Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida amalga oshirgan islohotlar reja



Yüklə 57 Kb.
səhifə3/4
tarix06.12.2022
ölçüsü57 Kb.
#120531
1   2   3   4
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAʼLIM SOHASIDA AMALGA OSHIRGAN ISLOHOTLAR

TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, yahni tashqi atrof – muhit bilan o’zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik.
Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosan pedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunni egallashga, balki, ekologik madaniyat, Ma’naviyat, umumiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kun ta’limining eng dolzarb muammolaridandir.
BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilim kishidan kishiga mahlumot (axborot) orqali o’tadi.
KO’NIKMA VA MALAKALAR. Ko’nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaktsiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuzberadigan harakatlardir.
MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorati hosil qilishi.
MAHORAT- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
BAXOLASH- ta’lim jarayonining mahlum boskichida ukuv maksadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida ulchash, natijalarni aniklash va taxlil kilishdan iborat jarayondir.
KASB- muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus mahlumot hamda amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.
Kasb o’ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan xarakterlanuvchi ixtisosliklarni mujassamlashtiradi. Bahzi kasblarda bir qancha ixtisosliklar mavjud bo’lishi mumkin.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib ushbu qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat. Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida ta’lim muassasasining huquqiy maqomi nazarda tutilgan. Unga asosan, ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qonunga ko‘ra, ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 19- moddasida Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi deb ko‘rsatilgan. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham berilishi qonunda belgilangan.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi deyilgan ushbu qonunda.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 20- moddasida ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish, ya’ni me’yoriy hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlash, 21-moddasida ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanishi, haq to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar, hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, ta’lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqliligi, 22-moddasida yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi, 23-moddasida esa jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, qisman yoki to‘la davlat ta’minotida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy- texnika bazasini yaxshilash barobarida, kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish, ehtiyojga muvofiq kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin