O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini loyihalash, qurish va



Yüklə 123,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix08.10.2023
ölçüsü123,86 Kb.
#129828
1   2   3   4   5   6   7   8
xavfli moddalar

8-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini loyihalash, qurish va
foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik
jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha
hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo’lishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik
jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan
chetga chiqishlarga yo’l qo’yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish,
kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va
tugatishga doir loyiha hujjatlarini o’zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan
o’tkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish ob’yektini
qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va


tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan
tartibda o’tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini foydalanishga qabul qilib olish
jarayonida xavfli ishlab chiqarish ob’yektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi,
tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab
chiqarish ob’yektida avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning
oqibatlarini tugatish bo’yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga oid sanoat
xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik
hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga rioya etishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga
muvofiq to’ldirilishini ta’minlashi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan
va ko’rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo’yishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va
attestatsiyadan o’tkazilishini ta’minlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning
belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo’lishi hamda ishlashini ta’minlashi;
ushbu Qonunning
15-moddasiga
muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi
o’tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob’yektida qo’llaniladigan inshootlar
va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o’tkazilishini belgilangan
muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat
xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining
belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko’rsatmasiga binoan ta’minlashi;
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ruxsatsiz kirishining
oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini
ta’minlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va


tasdiqlashi;
maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi
sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari,
qarorlari va yozma ko’rsatmalarini bajarishi;
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy
ta’sir ko’rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish
ob’yektidan foydalanishni to’xtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning
oldini olish choralarini ko’rishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi
sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini
ko’rishi;
maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi
sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat
hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va
aholini xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya to’g’risida o’z vaqtida belgilangan
tartibda xabardor qilishi;
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari xodimlarining
hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish choralarini ko’rishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib
borishi shart.

Yüklə 123,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin