to`rtinchi hokimiyat», deb ta'riflanadi. bu «hokimiyat»ni ro`yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o`ynaydi. jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «to`rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir.
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
o`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
O`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi. ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
O`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son, 232-modda.
demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan
ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi. demokratik jamiyatning o‘ziga
xos xususiyatlarini, inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonu-
niyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini om-
ma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot etishda matbuot, radio va televi-
deniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir. Mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohot-
larni amalga oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligi-
ni kuchaytirish, bilim saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish, onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish bo-
rasida ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayot-
ganligini har birimiz o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida
aniq-ravshan ko‘rib-bilib, chuqur his etib turibmiz.
hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoat-
chilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoat-
chilik fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beri-
ladi. “ommaviy axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayon-
larga turlicha qarashlarda erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi,
inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi
uchun professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodim-
larini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qi-
lish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini o‘z-
lashtirishda ularga yordam berish zarur”. ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosabatlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi,
ularga o‘z munosabatini bildiradi. ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni,
barqaror inson tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’-
naviy va aqliy axloqiy kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasav-
vur etolmaymiz. davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan o‘zbekiston res-
publikasi uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning
samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi
qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy asosini yaratish muam-
mosi dolzarbdir. Asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi “ommaviy axborot
vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob mazmu-
nan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axbo-
rot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning
to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan (67-modda). “mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlangan-
ligi, birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda,
radio, televidenie orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash
huquqini kafolatlasa, ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga beril
gan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda
uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ular
faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik
o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun
mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.
bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan
ehtirosga berilish oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish,
ularga chek qo‘yishdir”. qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. o‘zbekiston respub-
likasi oliy majlisining 1997 yil 26 dekabrda “o‘zbekiston respublika-
sining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan
qonunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mustaqilligi, erkin-
ligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun asosida faoliyat yuritish-
lari mustahkamlab qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalarining erkinligiga erishish asosida:
– ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, in-
son e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
– axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini
nazarda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil
axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
– aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratlashti-
rishni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan
ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash
jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib,
konstitutsiyaviy tuzumning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi
vositalardandir. O‘zbekiston respublikasining qonunlar majmui ommaviy axborot
vositalarining huquqlari va erkinliklari kafolatlari bilan bir qatorda ular
tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni ham belgilaydi.
konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta qayd
qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi
to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va
tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida
alohida ta’kidlangan. qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va bo‘xtonlarni tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar
sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan
mahrum bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi
jurnalist uchun juda katta yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir.
jurnalist hamisha va har doim, har qanday vaziyatda ham yuz
bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va manbalarga tayanib,
hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday bo‘lsa
o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda
prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon
etish, dalillarni qanday tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga
hurmat bilan qaraymiz, lekin barcha uchun birdek qat’iy bir qoida
mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham aniq dalillarga tayanishi
lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani turlicha talqin
qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas qoidasiga
rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga,dalillarga va yana bir bor
dalillarga asoslanishingiz kerak”. darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio-televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta.
ommaviy axborot vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda
“to‘rtinchi hokimiyat” deb ataladi. ommaviy axborot vositalarini
“to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri ma’noda emas, balki ko‘chma
ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari faoliyatini
tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini
o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat
tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga,
dolzarb masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi,
mamlakat rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyat-
ma’naviyat sohasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab,
xalq ommasi fikri va harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l
bilan aholi ommaviy axborot vositalari orqali davlatni boshqarishda
qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalanadi. ayni
vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng ommaga
etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.
Xulosa: Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mustahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari (3-toplam).pdf 2. Мустакил Узбекистон тарихи14904.pdf 3. Мустакиллик илмий оммавий лугат.pdf 4. https://kun.uz/uz/ 5. https://finlit.uz/