moddasiga
muvofiq amalga oshiriladi.
6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun
hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarini
sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o’z ichiga oladi.
7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik
hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar
bo’lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: