Glossariy Auditorlik faoliyati standartlari (auditing standards) — auditorlik faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv oʻtkazish borasidagi oʻz majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun — qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatli oʻtishi va ishonchli boʻlishini taʻminlaydi.
Auditorlik hisoboti boiyicha standartlar (Reporting standards) — audit tekshiruvi yakunida tayyorlanishi lozim boʻlgan auditorlik hisoboti shakli, mohiyati, maʻlumotlarni aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi.
Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi (International Federation of Accountants) — yuqori sifatli xalqaro standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, oʻz aʻzolari oʻrtasidagi hamkorlikni taʻminlash, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni taʻminlash va buxgalteriya sohasini xalqaro miqyosada tartibga solish hamda muvofiqlashtirish maqsadida 1977- yilda Myunxen (Germaniya)da 11-Buxgalterlar Jahon Kongressida tuzilgan tashkilot. Hozirda boshqarav organi Nyu - York shahrida joylashgan.
Ishcki standartlar (Field work standards) — audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi lozim boʻlgan qonun — qoidalarni aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat, yetarli miqdordagi dalillarni toʻplash va ichki nazorat tizimini baholash).
Umumiy standartlar (General standards) — auditor oʻz oldida turgan vazifalarni samarali bajarishi uchun ega boʻlishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablarni ifoda etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida eʻtiborlilik).