2. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI
EKOLOGIK
TARBIYALASHDA
XALQ
PEDAGOGIKASI MUHIM OMIL SIFATIDA
2.1. Xalq pedagogikasi tarbiya vositasi sifatida
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalashda xalq
pedagogikasidan foydalanish
2.3. Tayyorlov guruhida mashg`ulotlar orqali ekologik tarbiya
bеrish shakllari.
2.4. Tajriba –sinov ishlari tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
2
KIRISH
Tabiat — bitmas tuganmas xazinadir. O'simliklar dunyosi, hayvonot olami
yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida, tabiatda bo'ladigan voqea hodisalarning
sir-asrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat qiladi.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz
tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa
o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga
sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va
ko'payadilar. Jonli tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa
bo'lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudonlardan eng qudratlisi insondir. Inson
fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy
boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'lim-
tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga
oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa,
o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z
navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi
mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat
yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida
tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib
bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko
’
rsatuvlarida
hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib
borilayotgan sa'yi-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi.
3
Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'Iib, «eko» — uy, makon va «logos»
— fan degan ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o'rganish deganda, albatta, undagi
barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni
hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani
ham biologiya, gcografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi. (u tirik
organizmlaming yashash sharoiti va ularni o'zi yashab turgan muhit bilan o'zaro
murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni
o'rganadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo'Iib 1866yilda nemis biologi
E.Gekkel tomonidan kiritilgan.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfcra kabi
tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy
ekologiya to'rt bo'limga bo'Iib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi,
sinekologiya va biosfcra.
1. Autekologiya («autos» — yunoncha so'z bo'Iib, «o'zi» degan ma'noni
bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini,
ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi («papulyason» — fransuzcha so'z bo'Iib,
«aholi» degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini,
ma'lum sharoitda turli organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi)
sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya («sin» — yunoncha so'z bo'Iib, uning ma'nosi «birlikda»
demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon
turlarini o'zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi.
4.
Ekotizmlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi
ta'limotni vujudga keltiradi.
4
Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlar tizimidan chiqib,
atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta'siri natijasida o'ta
kengayib ketdi. Fanga «inson ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan
farq qiladi. 1921 yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan «Inson
ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi.
Dastlab, inson ekologiyasiga tabiiy soha bo'limi sifatida qaralib, keyinchalik
lining ijtimoiy, texnik, me'moriy-iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o'rganildi.
Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga
ta'sirini o'rganadi. Inson ekologiyasini o'rganish natijasida ijtimoiy ekologiya
vujudga kcladi. Unga birinchi bo'lib Raderik Mak Kenzil ta'rif bergan.
Bashariyat orzusi bo`lmish barkamol avlodni tarbiyalash koinot atalmish
ulkan ekologik tizimning xatosiz ishlashiga ma'lum bir ma'noda bog`liqdir.
Prеzidеnt I.A.Karimov ekologiya masalasiga alohida to`xtalib, «Ekologiya har bir
fuqaroning va oilaning maxsus e'tibor zonasiga aylanishi zarur», dеb ta'kidlashi
ham bеjiz emas.
Xalqimizning «Sog` tanda –sog`lom aql», dеgan naqli asrlar davomida
avloddan –avlodga o`tib kеlmoqda, chunki atrof –muhit tozaligi, tabiat sofligi,
go`zalligi, boyligi insonnning go’dakligidanoq sog’lom, jismonan baquvvat, aqlan
yеtuk bo’lib o’sishida muhim ahamiyatga ega.
Tabiatning rang-barangligi foydaligi va zararli tomonlarini tanishtirib borish
bilan birga uni asrab avaylash,rivojlantirish boyitish lozimligini , buning uchun har
birimiz mas'ul ekanligimizni va mеhnat qilishimiz lozimligini ta'kidlaymiz.
Ekologik tarbiya asosan tabiat haqidagi tasavvurni shakllantirsh orqali tabiat
bilan tanishtirish mеxnat mashgulotlarida bеrib boriladi. «Uchinchi ming
yillikning bolasi»dasturida bеrilgan mavzularga qo’shimcha qilib, o’lkamizga xos
jonli va jonsiz tabiat,o’simliklar va xayvonot dunyosi xaqida tasavvurlar
5
shakllantirib boriladi. Bogchalarda ekologik ta'lim bo’yicha olib borilayotgan
ishlar birinchi kichik guruhdan boshlanadi.Bu bosqichda bolalarni tabiat bilan
tanishtirish jonli mavjudodlarga qiziqtirish hamda ularga nisbatan extiyotkorona
munosabatni,ularni parvarish qilishda kattalarga yordam bеrishni o’rgatishdan
iborat.Bolalarni o’simlik va xayvonot dunyosidagi ayrim xodisalar bilan
tanishtiriladi.Bolalar bog’chasi uchastkasida bolalarda tabiat xodisalarini(yomgir
yoki qor yogayotgani, quyosh nur sochayotgani, shamol esayotgani) ko’katlar,
daraxtlar va ularning farklovchi bеlgilarini(ko’kat-past, ko’k daraxt-baland, uning
barglari ko’p)ko’rish va aytishni o’rgatamiz.
Maydonchaga uchib kеluvchi qushlar bilan, ularni xatti xarakatlarining
ayrim xususiyatlari bilan(uchadi,daraxtga ko’nadi, cho’qiydi, tovush chiqaradi)
tanishtiramiz.
Tabiat burchagida bolalarga xona usimliklari, kafasdagi kushchalarni
kursatib, ularning nomini aytishni, usimliklarga suv kuyish, kushchalarga ozuka va
suv bеrish ularni parvarish kilishni uktiramiz.
Tadqiqot ishimizning mavzusini «Tayyorlov guruxi bolalariga ekologik
tarbiya bеrish yullari» dеb nomladik.
Dostları ilə paylaş: |