilet
1. Yer yuzining geografik mintaqalari va tabiat zonalari haqida gapiring.

2. O‘zbekistonda tabiiy komplekslar murakkablik darajasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

3. Jahonda yuk va yengil avtomobillar eng ko‘p eksport qiladigan 10 davlatni ayting

24-Bilet


  1. Okean va dengizlar suvining sho‘rligi nimalarga bog‘liq bo‘lishini ayting. Ulardagi to‘lqinlarning vujudga kelishida nimalar sabab bo‘ladi?

2. Geografik kenglik va uzunlik deb nimaga aytiladi? Quyosh turish kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

3. Mashinasozlik sanoati va uni joylashtirish omillarini chizmada tasvirlang.



25- Bilet
1. Gidrosfera nima? Dunyo okeani. Okean suvining xususiyatlarini ayting.

2.Yevropa mamlakatlari sanoatining asosiy tarmoqlari qaysilar? javobingizni “Klaster” tarzida ifodalang.

3.Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang.

А) 1 sm da 150 km. b) 1 sm da 400 km.

c) 1 sm da 200 km. d) 1 sm da 650 km.
26-Bilet
1.Yevrosiyo materigida nechta tabiiy- geografik o‘lka ajratiladi? Materikning birorta tabiiy geografik o‘lkasiga tavsif bering.

2. Jahon xo‘jaligi qanday tarmoqlardan tashkil topgan? Xalqaro iqtisodiy integratsiya haqida gapiring.

3. Jahonda neft zahiralariga boy bo‘lgan asosiy 10 ta davlatni ayting.
27- Billet


  1. Daryo deb nimaga aytiladi? Daryo havzasi, suvayirg`ich, daryo manbai deb nimaga aytiladi?

2. Yevrosiyo materigining yirik daryolaridan 2 tasiga reja asosida tavsif bering.

a) daryo nomi; b) uzunligi;

c) qayerdan boshlanadi; d) qaysi havsaga quyiladi?

e) irmoqlari; f) to‘yinish tipi.

3. Yerning aylana uzunligi 40 000 km ga teng bo‘lsa, 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofani aniqlang.

28-Bilet
1. Hozirgi zamonning geosiyosiy muammolari haqida gapiring.

2. Geografik bashorat nima? Bashorat usullari. Sayyoraviy, mintaqaviy, mahalliy bashoratlar haqida nimalarni bilasiz?

3. Tepalikning balandligi 28 m. uning g‘arbiy qismi tik, sharqiy qismi esa qiya. Tepalikni gorizontallarda aks ettiring. Izoh: Gorizontallarni har 3 m. dan o‘tkazing.
29- Bilet
1. O‘rta Osiyoda qanday tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan? Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nomini yozing.

2.Geografik bashorat nima? Bashorat usullari. Sayyoraviy, mintaqaviy, mahalliy bashoratlar haqida nimalarni bilasiz?.

3. Baltika dengizi suvi harorati 12oC, chuqurligi 5 km bo‘lsa, dengiz tubidagi

suv harorati qanchaga teng bo‘ladi?



30-Bilet

1. Sanoat korxonalarini joylashtirishda qanday tabiiy va ekologik omillar hisobga olinadi?



2. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki haqida gapiring.

3. 9-sinf o‘quv atlasi yordamida Meksika, Kanberra, Rabot, Samarqand, Parij shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlang.
Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin