O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Xorazmda arxeologik tadqiqotlarning boshlanishi va bosqichlari



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə3/11
tarix24.05.2022
ölçüsü116,5 Kb.
#116172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati

1. Xorazmda arxeologik tadqiqotlarning boshlanishi va bosqichlari.
Sobiq Sovet davrida Xorazm vohasidagi tarixiy obidalarning arxeologik jihatidan o’rganilish darajasi, ular to’g’ristda umumiy malumotlarni taxlil qilishdan iborat.
Xorazm vohasi va nga ulanib ketgan sariqamishbo’yi havzasida antik davri shaharlarida arxeologik tadqiqotlar.
Sobiq Sovet tuzumi davrida Xorazm ekspeditsiyasi va Qaraqalpog’iston Respublikasi olimlari tomonidan Amudaryo quyi havzasi va unga ulangan Sariqamish havzasidagi tarixiy obidalarda keng miqyosida arxeologik tadqiqotlarni olb bordrlar va arxeologik jihatdan o’rganilish tarixini uch tarixiy davrga ajratishni taklif qilgan edi 1 -davr 1936-1941, 2-davr 1945-1947, 3-davr 1950 yildan hozirgacha bo’lgan davr.
Bizning fikrimizcha, Xorazm vohasi hududida qadimgi qal’alarida ilmiy tadqiqotlarning keng miqyosda olib borilishi natijasida to’plangan ashyolarning sifat jihatidan ilmiy yo’nalishiga qarab, quyidagi tarixiy davrlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1-davr-Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asr qal’alari to’g’risidagi ilk ma’lumotlar (milodiy VIII asr - 1936 yil).
2. 1937-1941 yillar.
3. 1946-1966 yillar.
4. 1967-1991 yillar.
5. 1991 yildan - hozirgacha bo’lgan davr.
Birinchi davrda Xorazm vohasi hududida milodiy USH-XSH asrlardagi yozma manbalarda tarixiy obidalar to’g’risidagi ma’lumotlar diqqatga sazovor. CHunonchi, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Geodeziya" asarlarida Xorazmning qadimgi va ilk o’rta aslar qal’alari Gurganch, Xiva, Hazorasp, Vazir, Mizdahqan, Voyangan, Zmuxshir(Zamaxshariy), Katqal’alarning umumiy tuzilishi va murakkab mudofaa tizimi to’g’risida keng ma’lumotlarni bergan. "Geodeziya" asarida «Xorazmliklar daryoning ikki sohili bo’ylab 300 dan ziyod qishloq va shaharlar qurganlar. Ularning harobalari hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda»1, deb qayd etgan edi. SHu bilan birga, VIII-X asrlarda Xorazm vohasiga kelgan arab sayyohlari va geograflari at-Taboriy, al-Belozuriy, al-Istahriy, al-Muqaddasiy, Juvayniy, YOqut asarlarida Kat, Gurganch, Xiva, Hazorasp, Davkasgan, Zamaxshar, Voengan, Mizdahqan, Qardor shaharlarining umumiy tuzilishi ma’lumot beriladi.2
1863 yilda X. Vamberi Gaurqal’aning geografik o’rni, rejalashtirilishi, baland devor va burjlari to’g’risida keng ma’lumot beradi, lekin qal’aning vujudga kelishi va rivojlanish tarixini ilmiy asosda tahlil qilish e’tibordan qolib ketgan. Rossiya tomonidan Xiva xonligi bosib olingandan keyin rus tarixchilari, geograflari, to’proqshunoslari voha hududida tadqiqotlarni olib borish imkoniyatiga ega bo’lishi natijasida rus matbuotida nashr qilingan maqola va asarlarida Xorazm vohasidagi qal’alarning umumiy tuzilishi, rejalashtirilishi, hajmi, geografik o’rni, baland devor va burjlari to’g’risida batafsil tasvirlaydilar.
A.L.Kun Norinjonqal’a, Tuprokqal’a, Qizil qal’alarning joylashishi, saqlanib qolgan devor va burjlari to’g’risida ma’lumot bergan. A.V.Kaulbars o’z asarida Quyi Amudaryo hududini o’rganish jarayonida CHilpiq va Sulton Uvays Gaurqal’asi haqida yozib qoldirgan. M.N.Bagdanov Xorazm vohasining o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish jarayonida CHilpiqqal’asini qayd qilgan.
M.I.Ivanin Ayozqal’a, Dumanqal’a, Katta Guldursin harobalarining saqlanib qolgan qalin mudofaa devorlari xaqida batafsil yoritgan. Geolog N. Barbot de Marni Sulton Uvays tog’ini tekshirish jarayonida YAmpuqqal’a (Janpiqqal’a) devor va burjlari to’g’risida ma’lumot bergan.1 A.E.Rossikova Janpikqal’a, Sulton Uvays tog’idagi Gaurqal’a, CHilpiqning baland devorlari va uning burjlari to’g’risida keng ma’lumot bergan. A.I.Gerasimovskiy o’z asarida Katta Guldursun, Qizilqad’alarning baland devor va burjlarini qayd etgan.3 N.A.Dimo Amudaryo havzasining to’proq tuzilishini tekshirish jarayonida Eresqal’a, Ayozqal’a-1,2,3, Qizilqal’alar to’g’risida ma’lumot bergan.4 Ilk o’rta asrlarda Xorazmshohlar davlat poytaxtlari Ko’xna Urganch va Mizdahqanda arxeologik qazish ishlari olib borilishi natijada noyob ashyolar olindi.5 Lekin shaharlarning mudofaa tizimi tarixi maxsus ilmiy asosda tadqiqot qilingan emas. SHuni aytish joizki, ilk o’rta asrda Ko’xna Urganch, Mizdahqan murakkab mudofaa tizimiga ega bo’lgan. Xorazmning ilk o’rta asr jamiyati tarixiga oid arxeologik ashyolar, dastlab, Zamaxshar madaniy qatlamidan olingan.6 SHunday qilib, bu tarixiy bosqichda Xorazm vohasida ilk o’rta asr aksariyat yodgorliklari to’g’risida keng ma’lumotlar to’plangan. YUqorida qayd etilgan ilk o’rta asr qal’alarining pastki madaniy qatlami qadimgi davrga oid ekanligiga rus tarixchilari, geograflari, sayyohlari, harbiylar e’tibor bermaganlar. Afsuski, bu tarixiy bosqichda tarixiy obidalarda izchil, ilmiylikka asoslangan kompleks arxeologik tadqiqot ishlarini olib borishmagan. SHu jihatdan, Xorazmning qadimgi davr yodgorliklari mudofaa tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayoni tarixini yoritadigan yetarli manbalarga ega emasmiz. Tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib borgan arxeologik guruhlarning ilmiy yo’nalishida doimiy ravishda tadqiqot maqsad qilib olinmagan. Bu tarixiy davrda Xorazm vohasida faoliyat olib borgan arxeologik guruhlar fakat tarixiy obidalarni ro’yxatga olish va ularning X-XSH asrlarga mansub madaniy qatlamlar o’rganilgan, xolos. Hatto, ilk o’rta asrlar qishloq va shaharlarning mudofaa inshootlari tarixi maxsus o’rganilmagan.
S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlarining Xorazm vohasidagi tarixiy obidalarini har tomonlama chuqur ilmiy asosda o’rganish ishlari munosabati bilan faollashdi. Quyi Aqchadaryo havzasi hududidagi Norinjonbobo va Guldursin qal’alalarida arxeologik qazish ishlari olib borilib, o’rta asrga mansub ashyolar olingan. Geolog A.D.Arxangelskiy Xorazmning qadimgi sug’orilish dehqonchilik markazlarida joylashgan YOnboshqala, Angqaqal’a, Eresqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, To’proqqal’a, Qizilqal’a, Qavatqal’a, Bazarqal’a, Katta Guldursin qal’alari to’g’risida ma’lumot berib, ularni vohaning geografik haritasiga joylashtirgan, lekin arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormagan.1 A.I.Terenojkin Quyi Aqchadaryo havzasi hududida arxeologik qidiruv ishlarini olib borishi natijasida qadimgi va ilk o’rta asrlar davriga mansub bo’lgan Katqal’a, Ayozqal’a 1,2,3, Qumbosganqal’a, Burgutqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursin, Kichik Guldursin, Dumanqal’a, Teshikqal’alarni haritaga joylashtirdi va Burgutqal’a va Teshikqal’a yodgorliklarida qisman arxeologik qazish ishlarini olib borishi natijasida milodiy U-USH asrlarga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’lgan. Afsuski, bu qal’alar mudofaa inshootlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi maxsus o’rganilmagan.1
Janubiy Xorazm hududidagi Darg’on qal’asi rejasi ishlab chiqildi, uning yuqori qatlamidan olingan ashyolarga asoslanib 1X-XSH asrlar bilan belgilangan.2 Lekin, arxeologik tadqiqotlar yodgorlikning quyi qatlamigacha olib borilmaganligi sababli, qadimgi davrga mansubligi o’rganilmagan. Amudaryoning Aqchadaryo havzasi va unga qo’shni bo’lgan Sariqamish, Uzboy hududlaridagi Qo’yqirilganqal’a, Angqaqal’a, Odamliqal’a, YOnboshqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Bozorqal’a, Ayozqal’a, 1,2,3 Kichik va Katta Guldursin, Kichik va Katta Kirqqizqal’a, To’proqqal’a, Qizilqal’a kabi yodgorliklar Xorazm arxeologik haritaga qayd qilingan. SHu bilan birga, arxeologik qazish ishlari YOnboshqal’a, Ayozqal’a-3 yodgorliklarida olib borilib, ularning me’moriy-topogrofik tuzilishi va mudofaa inshootlari to’g’risida keng ma’lumot berildi. YOnboshqal’ada ikki qatorli yo’lakli devor va unda shaxmat uslubda joylashgan shinaklar, qal’aning kirish qismi murakkab mudofaa inshoot bilan mustahkamlaganligi tahlil qilinib, yodgorlik mil. avv. IV asrga oid ekanligi aniqlangan. Arxeologik tadqiqotlar Burgutqal’a . dehqonchilik vohasidagi IV-VIII asrlarga oid hajmi katta bo’lmagan 100 ga yaqin mukammal mudofaa tizimli "Ko’shklar" arxeologik haritaga qayd qilinib, ularda qisman qazish ishlari olib borilgan. YUqorida ko’rsatilgan yodgorliklarning rejalashtirilishi, umumiy hajmi, ichki tuzilishi, mudofaa devor va shinaklarning joylashishi haqida batafsil ma’lumot berilgan, lekin mudofaa tizimi tarixini o’rganish sifatida maxsus tadqiqot ishlari olib borilmagan.
Xorazm vohasining qadimgi va ilk o’rta asr tarixiga doir ashyolar To’proqqal’a, Anqaqal’a, Qavatqal’a, Qo’ykirilganqal’a, Eresqal’a, Dumanqal’a, Gaurqal’a, Qavatqal’a, Bo’ronqal’a-№1,2 Noibqal’a-1 yodgorliklaridan olingan.
Ikkinchi tarixiy davrda tarixiy yodgorliklarda arxeologik qazish ishlarini olib boradigan maxsus ilmiy tadqiqot yo’nalishiga ega bo’lgan ekspeditsiyaning tashkil etilishi tufayli Xorazm vohasi tarixiy obidalarning tuzilishi, mudofaa tizimi to’g’risida umumiy ma’lumotlar to’plash bilan birga, arxeologik tadqiqot ishlari ham olib borilishi natijasida, mudofaa tizimi tarixiga oid yangi ashyolar olingan. Bu davrda Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asrlar qishloq va shaharlarining mudofaa inshootlarini o’rganish uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. Uchinchi tarixiy bosqichda Xorazm vohasidagi qadimgi va ilk o’rta asr yodgorliklarining mudofaa inshootlarida arxeologik tadqiqotlar davom ettirildi. To’proqqal’a yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilishi natijasida shaharning mudofaa tizimiga oid yangi ashyolar olindi. SHu bilan birga, Xorazm viloyati hududida joylashgan Xiva, Xdzorasp, Voyangan, Qalajiq, Katqal’a, Olmaotishgan-1,2 yodgorliklarida qisman arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Voyangan yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borilib, uning rivojlanish tarixi ikki bosqichga, ya’ni kushon va ilk o’rta asrlar davrlariga mansubligi aniqlangan.1 Katta Oybug’irqal’aning me’moriy-topografik tuzilishi va mudofaa tizimi tarixiga doir ashyolarni tahlil qilib, yodgorlikni mil. avv. IV- milodiy I asrga oid ekanligini aniqladilar.1 Ilk o’rta asrga mansub SHemaxaqal’ada arxeologik qazish ishlari olib borildi natijada ilk o’rta asrga oid ashyolar topilgan.2 Lekin qal’aning mudofaa tizimi maxsus ilmiy asosda o’rganilmagan. Sulton Uvays tog’i tizimida joylashgan Gaurqal’ada arxeologik qazish ishlari olib borilishi natijasida, uning rejasi, mudofaa ^tizimi tarixiga doir ashyolar olindi va yodgorlik mil.avv. II asrga oid ekani aniqlangan.3 Tadqiqotchilar Sariqamish havzasidagi Qalaliqirda arxeologik qazish ishlarini olib bordi, natijada shahar mudofaa tizimining qurilishi uch tarixiy davrdan iborat ekanligi aniqlangan. SHaharning vujudga kelishi mil.avv. V asrda amalga oshirilgan bo’lib, unda madaniy hayotning inqirozini esa milodiy IV asrga mansubligi haqida xulosa kilingan.4 Ko’hna Urganch va SHohsanamda arxeologik qazish ishlari olib borgan, natijada 1X-XSH asrlarga oid ashyolar olingan.5 Afsuski, bu shaharlarning mudofaa tizimida arxeololgik tadqiqotlar olib borilmagan. Arxeologik qazish ishlari Igdiqal’ada olib borilishi natijasida uning rejalashtirilishi, mudofaa tizimi tarixiga oid ashyolar olindi va shaharning qurilishi miloddan avv.U-1U asrlar bilan belgilangan. Janubiy Xorazm hududidagi yodgorliklardan bo’lgan Hazorasp qal’asining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsddida arxeologik qazish ishlari olib borildi, natijada shaharning qurilishi mil. avv. [V asri bilan belgilangan. Afsuski, shaharning vujudga kelishi za mudofaa tizimini o’rganish ishlari yakunlanmay qolgan. SHunday bo’lsa ham, Hazorasp qal’asining rejalashtirilishi, mudofaa tizimi tarixiga doir yangi manbalar olingan. Amudaryoning Orolbo’yi hududidagi Mo’nchoqli, Bug’raxon (Mazminiya), Ketenler, To’praqqal’a (Qo’ng’irot), Puljay yodgorliklari arxeologik xaritaga qayd qilingan. Afsuski, bu yodgorliklar to’g’risida umumiy ma’lumotlar berilib, arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmagan.
S.P.Tolstovning yuqorida qayd qilingan asarlarida Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asrlar shaharlarining me’moriy-topografik tuzilishi va mudofaa tizimi to’g’risida umumiy ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularning mudofaa tizimi arxeologik jihatdan keng miqyosda o’rganilmagan. Ye.E.Nerazik o’z tadqiqotida Xorazm vohasi qadimgi davrning so’nggi tarixiy bosqichida Amudaryoning o’ng sohilidagi qishloq tipidagi manzillarning rejalashtirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish jarayoni arxeologik ashyolar asosida tahlil qilgan. Afsuski, milodiy 1-USH asrlar qishloq jamoalarining mudofaa tizimi tarixi maxsus arxeologik jixatdan o’rganilmagan. Tadqiqotchi N.N.Vakturskaya "Srednevekovme goroda Xorezma"(1963) risolasida Xorazmning ilk o’rta asr shaharlari SHexrlik, YArbekirqal’a to’g’risida ma’lumot berishga muvaffaq bo’lgan. Lekin bu qal’alarning mudofaa tizimi ilmiy asosda maxsus tadqiq qilinmagan.
Xorazm vohasi shaharlari mudofaa tizimi tarixini o’rganishning to’rtinchi davrida Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari Quyi Aqchadaryo hududida arxeologik tadqiqotlarini davom ettirdilar. SHu bilan birga, shu tarixiy davrdan boshlab, O’zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog’iston filiali xodimlari Amudaryoning o’ng va so’l sohilidagi yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini boshladilar. Tadqiqotchi YU.P.Manilov Katqal’a shahrida arxeologik qazish ishlarini davom ettirib, 1X-XSH asrlarga mansub bo’lgan mudofaa devor o’rgangan.1 SHuningdek, Ayozqal’a II yodgorligida arxeologik qazish ishlari olib borilib, natijada yodgorlikning rejasi tuzildi va mudofaa tizimi tarixiga doir muhim manbalarga ega bo’lingan. Qishloq shaklidagi Qurg’oshinqal’ada arxeologik qazish ishlari olib borib, asosiy e’tiborni shaharning mudofaa tizimini o’rganishga qaratgan, uni mil.avv. IV asrga oid ekanligini qayd etgan.2 Qo’yqirilganqal’adan olingan ashyolar Xorazm voxasi axolisi qadimgi davrdan boshlab, aniq fanlarni to’la o’zlashtirib olib, uning natijasi qishloq va shaharlarning me’moriy-topografik jixatidan ishlab chiqilishi va mudofaa tizimi bilimlarida o’z mazmunini namoyon qilgan. "Qo’yqirilganqal’a" asarida yodgorlikning tuzilishi, rejalashtirilishi, mudofaa tizimi arxeologik ashyolar asosida yoritilgan va qadimgi shaharlarning mudofaa tizimi tarixiga doir muhim ma’lumotlarni bergan. SHubhasiz, bu ma’lumotlar Xorazm vohasining qadimgi shaharlar tarixi, harbiy texnikasi, me’morchilik, rejalashtirish bilimlarining rivojlanish jarayonini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Ye.E.Nerazik To’proqqal’ada qazish ishlarini olib bordi, natijada uning tarixiga oid yangi ashyolar olishga muvaffaq bo’ldi.3 M.Mambetullaev Xiva tumanidagi To’proqqal’ada arxeologik qazish ishlari olib bordi, natijada yodgorlikning rejalashtirilishi, mudofaa tizimi o’rganildi.4 YOdgorlikning rejasi ikki qatorli mudofaa devor, to’rtburchakli burjlari
to’g’risida ma’lumot olinib, uning qurilishi mil.avv. IV-V asrlarga oid ekanligi belgilangan. Tuyamo’yin suv ombori qurilishi munosabati bilan, shu hududda joylashgan tarixiy obidalar bo’lgan Kaparas, Yelharas, Jig’arband, Sadvar qal’alarida qazish ishlari olib borildi, natijada qadimgi va ilk o’rta asr tarixiga doir noyob ashyolar olingan.1 Janubiy Xorazm hududida joylashgan Sadvar yodgorligida arxeologik qazish ishlari olib borildi, natijada shaharning qurilishi mil.av. IV asrda amalga oshirilganligi, madaniy hayot esa milodiy XIII asr boshlarigacha davom etganligi isbotlangan. SHu bilan birga, Kaparas yodgorligida arxeologik qazish ishlari olib borildi, tadqiqot natijalari mustahkamlangan qal’a mil. avv. IV asrda qurilgan bo’lib, milodiy VII asrigacha hayot davom etgan.3 Jigarband yodgorligida arxeologik tadqiqotlar olib borildi, me’moriy-topografik tuzilishi, devor va burjlari to’g’risida ma’lumot berib, o’rta asrga oid ekanligini aniqlangan. M.Mambetullaev M-SH.Kd1rniyazov rahbarligidagi arxeologik guruh Voyanganda qazish ishlarini olib bordilar, natijada yodgorlikning mudofaa tizimiga oid noyob ashyolar olinib, uning qurilishi mil.avv. IV asrga oid ekashshgi aniqlangan. Miloddan avvalgi P-SH asrlarida shaharning to’rt tomoni kvadrat g’ishtli devor bilan o’rab olingan.4 M.Mambetullaev SHumanay hududidagi Katta Oybug’irqal’ada arxeologik qazish ishlarini olib bordi, natijada uning rejalashtirilishi ishlab chiqildi, mudofaa tizimiga doir materiallar olindi. Yedgorlikning vujudga kelishi mil. avv. V yurga, uning yuqori madaniy qatlami milodiy X-XSH asrlarga oid ekanligi qayd qilingan.1 Tadqiqotchilar YU.A.Rapoport, A.N.Gertman To’proqqal’ada qazish ishlarini davom ettirib, natijada shaharning umumiy tuzilishi, mudofaa tizimiga, doir ashyolar olingan. Beshinchi tarixiy bosqich O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat bo’lib, jahon taraqqiyotida o’z o’rnini topishi bilan bog’liq. Bu davrda tarixiy obidalarni har tomonlama ilmiy asosda chuqur o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Xorazm viloyati hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o’rganishda Xiva shahri muhim o’rin egallaydi. Xiva shahrining vujudga kelishi rivojlanishi, uning mudofaa tizimini o’rganish maqsadida arxeologik qazish ishlari olib borildi, natijada yodgorlik mil.avv. V asrga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu satrlar muallifi rahbarligidagi arxeologik guruh Katqal’a, To’proqqal’a (SHovot), Olmaotishgan-II yodgorliklarining mudofaa tizimini o’rganish maqsadida
arxeologik tadqiqot ishlarini olib bordi, natijada mudofaa devor, aylana shakldagi burj o’rganildi. SHu bilan birga, Hazorasp qal’asining markazida tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida olingan ashyolar mil. avv. V asrga oidligi to’g’risida xulosaga kelingan. Xorazm viloyati hududidagi tarixiy yodgorliklarni ilmiy o’rganish sohasida keng ufqlar ochildi. Beruniy tumani hududidagi Qazaqlijatqan (Oqshaxon) yodgorligida qazish ishlari olib borildi, natijada mudofaa devor, to’rtburchakli burj o’rganilib, yodgorlik mil. avv. IV asr bilan belgilangan.1 Bu davrda Xorazmning qadimgi va ilk o’rta asr madaniyati tarixiga oid bir qator ilmiy tadqiqot ishlari keng jamoatchilikka takdim etildi. Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlarning janubiy Xorazm hududida olib borgan arxeologik qazish ishlari natijasida olingan ashyolar asosida yakunlangan tadqiqot ilmiy jamoatchilik e’tiboriga taqdim qilindi.2 "Drevnosti yujnogo Xorezma" (1991) Asarda janubiy Xorazm hududidagi qadimgi va ilk o’rta asrga doir yodgorliklar, ularning tuzilishi, mudofaa tizimi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. M.Mambetullaevning janubiy Xorazm hududidagi qishloq va shaharlarida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasiga bag’ishlangan tadqiqotida Xorazm vohasida urbanizatsiya jarayoni natijasida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy ' munosabatlar, shaharsozlik madaniyatining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, qadimgi shaharlar va ularning rejalashtirilishi, qisman mudofaa tizimi yoritilgan. SHu bilan birga, qadimgi shaharlarining klassifikatsiyasi ko’rsatib berilgan. Lekin, qadimgi shaharlarning mudofaa tizimi mahalliy manbaasi va uning rivojlanish tarixi, qo’shni hududdagi qabilalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari, qadimgi mudofaa tizimi tarixi va ilk o’rta asr shaharlari mudofaa tizimining vujudga keishshi jarayonidagi o’zaro ta’sir va aloqadorlik masalalari, Xorazm mudofaa tizimining jahon me’morchiligi bilimida tutgan o’rni va ahamiyati ilmiy asosda yoritilmagan. Ayrim tadqiqotchilarning Xorazmning qadimgi qishloq va shaharlarining geografik joylashishi, rejalashtirilishi qurilish texnikasi va mudofaa tizimi tarixiga bog’ishlangan tadqiqotni keng ilmiy jamoatchilik etiboriga taqdim qilgan. Bu ilmiy tadqiqotda ham qadimgi qishloq va shaharlar mudofaa tizimining mahalliy manbasi, me’morchilik bilimlari tarixi tahlil qilingan. Ammo qadimgi davr mudofaa bilimlarning ilk o’rta asr shaharlarining vujudga kelish jarayonida (ayniqsa, uning mudofaa tizimidagi taraqqiyoti) o’zaro aloqadorligi, o’ziga xos xususiyatlarining Xorazm mudofaa tizimi maktabida rivojlanish jarayoni ilmiy jihatdan tahlil qilingan emas.
qirg’og’idagi Xorazm viloyati hududida Olmaotishgan-2, Toshqal’a-2, yodgorliklarida qazish ishlari davom ettirildi, natijada qadimgi davr tarixiga doir yangi ashyolar topildi. Amudaryoning o’ng sohilidagi Aqshaxon qal’asida arxeologik qazish ishlari olib borildi, natijada mudofaa tizimi tarixiga oid yangi ashyolar olindi.1 SHu bilan birga, arxeologik tadqiqotlar Tuproqal’a(SHovot), Katqal’a(SHovot), Olmaotishgan-2 yodgorliklarining mudofaa tizimida qazish ishlari olib borildi. M.Mambetullaev, M.To’rabekovlar Kuyukqala, Mizdahqon yodgorliklarida arxeologik tadqiqot ishlarini olib bordilar, natijada qadimgi mudofaa tizimi tarixiga doir ashyolar olindi. Xorazm Ma’mun akademiyasi va YA.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining birlashgan ekspeditsiyasi Hazoraspning shimoli-g’arbiy burchagida qazish ishlarini olib borishi natijasida nayza o’qi uchli shinakli burjlarga ega bo’lgan dastlabki paxsa devor o’rganildi. SHu bilan birga, Hazoraspning g’arbiy qismidagi devorni kesish ishlari olib borildi, natijada temuriylari
davriga oid ma’lumotlar olingan.1 Katqal’a mudofaa devorida qazish ishlari olib borilib, qadimgi va ilk o’rta asrlarga oid ashyolar olingan.
Xorazm vohasining janubiy qismidagi To’proqqal’a massivida joylashgan Toshqal’a-2 yodgorligida arxeologik qazish ishlari olib borildi, yo’lakli mudofaa devor o’rganilib, u, o’z navbatida, yarim aylanali burjlar bilan kuchaytirilib, ular o’rtasida oraliq 5 m. devor va burjlar nayza o’qi uchli shinaklarga ega bo’lib, uning uzunligi 70sm, oraliq maydoni 1-1.20 sm, kengligi 18-20 sm. YOdgorlikda madaniy hayot miloddan avvalgi IV -milodiy III asrlarga oidligi aniqlandi.2
Qishloq va qalalar tarixiga oid noyob materiallarning to’planishi asnosida, ilmiy-nazariy jihatdan xulosalangan tadqiqotlar ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilindi. Xorazmning qadimgi qishloq va shaharlarining mudofaa tizimi tarixini ilmiy tahlil qilishda ko’proq Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi qal’alalaridan olingan materiallar asosiy manba bo’lganligi ko’zga tashlanib, so’l sohilining shimoli-g’arbiy hududidagi yodgorliklarida (Xorazm viloyati hududida) arxeologik qazish ishlari sust darajada olib borilgan.
Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qishloq va shaharlarda arxeologik tadqiqotlarning olib borilish darajasi jihatidan bir-biridan farq qiladigan ashyolar olindi. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari Amudaryoning o’ng soxilida joylashgan qishloq va shaharlarining me’moriy-topografik, tsevor va burjlarini rasmga olish bilan umumiy ma’lumotlarni berish bilan kifoyalangan. Bizning nazarimizda, birorta qishloq va shaharlar mudofaa devorining me’moriy tuzilishini o’rganish maqsadida maxsus arxeologik qazishma ishlari olib borilmagan.
2. Mudofaa inshootlari asosiy qismlarining tahlili.
1 Geografik o’rni-manzil va shaharlarning rejalashtirilishi jarayonida geografik o’rni katta ahamiyatga ega. Mil.av. VI-IV ming yillikda Xorazm vohasida qabiladarning joylashishi ko’l
buloq yaqinida, qum barxanlari oralig’ida bo’lgan.
Qadimgi manzilgohlarning shakllanishi quyidagi omillarga asoslanadi:
1) geografik o’rnining manzil joylashishi uchun qulayligi;
2) muxandischilik bilimi uchun qulayligi;
3)tabiiy muhitning mavjudligi;
4) daryo, ko’l, buloq, kanal, suv manbasining mavjudligi;
5) moddiy resurslarning mavjudligi;
6) savdo yo’liga yaqinligi; . . .
7) mehnat unumdorligi oshishiga bo’lgan imkoniyatliligi;
8) dehqonchilik madaniyati vujudga kelishiga mos kelishi;
9) rejalashtirish bilimida muhim o’rin egallashi;
10) harbiy-topografik bilimga mos kelishi; 7
11)jo’g’rofik tarixiy-madaniy markazlarning shakllanishidagi roli;
12) qabilalar xujumi yo’nalishiga zarba berish va mudofaa ishlariga qulayligi.
13) manzil, qishloq va shaharlar rejalashtirilishida salmoqli o’rin tutishi.
SHunday qilib, jo’g’rofik o’rin manzil, qishloq va shaharlarning topografik tuzilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xorazm vohasidagi qishloq va shaharlarning geografik o’rni joylashishiga qarab quyidagi tarixiy-mintaqaga ajratish . mumkin: shimoliy, markaziy, janubiy Xorazm.
Janubiy va markaziy Xorazm xududi asosan pastgekislikdan iborat bo’lsa, SHimoliy Xorazmda deyarli katta bo’lmagan Sulton Uvays, Qora va YUmurtog’ tog’lari mavjud.

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin