O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/43
tarix31.12.2021
ölçüsü0,7 Mb.
#113563
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
constitution oz

85-modda.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  o‘z  tarkibidan 

Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  va  uning 

o‘rinbosarlari  yashirin  ovoz  berish  orqali  deputatlar  umumiy  sonining  ko‘pchilik  ovozi  bilan 

Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz 

berish  orqali  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  umumiy  sonining  uchdan  ikki  qismidan 

ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari 

chaqirib olinishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: 

1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 

2)  Qonunchilik  palatasi  muhokamasiga  kiritiladigan  masalalarni  tayyorlashga  umumiy 

rahbarlik qiladi; 

3)  Qonunchilik  palatasi  qo‘mitalari  va  komissiyalarining  faoliyatini  muvofiqlashtirib 

boradi; 


4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi 

ustidan nazoratni tashkil etadi; 

5)  parlamentlararo  aloqalarni  amalga  oshirish  ishlariga  hamda  xalqaro  parlament 

tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 

6)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati,  boshqa  davlat  organlari,  chet 

davlatlar,  xalqaro  va  o‘zga  tashkilotlar  bilan  o‘zaro  munosabatlarda  Qonunchilik  palatasi 

nomidan ish ko‘radi; 

7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi; 

8)  ushbu  Konstitutsiya  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  vakolatlarni 

amalga oshiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  farmoyishlar 

chiqaradi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin