O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O‘quv rejaga tushuntirish xati



Yüklə 370 Kb.
səhifə2/6
tarix22.10.2017
ölçüsü370 Kb.
#11232
1   2   3   4   5   6

O‘quv rejaga tushuntirish xati

Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi »Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o`tishni ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 473-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 321-sonli qarorlari hamda Sog`liqni saqlash vazirligining ko`rsatmalari asosida tasdiqlangan XTVning 2008- yil 24-maydagi “Umumta’lim maktablari uchun 2008-2009-oq‘uv yiliga mo`ljallangan oq‘uv rejani tasdiqlash to`g`risida»gi 154 -sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan.

O`quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir.

Umumta`lim maktablarida“Georgafiya” fani 5-10-sinflarda o`qitilib, 5-sinfga ajratilgan haftalik 1 soatdan “Tabiiy georgafiya boshlang`ich kursi” 34 soat, 6-sinfda 68 soat davomida «Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi», 7-sinfda “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi” 1-yarim yillikda 34 soat va 2-yarim yillikda “O`zbekiston tabiiy geografiyasi” (34 soat), 8-sinfda O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (68 soat), 9-sinfda “Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi” (68 soat) o`quv dasturi asosida o`qitiladi.

Geografiya fani nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llay olishlikni o‘rgatish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ko‘paytirildi.

Ixtisoslashgan maktablar va geografiya fani chuqur o`qitiladigan sinflar uchun mazkur o‘quv rejada davlat va maktab ixtiyoridagi soatlardan:



  • 5-sinflar uchun ona tili fanidan 0.5 soat, matematikadan- 0.5 soat olinib, «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» faniga;

  • 6-sinflar uchun ona tili fanidan 0.5 soat, maktab ixtiyoridan- 0.5 soat olinib, «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» faniga ;

  • 7-sinflar uchun ona tili fanidan 0.5 soat, maktab ixtiyoridan 0,5 soat olinib,

«O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» faniga;

  • 8-sinflar uchun maktab ixtiyoridan 1soat olinib, «O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi » faniga;

  • 9-sinflar uchun mehnat fanidan 0.5 soat, maktab ixtiyoridagi 0.5 soat olinib, «Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi » faniga qo`shib berildi.

8-9-sinflardagi “Mehnat” dars soatlari chuqur o`rganiladigan “Geografiya” fani amaliyotda qo`llanilishi va shu soha bo`yicha o`quvchilarni kasb ixtisosligiga yo`naltirish uchun berildi.

Maktab ixtiyoridagi soatlar ixtisoslashririlgan ta`limni tashkil qilish hamda mazkur tushuntirish xatida belgilangan mashg`ulotlarga ajratiladi:

Maktab ixtiyoridan 2.5 soat olinib, “Geografiya” fani chuqur o`qitiladigan sinflar uchun o`quvchilarning qiziqishlariga ko`ra ijodiy qobiliyatlarni o`stiruvchi guruh mashg`ulotlariga ixtisoslashtirilgan ta`limni tashkil qilishga qo`shib berildi.

Geografiya fani ixtisosligiga yo`naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o`qitishda o`quvchilar ikki guruhga ajratib o`qitiladi. Maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlardan ayrim fanlarni chuqurlashtirib o`qitish maqsadida berilganda sinflarni guruhlarga bolib otilishi mahalliy moliya organlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.

Ona tili, matematika va mehnat fanlaridan olingan dars soatlarini to`ldirish bo`yicha mavzuiy rejalashtirish va tushuntirish xati hamda geografiya fanining o‘quv dasturi Respublika ta`lim markazi tomonidan tasdiqlanadi.

Yozgi amaliy mehnat mashg‘ulotlari 4 soatdan 5-sinf uchun 6 kunlik, 6-sinf uchun 6 kunlik, 7- sinf 10- kunlik, 8- sinf 16- kunlik geografiya fanidan amaliyot mashg‘ulotlari va boshqa mavzular bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va zavodlarga o‘quv sayri o‘tkaziladi.



Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining Geografiya fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:
Oliy va o‘rta maxsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarining 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 134/62-sonli qo‘shma buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruhlari tuzildi va 24 ta umumta’lim fanlari o‘quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta'minlandi va optimallashtirildi.

Optimallashtirilgan o‘quv dasturlar Oliy va O‘rta maxsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari hamda Oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi (6/2-sonli) 4/1-sonli Qo‘shma Hay'at majlisi qaroriga asosan tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini optimallashtirish maqsadida Respublika ta’lim markazining 2010 yil 22 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘qitiladigan geografiya fanining o‘quv dasturlari optimallashtirilishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Oliy va O‘rta maxsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi 4/1-sonli Qo‘shma Hay'at majlisi qarori bilan tasdiqlangan umumta’lim maktablarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari va ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari orasidagi mavzular hamda dars soatlarining farqi qiyosiy tahlil qilindi.

Geografiya fani o‘quv dasturi, sinflar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichlari kesimida tahlil qilish natijasida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos kelmaydigan, fanlararo bog‘lanishni ta'minlamaydigan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida takrorlanadigan yoki avvalgi 10–sinfda o‘rganib kelingan mavzular 5–9-sinflar o‘quv dasturiga kiritilganligi ma'lum bo‘ldi. Masalan:

11 yillik ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’limning 9-sinfida o‘qitilgan “Odam” mavzusi hozirgi kunda 5-sinfda o‘qitilmoqda;

9-sinfda o‘qitilgan “Dunyo aholisi va siyosiy xaritasi” mavzulari hozirgi kunda 6-sinfda o‘qitilmoqda;

10-sinfda o‘qitilgan «Insoniyatning global muammolari» mavzulari

hozirgi kunda 9-sinfda o‘qitilmoqda.

Tahlil natijalari ishchi guruhlar, mualliflar va tegishli mutaxassislar tomonidan muhokama (konsilium) qilinib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlandi.

Mazkur kamchiliklar quyidagicha bartaraf etildi:

1. Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida 2 soatga ajratilgan «Odam» mavzusi va ko‘plab tushunchalar (aholining Yer yuzida joylashishi, aholining zichligi, xo‘jalik faoliyati va turmushi, tillar, dunyoning siyosiy xaritasi va boshqalar) 9-sinf o‘quv dasturida takrorlanganligi uchun 5-sinf dasturidan chiqarildi:



  • Aholining soni va Yer yuzida joylashgan irqlar.

  • Xalqlar va eng yirik davlatlar.

5-sinf o‘quv dasturidagi “Joy plani va geografik xaritalar”, «erning havo qobig‘i- Atmosfera» mavzulari yuzasidan o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quv atlaslari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar kiritildi.
2. Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfida 3 soatga ajratilgan «Dunyo aholisi va siyosiy xaritasi» mavzusi 9-sinfda takrorlanganligi uchun o‘quv dasturidan chiqarildi:

  • Dunyo aholisi, joylashish xususiyatlari, zichligi.

  • Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasi.

  • Tabiat va insonning o‘zaro ta'siri.

O‘quv dasturidagi «Geografik qobiq» mavzusida ayrim tushunchalar murakkabligi va «Afrika materigi», «Geografik qobiq», «Okeanlar tabiiy geografiyasi» mavzulari yuzasidan o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quv atlaslari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar kiritildi.

3. 9-sinfda Yevropa va Afrika mamlakatlari mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olinib, ular bilishi lozim bo‘lgan mavzu va tushunchalar kiritildi:



    • Germaniya Federativ Respublikasiga umumiy tavsif.

    • Germaniya Federativ Respublikasi xo‘jaligi.

    • Janubiy Afrika Respublikasi.

4. Quyidagi mavzular ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari yoshiga xos bo‘lmaganligi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida kengaytirilgan holda takroran o‘rganilayotganligi sababli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quv dasturidan chiqarildi:



  • Insoniyatning global (olamshumul) muammolari. Global va demografik muammolar

  • Energetika, xomashyo va oziq-ovqat muammolari.

  • Olamshumul ilmiy bashoratlar

Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9- sinflarida geografiya fanidan jami 12 soat hajmdagi 12 ta mavzu: 5-sinf Joy plani va geografik xaritalar mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulot (1 soat), Yer yuzining asosiy relef shakllari (1 soat); 6- sinf Geografik qobiq mavzusiga (1 soat), Geografik qobiq (1soat), Okeanlar tabiiy geografiyasi (1soat), Afrika (1soat), Shimoliy Amerika (1soat), Yevrosiyo materigi mavzulari yuzasidan amaliy mashg‘ulot (1soat) lar; 9-sinf Jahon xo‘jaligi mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulot (1 soat), Germaniya Federativ Respublikasi mavzusiga (2 soat), Janubiy Afrika Respublikasi (1 soat) mavzulari optimallashtirildi,

Shundan, 8 soatli 8 ta mavzu 5- sinf “Yer yuzidagi insoniyat” (2 soat), 6-sinf “Dunyo aholisi va siyosiy xaritasi” (6 soat), murakkab deb topilib, sinfdan-sinfga ko‘chirildi, 4 soatli 4 ta mavzu 9-sinf “Insoniyatning global muammolari” (4 soat) o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlariga mos emasligi bois, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturidan chiqarildi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.


Ishchi guruhi a’zolari:
A. Qayumov - O‘zMU g.f.d professor.

P.N. G‘ulomov - O‘zMU g.f.n dotsent.

M. Mirakmalov - OzMU «Tabiiy gеografiya va

gеografiya ta’lim mеtodikasi»

kafеdrasi mudiri.

E. Nazaraliyeva – RTM geografiya fani metodisti.

Z. Ismatullayeva – Jizzax viloyati Zomin tumani

34-umumta’lim maktabi geografiya

fani oqituvchisi.

O‘quv dasturiga uqtirish xati
Umumiy o‘rta ta`lim maktablarining ixtisoslashgan va geografiya fani chuqur o‘qitiladigan sinf o‘quvchilari geografiya bilan o‘quv fani sifatida 5-sinfda tanishadilar. Ungacha boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik darslarida bolalar muayyan hajmda geografik bilimlar oladilar. Chunonchi tabiat, Quyosh, sayyora, yulduzlar, jonli va jonsiz tabiat, ob-havo, Yer yuzining ayrim shakllari , issiqlik mintaqalari hamda o‘lkamiz tabiati haqida dastlabki ma`lumotlarni egallagan bo‘ladilar.Boshlang‘ich tabiiy geografiya kursi ana shu geografik bilimlarga asoslanadi.

5-sinf tabiiy geografiya kursining mavzusini o‘rganish davomida bolalar umuman geografiya fani, uning tarmoqlari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari bilan tanishadilar, geografik kashfiyotlar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu bo‘limda o‘quvchilar e`tiborini geografiyani rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik olimlarga, xususan Muhammad al-Horazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nosir Xusrovlarning ishlariga qaratish lozim. Shu bilan birga geografiyaning, geografik bilimlarning xalq xo‘jaligini yuritishda, ekologik sharoitni yaxshilashdagi, tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyatini o‘quvchilar tushunib olishlari lozim. O‘quvchilar geografik bilimlar qanday to‘planishi to‘g‘risida, hozirgi zamondagi tadqiqotlar to‘g‘risidagi tasavvurga kengroq ega bo‘lishlari kerak.


6-sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi o‘rganiladi. Bunda o‘quvchilar Dunyo tabiati, iqlimi, yer yuzasining shakllanish tarixi, geografik qobiqning gorizontal hamda vertikal tuzilishi, materiklar va dunyo okeanlari, ularning chegaralari, relyefi, tekshirilish tarixi, geologik tuzilishi, iqlimi, tabiatining o‘ziga xos jihatlari, tabiiy geografik o‘lkalari, tabiatini muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

7-sinfda “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” kurslari kengroq o‘rganiladi. O‘quv yilining birinchi yarim yilligida O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, ikkinchi yarim yilligida esa O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kurslari izchillik bilan o‘rganilib, har bir yirik mavzulardan so‘ng amaliy mashg‘lotlar o‘tkaziladi.

8-sinfda “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”kursini o‘rganish asosida iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga oid bilimlar keng qamrovda beriladi. Bu kursning o‘rganilishi davomida hududning iqtisodiy geografik o‘rniga baho berish, aholi geografiyasi, xalq xo‘jaligi, uning tarmoqlari geografiyasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, kooperativlashuvi, markazlashuvi, sanoat va qishloq xo‘jaligining intensiv va ekstensiv rivojlanishi, aholiga xizmat ko‘rsatish va transport geografiyasi, xalqaro iqtisodiy aloqalar, hududiy ishlab chiqarish majmualari, iqtisodiy geografik rayonlashtirish kabilar haqida bilim, ko‘nikma va malakalar beriladi.

9-sinfda “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi chuqur va izchil o‘rganiladi. Bu kursni o‘rganish davomida siyosiy xarita tushunchasi, mamlakatlarning guruhlari va turlari, davlatlarni boshqarish shakllari, Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar, jahon tabiiy resurslari, jahon aholisi, ilmiy texnika inqilobi va jahon xo‘jaligi, jahon xo‘jaligi tarmoqlari geografiyasi, jahonning regional tavsifi, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya davlatlari, ularning o‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy geografik jihatlari, insoniyatning global muammolari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar chuqur beriladi.



5-sinf “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”

O`QUV DASTUR


Yüklə 370 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin