25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
25-modda. Saylov komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan
fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov
komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va
shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning
yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar
saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang. Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi
mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda
hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum
qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son) Komissiya a’zosi shaxsiy arizasiga ko‘ra, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda,
o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Komissiya a’zosi ushbu Kodeks talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga
muntazam ravishda e’tiborsizlik qilgan taqdirda, uni vakolatlaridan mahrum etish huquqi
komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘ladi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi
a’zosi saylanadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 3-bobi .