Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar


Auditorlik faoliyati standartlari



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə4/8
tarix18.05.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#127027
1   2   3   4   5   6   7   8
Audit kurs

Auditorlik faoliyati standartlari — auditorlik faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv oʻtkazish borasidagi oʻz majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun — qoidalar tizimidir. Tekshiniv davomida auditorlik standartlariga amal qilish teksliiruvning yuqori sifath oʻtishi va ishonchli boʻlishini taʻminlaydi.
Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan baholanadi. S tan d artlar audit tekshiruviga um um iy yondashuvni, tekshiruv koʻlam ini, xulosa turini, tekshiruv uslubiyatini va bu soha vakil lari amal qilishlari lozim boʻlgan qonuniyatlami belgilab beradi.
Iqtisodiy muhitning oʻzgarishi asosida um um iy standartlaiga tuzatishlar, qoʻshim chalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv davomida bu standartlardan chetlashsa, buniug sabablarini asosiab bera olishi kerak.
Shuni taʻkidlash lozimki, auditorlik standartlari auditor faoliyati toʻgʻriligini umumiy belgilab bersa-da, auditor tomonidan qoʻllanilgan barcha uslubiyatlar, amaliyotlaming toʻgʻriligini anglatmaydi. Standartlarning ahamiyati quyidagilarda oʻz ifodasini topadi:
- audit tekshiruvining yuqori sifatini taʻminlaydi;
- tekshiruv jarayonida fan yangiliklarining tatbiq etilishiga asos yaratadi;
- foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish imkonini beradi;
- davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib borish zaruriyatini bartaraf etadi;
- auditor uchun mijoz bilan oʻzaro ishonchga asoslangan munosabat olib borishga imkon yaratadi;
- audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish imkonini beradi;
- auditoming oʻz bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini taʻminlaydi;
- turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash imkonini beradi;
- audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar.
Ammo audit standartlari butun tekshiruv jarayonining barcha jabhalarini qamrab olmaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va amaliyoti qisqa va loʻnda koʻrinishda umumlashgan. Ular auditorlik faoliyatining uzoq yillar davomidagi amaliyoti jarayonida auditorlik faoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini isbotlash asosida umum qabul qilingan stantdartlarga aylandi.
Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini sifat jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yoʻriqnoma vazifasini bajaradi.
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik standartlariga boʻlinadi. Auditorlik faohyatining xalqaro standartlari toʻrt oʻzaro bogʻlangan qismlardan tashkil topgan:
- asosiy postulatlar — auditorlik faoliyati umumiy standartlarining asosini belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, uslubiyatlar, shart - sharoitlarni ifodalaydi. Bu standartlar auditorlar uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish va shunga mos keladigan xulosa tayyorlashda asos boʻlib xizmat qiladi;
- umumiy standartlar - auditor oʻz oldida turgan vazifalarni samarali bajarishi uchun ega boʻlishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablarni ifoda etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida eʻtiborlilik);
- ishchi standartlar - audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi lozim boʻlgan qonun — qoidalarn aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat, yetarli miqdordagi dalillami to ʻplash va ichki nazorat tizimini baholash);
- auditorlik hisoboti boʻyicha standartlar — audit tekshiruvi yakunida tayyorlanishi lozim boʻlgan auditorlik hisoboti shakli, mohiyati, maʻlumotlarni aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari”ni (AFMS) ishlab chiqdi. Bu borada Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart — sharoitlar, milliy xususiyatlami inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlarning zamon talablariga yanada mos kelishini taʻminlaydi.

Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin