O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/43
tarix31.12.2021
ölçüsü0,7 Mb.
#113563
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
constitution oz

XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati  

106-modda. 

O‘zbekiston  Respublikasida  sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 

hokimiyatlardan,  siyosiy  partiyalardan,  boshqa  jamoat  birlashmalaridan  mustaqil  holda  ish 

yuritadi. 



Oldingi

 tahrirga qarang. 

107-modda. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy  sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va 

jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sudlari,  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  sudlari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  iqtisodiy  va 

ma’muriy  sudlari,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  tumanlararo,  tuman,  shahar  sudlari,  jinoyat  ishlari 

bo‘yicha  tuman,  shahar  sudlari,  tumanlararo,  tuman,  shahar  iqtisodiy  sudlari  va  tuman,  shahar 

ma’muriy sudlaridan iborat. 



(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-

sonli 

Qonuni 

tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 

Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 



 LexUZ sharhi 

O‘zbekiston  Respublikasining 

«Sudlar  to‘g‘risida»

gi  va 

«O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»

gi qonunlariga qarang. 

Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 



(107-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2003  yil  24  apreldagi  470-II-son 

Qonuni 

tahririda 

— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 

Oldingi

 tahrirga qarang. 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin