Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar


* XAS - Xalqaro audit standardlari



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə7/8
tarix18.05.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#127027
1   2   3   4   5   6   7   8
Audit kurs

* XAS - Xalqaro audit standardlari


Qisqacha xulosalar
Mustaqillik yillarida respublikamizda auditorlik faoliyati tashkiliy huquqiy asoslarini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan meʻyoriy-huquqiy asos yaratildi. Buning natijasi sifatida respublikamizda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy - huquqiy hujjatlarning koʻp bosqichli tizimi yaratildi.
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv oʻtkazish borasidagi oʻz majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun-qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatli oʻtishi va ishonchli boʻlishini taʻminlaydi. Auditorlik standartlari auditor faoliyati toʻgʻriligini umumiy belgilab bersada, auditor tomonidan qoʻllanilgan barcha uslubiyatlar, amaliyotlarning toʻgʻriligini anglatmaydi.
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik standartlariga boʻlinadi. Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi, integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi kabi jarayonlaming roʻy berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda bir xillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu maqsadga erishish uchun 1977-yilda Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi qoshida Xalqaro audit amaliyoti qoʻmitasi (International auditing practices committee) tashkil etildi. Ushbu qoʻmita qabul qilgan xalqaro standartlar toʻrt oʻzaro bogʻlangan qisimlardan tashkil topgan: (1) asosiy postulatlar; (2) umumiy standartlar; (3) ishchi standartlar; (4) auditorlik hisoboti boʻyicha standartlar. Bu qoʻmita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro miqyosda birxillashtirishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari” ni (AFMS) ishlab chiqdi. Bu borada respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart — sharoitlar, milliy xususiyatlarni inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlarning zamon taJablariga yanada mos kelishini taʻminlaydi.

Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin