O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 273 Kb.
səhifə2/2
tarix01.12.2023
ölçüsü273 Kb.
#136821
1   2
Noallel genlarning polimer ta’siri

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.


    1. Salomlashish.

    2. Sinf davomadini aniqlash.

  2. O‘tgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini aniqlash va baholash uchun topshiriqlar.

1-topshiriq. Biologiyadan mustaqil o‘quv-ish daftariga quyidagi test topshiriqlariga javob yozing.

  1. Bir genning unga noallel ikkinchi gendan ustun kelishi nima deb ataladi?

    1. Epistaz

    2. Komplementarlik

    3. Polimeriya

    4. Kodominantlik

  2. O‘ziga allel bo‘lmagan bironta genning ta’sirini to‘sib, o‘zini belgisini chiqaruvchi gen qanday gen deyiladi?

    1. Gipostatik

    2. Epistatik

    3. Polimeriya

    4. Komplementarlik

  3. O‘ziga allel bo‘lmagan bironta belgisini yuzaga chiqara olmaydigan gen qanday gen deyiladi?

    1. Gipostatik

    2. Epistatik

    3. Polimeriya

    4. Komplementarlik

  4. Epistaz ta’sirning qanday xillari bor?

    1. O‘ta dominant

    2. Retsessiv

    3. Ko‘p allel

    4. Dominant yoki retsessiv

  5. Tovuqlarda pat rangining irsiylanishi epistaz genlar asosida irsiylanadi. Oq tovuqlarning genotipi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

    1. IICC

    2. IiCc

    3. IICc

    4. Barcha javoblar to‘g‘ri

  6. G‘ozada chigitning tukli yoki tuksiz bo‘lishi qaysi qonun asosida irsiylanadi?

    1. Epistaz

    2. Komplementarlik

    3. Polimeriya

    4. Kodominantlik

  7. Cho‘chqalarda junning rangi epistaz ta’sir natijasida paydo bo‘ladi. F2 ajralish nisbati qanday?

A. 12:3:1
B. 13:3
C. 7:6:4
D. 1:1:1:1

  1. Odamlarda uchraydigan retsessiv epistaz qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

    1. Gemofiliya

    2. Daltonizm

    3. Bo‘yning uzunligi

    4. Bombey fenomeni Yuqoridagi test javoblari:




1

2

3

4

5

6

7

8

A

B

A

D

D

A

A

D

2-topshiriq. Biologiyadan mustaqil o‘quv-ish daftariga quyidagi masalaning javobini yozing.
Masala sharti. Qora AAbb va kulrang aaBB donli suli o‘simliklari chatishtirilib, birinchi avlodda qora donli o‘simliklar olingan. Birinchi va ikkinchi avlod o‘simliklarining genotipi va fenotipini hamda F2 da epistazga xos ajralish nisbatini aniqlang.
Yechilishi. 1. P: AAbb x aaBB Gametalar: Ab aB
F1: AaBb

Fenotip: qora donli Genotip: digeterozigotali


2. P: AaBb x AaBb



Ota
Ona

AB

Ab

aB

ab

AB

AABB

AABb

AaBB

AaBb

Ab

AABb

AAbb

AaBb

AAbb

aB

AaBB

AaBb

aaBB

aaBb

ab

AaBb

Aabb

aaBb

aabb

Duragaylarning ikkinchi avlodi F2 da epistaz uchun xos bo‘lgan belgilarning ajralish nisbati vujudga keladi:
F2 : 12/16 o‘simliklar qora donli; 3/16 o‘simliklar kulrang donli; 1/16 o‘simliklar oq donli bo‘ladi.

  1. Yangi mavzuni o‘rganish. Yangi mavzuni o‘qituvchi monitor orqali slaydlar yordamida o‘quvchilarga tushuntirib beradi.

Reja:


    1. Polimer genlar. Poligen.
    2. Poligenlar ishtirokida rivojlanuvchi belgilar.


    3. Polimeriyaga doir masalalar yechish.
































O‘simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori








Polimeriya orqali irsiylanishning qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiyati


O‘zbekiston Milliy Universitetida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Genetika instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ko‘p yillik ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Mendel va uning izdoshlari kashf etgan allel va allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirida organizm belgilarining irsiylanish qonunlari g‘o‘za genetikasi sohasida ham o‘z tasdig‘ini topdi. G‘ozaning xo‘jalik uchun o‘ta muhim belgisi bo‘lmish tola chiqimi (hosildorligi)ning irsiylanishi va rivojlanishi
genlarning yanada murakkab, yuqorida bayon etilgan genlarning o‘zaro ta’siri xillarining jamlangan ta’siri natijasida namoyon bo‘lishi isbotlandi.
Bu tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning qator morfologik, biologik, xo‘jalikda ahamiyatli belgilarining genotiplari aniqlandi, ularning gomozigotali izogen, mutant liniyalari genetik kolleksiyasi yaratildi.
1-masala. Odam bo‘yi uzunligi bir nechta juft allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi, bu genlar polimeriya tipida o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Agar uch juft polimer genlarning hammasi retsessiv holatda genotipda uchrasa, bo‘y uzunligi 150 sm, hamma genlar dominant holatda bo‘lsa, 180 sm atrofida bo‘ladi. Uchala juft genlar bo‘yicha geterozigotali bo‘lgan odam bo‘yining uzunligini aniqlang.
Yechilishi. Odam bo‘yining uzunligi A₁A₁A₂A₂A₃A₃=180 sm a₁a₁a₂a₂a₃a₃=150 sm
P A₁A₁A₂A₂A₃A₃ x a₁a₁a₂a₂a₃a₃ F₁ A₁a₁A₂a₂A₃a₃ 180/6=30 150/6=25
A₁a₁A₂a₂A₃a₃=? 30+25+30+25+30+25=165
Javob: 165 sm ga teng.



  1. O‘qituvchi o‘quvchilar yordamida yangi mavzudagi o‘quv materiallarini qayta ishlab chiqadi. Darsda faol ishtirok etgan ishtirokchilar qayd etilib, rag‘batlantiriladi.

  2. Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari quyidagi topshiriqlar yordamida aniqlanadi:

  1. topshiriq. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas dominant genlar tomonidan belgilanadi. Dominant genlar genotipda qancha ko‘p uchrasa teri rangi

shuncha qora bo‘ladi. Negrlarda genotip A₁A₁A₂A₂A₃A₃, oq tanlilarda esa a₁a₁a₂a₂a₃a₃ bo‘ladi. Negr va oq tanlilar avlodi mulatlar deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli bola tug‘ilgan bo‘lsa, hamma oila a’zolarining genotipini aniqlang.

  1. topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing.




    1. Polimeriya nima?

    2. Polimer genlar deb qanday genlarga aytiladi?

    3. Organizmlardagi qanday belgilar polimer genlar yordamida irsiylanadi?

    4. Polimeriyani ahamiyati nimadan iborat?

  1. Uyga vazifa berish. Mavzuni o‘qing va quyidagi masalalarning yechimi toping.

1-masala. Jag‘-jag‘ o‘simlioklarining mevasi uchburchakli va oval shaklida bo‘ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo‘lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o‘simlikni o‘zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo‘lib, ularning 15 qismi uchburchak va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo‘ladi. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aaniqlang.

  1. masala. Mo‘ynachilik xo‘jaligida ko‘paytiriladigan norka mo‘ynalarning rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo‘ynaning qo‘ng‘ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo‘ynaning kumush rangda bo‘lishini belgilaydi.

  1. Ikki juft genlar bo‘yicha geterozigotali norkalarni o‘zaro chatishtirishi natijasida qanday avlod hosil bo‘lishini aniqlang.

  2. Ota-onalar genotipi qanday bo‘lganda faqat qo‘ng‘ir mo‘ynali duragaylar hosil bo‘ladi?

  1. masala. Makkajo‘xorining so‘tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo‘lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘taning 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarda so‘taning uzunligi

qancha bo‘ladi? Ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi? F₂ dagi 960 ta o‘simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo‘ladi?
Yüklə 273 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin