O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni



Yüklə 123,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix08.10.2023
ölçüsü123,86 Kb.
#129828
  1   2   3   4   5   6   7   8
xavfli moddalar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
2006-YIL 26- SENTYABRDAGI
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OB’YEKTLARINING
SANOAT XAVFSIZLIGI TO’G’RISIDA
QONUNI
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat
xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari
Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab
chiqarish ob’yektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning
oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab
chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib
bo’lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish
ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi,
texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun
hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning
buzilishidir.
4-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari jumlasiga:


1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yong’in xavfi bo’lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan
moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga
ko’ra I, II va III xavflilik darajalariga (o’ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o’rtacha
darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta’sir chog’ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan
holda o’z-o’zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o’zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog’lig’i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud
bo’lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta
ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning
normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan
uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko’chmas asosga o’rnatilgan yuk ko’tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma
yo’llar, funikulyorlardan (tog’ temir yo’llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar
olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari,
shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari,
uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’yektlari kiradi.

Yüklə 123,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin