7 – sinf (68 soat)
Sinf ishi:
|
Uyga vazifa:
|
1. Turli hil materiallarni (shisha, metall va hakazo) matolar bilan natyurmort ishlash.
|
Maishiy buyumlardan lavhalar, qoralamalar.
|
2. Gipsdan yasalgan guldonni matolar bilan ishlash.
|
|
3. Toqi ravoq, ustun qalamtasviri.
|
2-3 xil buyumlardan natyurmort ishlash.
|
4. Yuz qismlari (burun, ko‘z, quloq, lab) qalamtasviri.
|
Odamdan turli hil qoralamalar, lavhalar ishlash.
|
5. Gipsdan ishlangan bosh. Ish jarayonida yuz qismini o‘rganish bo‘yicha qisqa muddatli qalamtasvirlar ishlanadi.
|
Lavhalar, bezatishlar (chizgilar).
|
6. Ko‘lamli shaklda mato burmalari (skladkalar)ni ishlash.
|
|
7.Odamlardan lavhalar ishlash (yil davomida)
|
|
8 – sinf (68 soat)
|
Sinf ishi:
|
Uyga vazifa:
|
1. Gipsdan ishlangan bosh (yuz qismlarini ishlash bilan birga bajariladi) qalamtasviri.
|
Mumtoz ustalarining gipsdan ishlangan inson boshi chizma tasvirlaridan nusxa ko‘chirish.
|
2. Gipsdan ishlangan inson boshi.
|
Naturadan rasmlar va qoralamalar.
|
3. Gipsdan ishlangan inson boshi.
|
|
4. Kalla suyagini uch tomondan va ekorshedan ishlash.
|
Qomatdan lavhalar, qoralamalar, insonni harakat holatida ishlash.
|
5. Inson boshi qalamtasviri.
|
|
6. Kalla suyagini yoddan ishlash.
|
|
7. Inson boshi qalamtasviri.
|
|
8. Qomatlar va portret lavhalar (yil davomida)
|
|
9 – sinf (68 soat)
|
Sinf ishi:
|
Uyga vazifa:
|
1. Bosh va kalla suyagining rang qalamtasviri
|
yelka qismi bilan portret ishlash.
|
2. Boshni yelka qismi bilan (gipsdan nus’ha) qalamtasviri.
|
|
3. Boshni libossiz yelka qismi bilan qalamtasviri.
|
|
4. Bosh qalamtasviri (sinov ishi).
|
yelka qism bilan avtoportret qalamtasviri.
|
5. Boshning turli xil holatda qalamtasvirini ishlash.
|
|
6. Inson boshini yoddan qalamtasvirini ishlash.
|
Insonning harakatdagi holatidan lavhalar va qoralamalar.
|
7. Inson qomati va boshini fazoviy kenglikda ishlash. Lavhalar yil davomida.
|
|
8. Sinov ishi. Inson boshi.
|
|
Izoh: O‘qituvchi o‘quvchilarning ishini yakunlaganliklariga qarab uy vazifani ixtiyiriy belgilaydi.
O‘qitish usullari
Og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali multimedia, kodaskop va boshqalar.
O‘qitish vositalari
1. Jihozlar. Inventarlar, dastgohlar.
2. Didaktik materiallar va texnik vositalar.
3. O‘quv ko‘rgazmali qurollar, o‘kuv dasturlari bo‘yicha plakatlar.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. A.Egamov, B.Boymetov, H.Aminov. “Qalamtasvir”, Sharq nashriyoti-2007y.
2. B.Boymetov. “Qalamtasvir”, Toshkent, Ilm Ziyo -2006y.
3. N. N. Rostovtsev. “Risovanie golovu cheloveka”.
Rangtasvir fanining maqsadi
Rangtasvir dasturi o‘quv jarayonining eng muhim shahobchalaridan biri hisoblanadi. Rangtasvirni o‘qitishdan bosh maqsad o‘quvchilarning kolorit bo‘yicha vazifalarni izma-iz ochib borishi, kenglikda shakli rang va nur munosabatlaridagi turli xillarda ko‘rish va tasvir ettish qobiliyatini o‘stirish hisoblanadi. O‘qitishning asosiy yo‘li dastgohli san’at uchun xarakterli bo‘lgan rang va shakl ustida ishlash jarayonining uzluksizligi hisoblanadi. Ish naturani uzoq o‘rganish asosida, qisqa vaqt ichida etyud ishlash va vazifani borgan sari murakkablashtirgan holda olib boriladi.
Amaliy ish bajarish nazariy bilimlarga, turli hil rangtasvir maktablari, materiallar texnologiyasi va texnikasini bilish va o‘rganishga asoslanishi kerak. Rang, tus, shaklning yagona uyg‘unlikda bo‘lishini his etib, qabul kilish tuyg‘usi muntazam rivojlantirilib boriladi. Ayrim hollarda yuqori sinf o‘quvchilarning ko‘rsatmasi bilan mumtoz (klassik) rangtasvir asarlari namunalaridan nus’ha ko‘chiradilar. Bunday asarlardan nus’ha ko‘chirish uchun tanlashda o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi va estetik didi hisobga olinadi.
O‘quv etyudi ustida ishlash oldindan qoralama qilib olish va bevosita etyud chizishdan iborat. Qoralamaning (eskizning) vazifasi tasvirlanayotgan predmetning asosiy kompozitsion-rangtasvir yechimini aniqlash, shuningdek, model proporsiyasi, mato yoki qog‘ozning hajmi va shaklini belgilash e'tiborga olinadi.
O‘quvchi etyud bajarishga kirishar ekan, avvalo qog‘oz varag‘iga qo‘yilmaning (postanovkaning) chizgisini bajaradi. O‘quvchi o‘qituvchi chizgini ma'qullaganidan so‘ng, ishni bo‘yoq bilan bajarishga kirishadi. Avvalo, umumiy munosabatlarni belgilaydi, keyin unsurlarni (detallarni) diqqat bilan o‘rgana turib, ish oxirida albatta umumlashtirishi lozim bo‘ladi. O‘quvchi shakl ustida ishlay turib, uning rang va yorug‘lik munosabatlarda rang-barangligini, naturaning aniq tasvirini berishga harakat qilmog‘i lozim. O‘quvchi portret va shaxs ustida ishlar ekan, tasvirlanayotgan modelga ruhlantiradigan darajada o‘xshashlikka erishishi zarur. O‘qituvchidan o‘quv qo‘yilmasi (postanovka) paytida quyidagilar talab qilinadi:
- naturani e'tiborga loyiq xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlash va qo‘yish;
- qo‘yilgan vazifaning rang-barangligi, yorug‘likka to‘g‘ri va yonlama yoki teskari holda joylashishi, ranglar ziddiyati, ranglar mutanosibligi, iliq va sovuq ranglar, kolorit va boshqalarga e'tibor qaratishi;
- ritmik aniqlik va aniq kolorit bo‘yicha vazifani mavjud bo‘lishi;
- qo‘yilma (postanovka) biror mavzuga bag‘ishlanib, ma'no va mazmunga ega bo‘lishi lozim.
Birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgacha ish materiali asosan akvarel hisoblanadi. Beshinchi sinfdan boshlab, moybo‘yokda ishlashga o‘tiladi. O‘qituvchilar barcha sinflarda qo‘shimcha materiallar sifatida suv bo‘yoq (akvarel), belila, guash, tempera va boshqalarni kiritishi va kompozitsiya qoralamalarini bajarishda katta ahamiyatga ega.
5 – sinf (68 soat)
5-sinfda asosiy vazifa akvarel texnikasi (alya prima) bilan o‘quvchilarni tanishtirish, rangtasvirning asosiy yo‘llarini o‘rganish (iliq va sovuq tuslar munosabati, dog‘lar va h.k.), tus va rang, yorug‘-soya, ko‘lamini berish, rangshunoslik asoslari bilan tanishtirish.
Sinf ishi
|
Uyga vazifa
|
1. 1. Akvarel texnikasi va an'anaviy maktablar haqida suhbat va akvarel ishlari reproduksiyalaridan foydalanish.
|
Mevalardan natyurmort (uzum, anor, olma va hakozo).
|
1. 2. Mevalardan natyurmort. Vazifa: akvarel bilan ishlash uslubiyati va usullari.
|
Natyurmort — stakan choy va limon.
|
3. 3. Kichik buyumlarni akvarelda ishlash (yaproq, meva, hasharot va h.k). Vazifa: akvarel ishida rang, shakl va chiziqlarni diqqat bilan o‘rganish.
|
Mato burmalari (skladka)ni akvarelda ishlash.
|
4. 4. Har hil oq predmetlarni har hil rangli fonlarda natyurmort. Vazifa: oq rangli predmetlarning turli hil ranglar qurshovida o‘zgarishini o‘rganish.
|
Oddiy predmetlardan natyurmort
|
5. 5. Rangli narsalarning har xil fonlar (oq va rangli)da natyurmorti. Vazifa: narsalarning ranglari atrof muhitga qarab o‘zgarishini o‘rganish.
|
Mevalardan natyurmort (olma, anor va hakozo).
|
6. 6. Oddiy narsalardan kolorit bo‘yicha natyurmort ishlash.
|
Oddiy narsalardan kolorit bo‘yicha natyurmort ishlash.
|
7. 7. Maishiy buyumlardan natyurmort ishlash. Vazifa: buyumning ko‘lami, materiali va fakturasini berish.
|
Bahor gullaridan natyurmort (siren, gulsafsar va hakozo).
|
8. 8. Shahar manzarasidan etyud ishlash (kuz, bahor). Vazifa; muhitning rang va havosini berish.
|
Bahor manzarasini ishlash.
|
9. 9. Sinov ishi (mustaqil) - fonda oddiy maishiy buyumlardan natyurmort ishlash.
|
|
O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur
- «Alya prima» akvarel ish texnikasini egallashlari;
- akvarelda ishlash, unsur (detal) va shaklni obdon ishlay olish, toza qog‘ozga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, haddan tashqari tuzatishlar qilmaslik;
- ishlarida akvarel bo‘yoqlarining shaffofligi va ohangdorligini saqlash;
- rangshunoslikdan asosiy bilim olish, asosiy qo‘shimcha, zid ranglar nazariyasini, rangni kenglikda muhitga qarab o‘zgarishini bilish;
- tus va rang orqali kenglik va ko‘lamni bera olish;
- kolorit bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish.
6 – sinf (68 soat)
6-sinfda akvarel texnikasi bo‘yicha mahoratni egallash davom ettiriladi, buyumlarning ko‘lami va moddiyligini, kenglikni berish talab etiladi, ish hajmi ko‘paytirilib, uning bajarilish vaqti uzaytiriladi. O‘quvchilar akvarel texnikasida murakkab natyurmortlarni bemalol ishlashlari, boy koloritga ega bo‘lgan vazifa ishlarini bajarmog‘i zarur.
Sinf ishi
|
Uyga vazifa
|
1. 1. Kuzgi natyurmort (meva, yaproq, sabzavot va hakozo). Vazifa: Natyurmortning rang boyligini berishi.
|
Kuzgi natyurmort.
|
2. Gullardan natyurmort ishlash. Vazifa: gullarning murakkab shakllari va tozaligi, musaffoligini berish.
|
Gullardan natyurmort.
|
3. Qotirilgan qushdan natyurmort ishlash. Vazifa: tasvirlanayotgan shaklning murakkablashuvi, rangni siqib chiqarish orqali xarakter va ko‘lamni berish.
|
Turli xil koloritda natyurmortlar ishlash.
|
4. Mehnat qurollaridan natyurmort. Vazifa: natyurmortda aks etgan tusning akvarelda ahamiyatini tushunish.
|
|
5. 5. Ranglari bir biriga zid narsalardan natyurmort. Vazifa: Ranglar uyg‘unligini topa bilish.
|
Mavzuli natyurmort.
|
6. 6. Ranglari yaqin narsalardan natyurmort ishlash. Vazifa: buyumlarning tus va rang farqlarini ko‘ra bilish qobiliyatini rivojlantirish.
|
|
7.7 7. «Xalq ijodiyoti» natyurmorti (naqshlar ishtirokida). Vazifa: naqshni ko‘lami va yassi shakllarda bera olish, ayni paytda uning yaxlitligi va hajmini saqlash.
|
Naqshdan natyurmort ishlash.
|
8. Odam gavdasidan qoralamalar (ikki-uch rangda).
|
Bahor gullaridan natyurmort.
|
9. 9. Bahor gullaridan natyurmort ishlash. Vazifa: gullar go‘zalligi, tozaligi va tarovatini berish.
|
|
10 10. Sinov ishi (mustaqil) - naqshli fonda ikki-uch narsaning natyurmortini ishlash.
|
|
O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur
- akvarel ishlarida narsaning moddiyligi va ko‘lamini bera olish;
- kenglik va rang-havo muhitini bera olish;
- murakkab kolorit bo‘yicha vazifalarni yecha olishi;
- akvarel texnikasini bila olishi, akvarelda qatlam qo‘yish (lessirovka)dan foydalanishni bilishlari lozim.
7 - sinf (68 soat)
7-sinf o‘quvchilari akvarel bilan tanishishni tamomlaydilar, akvarelning turli ishlash texnikasi bilan yil mobaynida tanishib boradilar (uch qatlamli, ho‘lligicha), murakkab motivlarda tasvirlay oladilar, murakkab koloritga ega vazifalarni hal qilishadi. Ayrim qo‘yilma (postanovka)larda akvarel bilan bir qatorda aralash texnikada, guash va temperada ham ishlash tavsiya qilinadi.
Sinf ishi
|
Uyga vazifa
|
1. Shahar manzarasi. Vazifa: yorug‘lik, havo, muhit va kenglikni berish.
|
Shahar manzarasi.
|
2. Natyurmort (uch qatlamli klassik akvarel). Vazifa: klassik akvarel texnikasini o‘rganish, narsaning moddiyligi, fakturasini berish. Ish jarayonida klassik akvarel ustalari asarlari reproduksiyalaridan foydalanish.
|
Natyurmort klassik akvarel texnikasida bajariladi.
|
3. «Yorqinlikda yorqinlik» natyurmort. Vazifa: bir xil Oq fonda oq rangdagi narsalardan rangli narsalarni, rang va tuslar orqali farqini beradigan tashkil topgan natyurmort ishlash.
|
Oq fonda oq rangdagi narsalardan tashkil topgan natyurmort ishlash.
|
4. Natyurmort. Ho‘llab ishlash texnikasida ishlanadi. Ho‘llab ishlash texnikasida
Vazifa: ho‘llab ishlash texnikasi bilan tanishish.
|
Ho‘llab ishlash texnikasida natyurmort ishlash.
|
5. Har xil yorug‘likda natyurmort ishlash (yorug‘lik bo‘ylab, milliy uy intererini chizish, yorug‘likka teskari, yorug‘likda yonma-yon). Vazifa: rangtasvir orqali turli xil yorug‘liklarni tasvir etish.
|
Milliy uy intererini chizish.
|
6. Gips naqsh «san’at unsurlari»dan natyurmort ishlash. Bahor gullaridan natyurmort.
Vazifa: qo‘yilmada (postanovka) vazifa murakkablashadi, ishlash. shakllarning murakkabligini yuzaga chiqarish, ikkinchi darajali unsurlarni bo‘ysundirish.
|
Bahor gullaridan natyumort ishlash.
|
7. Intererda kishi milliy libosda. Vazifa: kenglikni Intererda kishi gavdasi. odamning qomatini o‘rganish.
|
Intererda kishi gavdasi.
|
8. Sinov ishi (mustaqil ravishda) - gips naqshlardan natyurmort ishlash.
|
|
O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur:
- akvarel ishining turli texnikasini egallagan bo‘lmog‘i;
- murakkab koloritdagi vazifa ishlarni bajarishi, murakkab motivlarda tasvir etishi;
- naturani turli yorug‘likda chiza olishi;
- inson gavdasini tasvirlashdagi asosiy qo‘nikmalarni hosil qilishi.
8 – sinf (68 soat)
8-sinfdagi asosiy vazifa moybo‘yoq texnikasini egallash hisoblanadi. Naturadagi rang va tus munosabatlariga e'tibor qilish, shuningdek, narsalar ko‘lami va kenglikni bera olish.
Sinf ishi
|
Uyga vazifa
|
1. Moybuyoq rangtasvir texnikasi haqida suhbat va reproduksiyalardan foydalanish.
|
|
2. Maishiy buyumlardan natyurmort. Vazifa: Belilasiz suyuq surtma texnikasida ishlash, asosiy rang va munosabatlarini berish.
|
Belilasiz suyuq surtma texnikasida natyumort ishlash.
|
3. Natyurmort. Etyud. Vazifa: ilk taassurot asosida natyurmort rang va tus munosabatlarini to‘g‘ri tanlay bilish.
|
G‘arbiy yevropa va rus rassomlari rangtasviri namunalaridan nus’ha ko‘chirish.
|
4. Grizayl texnikasida maishiy buyumlardan natyurmort. Vazifa: natyurmortda tus tuzilmasini, moddiylikni, ko‘lam va kenglikni berish va natyurmortning
kompozitsion markazini ajratish.
|
Grizayl texnikasida natyurmort.
|
5. Intererda natyurmort ishlash. Vazifa: Kenglikni, narsaning moddiyligini berish.
|
Intererda natyurmort.
|
6. Gipsdan ishlangan inson boshidan natyurmort.
|
Portret, etyudlar ishlash.
|
O‘quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur:
- Moybo‘yoqli rangtasvir ishlarining asosiy usullarini o‘zlashtirish;
- Moybo‘yoqli rangtasvir texnikasi va texnologiyasi bo‘yicha bilim olish;
- Moybo‘yoqli rangtasvir texnikasida naturadan qisqa va uzoq muddatli etyudlarlarni bajara olish;
- Tasvirlanayotgan ob'ektning ko‘lami, kenglik va moddiyligini bera olish;
- Portret etyudlarini ishlashda birinchi qo‘nikmalarni olish.
9 – sinf (68 soat)
9-sinf o‘quvchilarining asosiy vazifalari moybuyoqli rangtasvir texnikasida portret ustida ishlash uchun ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Sinf ishi
|
Uyga vazifa
|
1. Gipsda qilingan boshdan natyurmort. Vazifa: Portret ustida ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, narsaning moddiyligi, ko‘lami va kenglikni gips qo‘yilmasi misolida bera olish.
|
|
2. Portret ustida ishlash yo‘llari haqida suhbat va reproduksiyalardan foydalanish.
|
Natyurmort
|
3. Bosh etyudini ishlash. Vazifa: boshning ko‘lami, proporsiyasi, rang munosabatlarini berish.
|
Bosh etyudi
|
4. Bevosita yorug‘likda naturachining boshi. Grizayl va rang texnikasida ishlanadi. Vazifa: Portretning o‘xshashligini ta'minlash, bosh xususiyati, rang va tusni o‘rganish, bosh ko‘lamini bera olish.
|
Tasviriy san’at ustalarining portret asarlaridan nusxa ko‘chirish.
|
5. Naturachi boshiga yorug‘lik yon tomondan tushgan holatini ishlash. Vazifa: portret o‘xshashligini bera olish, bosh ko‘lami xarakterini berish.
|
Bosh etyudi.
|
6. Bahor manzarasi. Vazifa: kenglik va yorug‘lik-havo muhitini berish.
|
Bahor manzarasi.
|
7. Odam qo‘llari bilan portreti. Vazifasi: portret o‘xshashligi va model xarakterini berish.
|
Qo‘llarni aks ettiruvchi portret ishlash.
|
8. Sinov ishi (mustaqil ravishda) - naturachi boshi rangtasvirini ishlash.
|
|
Dostları ilə paylaş: |